16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:45
Jamiyat 👁 256

Mardlikka ehtirom, xotiraga sadoqat: Amudaryoda Afgʻon urushi faxriylariga yuksak ehtirom koʻrsatildi

Mardlikka ehtirom, xotiraga sadoqat: Amudaryoda Afgʻon urushi faxriylariga yuksak ehtirom koʻrsatildi

1989-yil 15-fevral — Afgʻoniston hududidan sobiq Sovet Ittifoqi qoʻshinlari toʻliq olib chiqilgan kun sifatida tarixda muhrlangan. Ushbu sana yillar oʻtgan sari jasorat va fidoyilik timsoliga, jang-u jadallarda qatnashgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, omon qaytgan faxriylarimizga hurmat bajo keltirish kuniga aylandi.

Oʻn yilga yaqin vaqt mobaynida davom etgan harbiy harakatlar koʻplab oilalar taqdiriga oʻz taʼsirini oʻtkazdi. Respublikamizdan 3580 nafar harbiy xizmatchi ushbu urushda ishtirok etib, oʻz burchini ado etdi. Bugun esa ularning jasorati va sabr-matonati tinch va osoyishta hayotimizning qadriga yetish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ibrat maktabi boʻlib xizmat qilmoqda.

Joriy yilda sobiq ittifoq qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqilganining 37 yilligi munosabati bilan Amudaryo tumanida ham keng koʻlamli tadbirlar tashkil etildi. Sana arafasida tuman Xotira maydonida afgʻon urushi faxriylari xotirasiga bagʻishlab haykal muqaddas oʻrnatilgani tadbirning maʼnaviy ahamiyatini yanada oshirdi. Ushbu maskanda oʻtkazilgan marosimda jangchi-faxriylar, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Nodirbek Kamolov, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi Shuhrat Mamatov, Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasining respublika va tuman miqyosidagi rahbarlari hamda aʼzolari, bir guruh baynalmilal jangchilar qatnashdi.

Tadbirni ochib bergan tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov oʻz nutqida 15-fevral sanasi faxriylar uchun chin maʼnodagi bayram ekanini alohida taʼkidladi. U murakkab sharoitlarda jang-u jadallarda qatnashib, Vatanga omon qaytgan yurtdoshlarimizning jasorati, matonati va sadoqati bugungi tinch hayotimizning qadriga yetishda muhim oʻrin tutishini qayd etdi.

Soʻzga chiqqanlar yurtimizda jangchi-faxriylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning munosib hayot kechirishi, salomatligini tiklashi va ijtimoiy himoyasini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtaldi. Shu bilan birga, Afgʻon urushi saboqlari bugungi yosh avlod uchun ibrat maktabi ekani alohida qayd etildi.

Tadbir davomida amudaryolik afgʻon urushi qatnashchilari ishtirokida Xotira maydonidagi haykal poyiga gulchambarlar qoʻyildi. Baynalmilal jangchilar Afgʻonistondagi urush harakatlarida halok boʻlgan quroldoshlari xotirasiga hurmat bajo keltirib, ularning yorqin xotirasini yod etdilar. Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik mangu boʻlishi tilab, duoga qoʻl ochildi.

Tantanalar Mangʻit shahridagi “Diamond” restoranida davom ettirildi. Bu yerda faxriylar uchun bayram dasturxoni yozilib, ularning xizmatlari eʼtirof etildi. Sana munosabati bilan tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalari topshirildi. Faxriylar hukumatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun minnatdorlik bildirdilar.

Bayram tadbirida tuman Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi. Vatan, ona, tinchlik va shukronalikni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar tadbirga koʻtarinki ruh bagʻishladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019