16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:52
Jamiyat 👁 274

ENDI HECh KIM URUSh KOʻRMASIN!

ENDI HECh KIM URUSh KOʻRMASIN!

Afgʻonistondan sobiq ittifoq qoʻshinlari olib chiqilganiga 34-yil boʻldi. Maʼlumotlarga koʻra, Afgʻon urushida 65 ming nafar oʻzbek yigitlari qatnashib, 1500 nafardan koʻprogʻi halok boʻlgan. Ularning aksari 18-19 yoshli yigitlar boʻlgan. Qoʻshni Afgʻon elida boʻlgan, mashʼum xotiralar bilan tarixda muhrlangan oʻsha urushda amudaryolik yigitlar ham yurt tinchligi uchun kurashishgan.

Afgʻon urushi qatnashchilari, Amudaryo tumanining Qipchoq ovulida yashovchi Komiljon Iskandarov, Farhod Otajonovlar ham oʻzlari guvoh boʻlgan qonli urushni, Afgʻon choʻllarida chorasiz qolgan kunlarini, dahshatli otishmalar, oʻqlar yomgʻiri ostida qolib, bevaqt hayotdan koʻz yumgan quroldoshlar yodini aslo unutishmaydi. Tirik qaytib kelish baxtiga musharraf boʻlgan, bugungi tinch-osoyishta kunlarda oilasi va el-yurt ardogʻida yashab kelayotgan sobiq quroldoshlar har uchrashganida oʻsha kunlarni va birga jang qilib, halok boʻlgan doʻstlar xotirasini eslab turishadi.

Amudaryolik Komiljon Iskandarov, Farhod Otajonovlarni 1981-yilda Vatan oldidagi burchini bajarish uchun Qozogʻistonning Chimkent viloyatidagi Abay tumaniga joʻnatishgan edi. Shu yerda ularni ikki yarim oy davomida kuchli rejimda harbiy tayyorgarlikdan oʻtkazishdi. Harbiy mashgʻulotlarda chiniqqan yigitlarni shundan soʻng, Toshkentga yuborishdi va aeroportda qoʻllariga harbiy biletlarini berib, Afgʻonistonga joʻnatishayotganini aytishdi. Oʻshanda ham ularning hech biri birdan jang maydonlariga olib kirilishini oʻylashmagan va bilishmagan. Harbiy hayotga koʻnikishga ulgurib-ulgurmagan bu yigitlar Kobulga yetib kelishganidan keyin samolyotdan tushishlari bilan koʻchalarda qurol koʻtarib yurgan, yuz-koʻzlarini oʻrab olgan afgʻon jangchilari, tank va harbiy mashinalar kolonnasiga koʻzi tushib, oʻzlarini xuddi tush koʻrayotgandek his qilishgan.

Oʻshanda hammasini turli polklarga qoʻshishgan va barchasi oʻzlari kutmagan holda jangga kirib ketishgan. Tirik qolish gumon, imkonsiz boʻlgan hayotga birdan tushib qolish kimni ham dovdiratmaydi deysiz. Ular togʻlar orasidagi yoʻllarda, BTRlar, tanklar, oʻq yomgʻirlari orasida ikki yil tahlikada yashab, jang qilishdi. Afgʻon choʻllarida och-nahor, suvsiz qolib ketganida, dahshatli otishmalar bir on tinganida ular tinchlikning juda-juda qadrli ekanini his qilishardi. Uylariga xat joʻnatishganida esa urushdaligini aslo aytmas, ota-onalarini xavotirga qoʻyishni istashmas edi. Qoʻllarida rubob yoki boshqa buyumlarni ushlab tushgan suratlarni yuborib, oʻzlarini xuddi oʻynab-kulib yurgandek koʻrsatishga harakat qilishardi. Aslida esa bugun tirik boʻlsa, ertangi kun omon qolishiga ishonchlari yoʻq edi.

Quroldosh doʻstlar birgalikda oʻsha azobli kunlarni, tashlab ketilgan joyida haftalab nonsiz, suvsiz qolib ketganlarini hali ham eslab turishadi. Koʻz oldida halok boʻlib, uylariga temir tobutlarda qaytishgan qanchadan-qancha quroldosh doʻstlarini yodga olishadi.

Komiljon Iskandarov qaytib kelganidan keyin Ellikqalʼa tumanidagi qishloq xoʻjaligi texnikumida, Farhod Otajonov esa Toʻrtkoʻl tumanidagi qishloq xoʻjaligi texnikumida tahsil olishdi. Biri agronom, biri hisobchi boʻlib uzoq yillar qishloq xoʻjaligi sohasida mehnat qilishdi. Komiljon aka umr yoʻldoshi bilan 2 oʻgʻil, 1 qizni voyaga yetkazishdi, nevarali ham boʻlishdi. Farhod aka ham umr yoʻldoshi bilan 5 farzandni voyaga yetkazib, nevaralar koʻrishdi. Ha, ularga farzandlar kamolini, nevaralar koʻrish nasib qildi.

Afgʻon urushining oʻzbek oilalariga yetkazgan jarohati haliga qadar bitmagan. Urushda qurbon boʻlgan qancha-qancha mard yigitlar xotirasi, qahramonliklari ham aslo unutilmaydi. Bu urushlarni endi hech kim koʻrmasin. Bugungi osoyishta kunlarimiz bardavom boʻlsin. Tinchlik, toʻkin-sochinlik Allohning bizga bergan eng ulugʻ neʼmatlardandir. Biz bularning qadriga yetishimiz, koʻz qorachigʻiday asrashimiz kerak.

O.Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019