16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:37
Adabiyot 👁 233

MAʼNAVIYaT TARQATUVChI KUTUBXONAChI

MAʼNAVIYaT TARQATUVChI KUTUBXONAChI

Amudaryo tumanining Nazarxon ovulidagi 3-sonli umumtaʼlim maktabining kutubxonachisi Tozaxon Qidirniyazovani barcha yurtdoshlari maʼnaviyat – ziyo tarqatuvchi inson sifatida juda yaxshi bilishadi. U 5-yildan buyon ushbu maktabning kutubxona mudirasi sifatida  faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Tozaxon rahbarlik qilayotgan kutubxona bugungi kunda nafaqat maktab oʻquvchilarining balki, butun qishloq ahlining sevimli, maroqli mutolaa qiladigan maskaniga aylandi. Hozirgi kunda kutubxonada 800 dan ziyod turli janrlardagi adabiyotlar saqlanmoqda. Kutubxonaning bugungi kunda 400 nafardan ziyod aʼzosi bor.

Kutubxona faqat kitob oʻqish uchun emas, maktabda, ovulda oʻtkaziladigan bayramlar, muhim sanalar munosabati bilan oʻtkaziladigan maʼnaviy-madaniy tadbirlarda ham xizmat qilib kelmoqda.

Maktab oʻquvchilari orasidan soʻnggi yillarda juda koʻp iqtidorli, ijodkor oʻquvchilar yetishib chiqmoqda. Ushbu maktab oʻquvchisi, “Haq niyetler” kitobining muallifi Muhabbat Oʻrinbosarova bugungi kunda Nukus shahridagi Ibroim Yusupov nomli adabiyot maktabida oʻqishini davom ettirmoqda. Maktabning yettinchi sinf oʻquvchisi,  respublika miqyosida oʻtkazilgan “Ijodkor bolalar” tanlovining sovrindori Navbahor Sarsenboyevaning ilk kitobi nashrdan chiqish arafasida.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida oʻtkazilgan “Fidoiy kitobxonlar” onlayn tanlovida ovulda fermerlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan Niyatboy Otamurodovning kelini Liza Boyniyazova faxrli uchinchi oʻrinni egalladi.

Maktab oʻquvchilarining, ovul fuqarolarining madaniyat, adabiyot, kitobxonlik sohalarida erishayotgan yutuqlarida biz soʻz yuritayotgan kutubxonaning roli katta boʻlmoqda.

Kutubxonada Tozaxon Qidirniyozovaning tashabbusi bilan juda koʻp adabiy kechalar, mushoiralar, mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar, taniqli ijodkorlar bilan muloqotlar oʻtkazib turiladi. Bu ezgu amallarning barchasi ijodkor va kitobsevarlar hayotida katta yutuqlarga asos boʻlmoqda.

Soʻzimiz boshida Tozaxon Qidirniyozovani bejizga “Maʼnaviyat tarqatuvchi inson” deb aytib oʻtmadik. Chunki u kitobxonlik borasida boshqalarga oʻrnak boʻlarli darajada katta yutuqlarni qoʻlga kiritib kelmoqda. Tozaxon oʻtgan yili Respublikada oʻtkazilgan kitobxonlik festivalida sovrindor boʻlib qaytdi. Bu yil mart oyida oʻtkazilgan kitobxonlik festivali Tozaxon uchun juda omadli keldi. U Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida oʻtkazilgan kitobxonlik festivalida gʻolib deb topildi hamda birinchi darajali diplom va festivalning maxsus kubogi bilan taqdirlandi.

Mazkur festivalda har bir ishtirokchining ish faoliyati, kitobxonlarni jalb eta olish qobiliyati, ish faoliyatidagi yutuqlari hakamlar tomonidan sinchiklab oʻrganilib Tozaxon Qidirniyozova eng yuqori oʻringa munosib deb topildi.

Hikoyamiz qahramoni nafaqat maʼnaviyat tarqatuvchi, balki boshqalar havas qilsa arzigulik uy bekasi hamdir. U turmush oʻrtogʻi Xidirboy bilan birgalikda 3 nafar qiz va 1 nafar oʻgʻil farzandni tarbiyalab voyaga yetkazmoqda. Toʻngʻich qizi Nilufar hozirgi kunda teatr va sanʼat instituti Nukus filialining 3-bosqich talabasi. Demak bu oilada yana bir haqiqiy madaniyat sohasi xodimi yetishib chiqmoqda.

Hozirgi kunda mamlakatimizda kitobxonlikka, madaniy-maʼnaviy turmushimizni rivojlantirishga juda katta eʼtibor qaratilmoqda.

Elimizda Tozaxon Qidirniyozovadek oʻz kasbining fidoyilari bor ekan maʼnaviyat-madaniyat sohasida yanada ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritaverishimizga aslo shubha yoʻq.

Oʻrozali Reyimov, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019