16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:03
Jamiyat 👁 316

XOTIRALARDA QOLGAN MAShAQQATLI KUNLAR

XOTIRALARDA QOLGAN MAShAQQATLI KUNLAR

Urush – oʻz nomi bilan urush. U kunlar olis xotiralarda qolgan boʻlsa ham Sharifa momo oʻsha zamonlarga toʻgʻri kelgan yoshligini har eslaganida mahzun boʻlib qoladi. Soʻng oʻzi koʻrgan shu ogʻir zamonlar qaytib kelmasligini tilab, hozirgi tinch-osoyishta, toʻkin-sochinlikda kechayotgan hayotiga takror-takror shukrona aytadi. Tilida duo, dilida shukrona bilan yashayotgan, suronli Ikkinchi jahon urushi yillarida mislsiz qiyinchiliklarni boshidan kechirgan Sharifa momo ayni paytda farzandlari, nevara-chevara kelinlari ardogʻida dorilomon hayot kechirmoqda.

Sharifa Bekniyozova Xorazm viloyatining Vazir qishlogʻida 1923-yilda, oʻzi aytganidek, bahor kunlarida joʻxori ekish pallasida tavallud topgan. Bolaligi paxta dalalarida kechgan Sharifa zalvorli mehnat maydonlarida kuchga toʻlib, shaddod, gʻayratli va mehnatkash qiz boʻlib ulgʻaydi. Shunday kunlarning birida qishloqning eng oʻktam, norgʻul yigitlaridan biri boʻlgan Rajabdan sovchi kelib, ularni unashtirib qoʻyishdi. Ammo el boshiga qora kunlar tushib, birdan urush boshlanib qoldi va barcha yurtdoshlari qatori Rajab ham jangga otlandi.

Qishloqdan urushga yaroqli boʻlgan barcha erkaklar urushga joʻnatilganidan keyin ogʻir yumushlar ayol-qizlar va qariyalar zimmasiga oʻtdi. Sharifaning otasi ham juda keksa edi. Duradgor usta boʻlgan qari otasi shunga qaramasdan qishloqdoshlariga koʻmaklashar, bir burda non uchun oilada onasi, Sharifa va uning oʻzidan katta opasi birgalikda ertadan kechgacha dalada kun oʻtkazishardi.

Sharifa momo doim oʻsha davrlarda tuproq ostidan salgina koʻrinib turgan bir dona chigitni ham qoldirmasdan olishgani, ayniqsa, qishning sovuq, izgʻirinli kunlarida zir titrab, dala kezib oqargan tola izlab tortgan azoblarini ogʻir xoʻrsinish bilan eslaydi. Muzlab qolgan koʻraklarni uyga olib kelib, oʻchoq oldida olov taftida eritib, titib toʻplagan paxta tolalarini topshirishgani, buning evaziga berishgan ozgina bugʻdoydan non qilib yeganlari, qorinlari toʻyar-toʻymas kun oʻtkazishgani haliga qadar yodida.

Sharifa momo bora-bora shuni ham topish mushkul boʻlgan, ochlikda oʻtkazgan kunlarini, ogʻir mehnatdan mayib boʻlgan, ocharchilikdan shishib oʻlgan, frontdagi yaqinlaridan “qoraxat”lar olib qaygʻuga botgan qishloqdoshlarini aslo unutmaydi. Ayniqsa, qishning izgʻirini, saratonning issigʻida dalada mehnat qilib chekkan zahmatlari, bir tishlam non uchun kattalardan qolishmay ter toʻkkanlari sira yodidan chiqmaydi. Shunday qora kunlarda yoshgina qiz boʻla turib, hamma qatori ogʻir yumushlar qilgani, kulfatda oʻtgan hayotining qorongʻi tomoni endi faqat xotiralarda qolganiga gohida ishongisi kelmaydi. Bu xotiralari haqida ulgʻaygunicha farzandlariga, keyinchalik nevaralariga, hozir esa chevaralariga gapirib berishdan, oʻzlari yashayotgan tinch-osoyishta, toʻkin-sochin zamonlarga qayta va qayta shukrona aytishdan aslo charchamaydi.

Urush tugagach, tirik qolganlar uylariga qayta boshladi. Ular Sharifani unashtirishgan Rajab ham qaytib keldi. U kelishi bilan keksa ota-onasiga qarashib, nochor ahvolga tushib qolgan oilasini oyoqqa turgʻazishga harakat qila boshladi. Kattagina yer olib, bir oʻzi dehqonchilikni yoʻlga qoʻydi. Koʻp oʻtmay, ular oila qurishdi. Lekin urushdan keyingi tiklanish yillarida ishchi kuchi hamma yerda kerak boʻlgani uchun yosh oila 1950-yilda Amudaryo tumanidagi Kuyuk koʻpir ovuliga koʻchib kelishdi. Ovul hududidan oʻtadigan temir yoʻl atrofida shu paytda bironta uy yoʻq edi. Ular shu atrofga joylashib, kolxozning qoʻriq yerlarini oʻzlashtirishda katta yordam berishdi. Keyinchalik uy ham qurib olishdi. Shu uyda unib-oʻsib, oʻzlaridan koʻpayishdi. Sharifa momo dunyoga keltirgan 13 nafar farzanddan 3 oʻgʻil va 6 qiz kamolga yetdi. Turli kasb-kor, hunar egalari boʻlib, jamiyat va elga naf keltirib yashashdi. Hozir nevaralar soni 36 nafarga, chevaralar 47 nafarga, evaralar 2 nafarga yetdi. Afsus shu kunlarni koʻrish Rajab otaga nasib etmadi.

Oʻtgan yili momoning 2 nafar chevarasi uylandi. Kelinni eng avval shu uyga, katta momosidan fotiha olish uchun uning oldiga olib kelishdi. Bundan u nihoyatda xursand boʻldi. Bu yil qoʻllariga shu chevaralarning farzandini, yaʼni evarasini olganida esa oʻzini shu baxtga sazovor etgan Allohga cheksiz shukronalar aytib, koʻzlariga yosh oldi.

Sharifa momoning farzandlari, nevara va chevaralari har yili Navroʻzi olam – 21-mart kuni uning tavallud kunini nishonlashadi. Bu yil tabarruk momo 100 yoshga yetdi. Shu qutlugʻ yoshida ham farzandlariga, nevara-chevaralariga bosh boʻlib, yoshlarga hayotda oʻz yoʻllarini topishida pand-nasihatlari bilan koʻmak berib kelayotgan onaxonni tuman hokimligi, fuqarolar yigʻini masʼullari, ovuldoshlari ham tez-tez yoʻqlab turishadi. Bayramlarda sovgʻa-salomlar bilan tashrif buyurib, hol-ahvol soʻrashga kelganlarning har biri bilan dildan suhbatlashadi. Xotiralarda qolgan mashaqqatli kunlari, hayot haqiqatlari, koʻrgan-kechirganlarini sheʼrga solib soʻzlab berishdan, tinch oʻtayotgan har kuniga shukrona aytishdan sira charchamaydi.

Sharifa momo aytganidek, osoyishta kunlarimizga koʻz tegmasin. Tinchligimiz abadiy boʻlsin!

Ozoda Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019