16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 11:59
Iqtisodiyot 👁 392

“TAShABBUSLI BYuDJET” ORQALI KOʻPGINA IJTIMOIY MUAMMOLAR HAL QILINAYaPTI

“TAShABBUSLI BYuDJET” ORQALI KOʻPGINA IJTIMOIY MUAMMOLAR HAL QILINAYaPTI

Mamlakatimizda byudjet mablagʻlarining maʼlum qismini jamoatchilik fikri asosida yoʻnaltirish, tashabbusli byudjetlashtirish tizimi izchil davom ettirilmoqda. Fuqarolarning byudjet mablagʻlarining bir qismi sarflanishida ishtirok etayotgani hududlardagi eng dolzarb muammolarning ijobiy hal etilib, odamlarning ertagi kunga ishonchini oshirishda muhim omil boʻlmoqda. Boisi, tashabbusli byudjetlashtirish bu aholining byudjet mablagʻlarining maʼlum qismini sarflash maqsadidagi tashabbuslarini ilgari surishi orqali mahalliy boshqaruvda toʻgʻridan toʻgʻri ishtirok etishini taʼminlaydi.

Buning uchun 18 yoshdan oshgan tashabbuskor fuqarolar yakka yoki guruh boʻlib loyiha taklif qilishi kerak. Ushbu loyihalar ekspertizadan oʻtkazilib, saralanadi va ovoz berishga qoʻyiladi. Eng koʻp ovoz toʻplagan loyihalar moliyalashtiriladi.

Amudaryo tumani aholisi ham ushbu jarayonda faol ishtirok etib, eng dolzarb loyihalarni ilgari surib, gʻolib boʻlib, turmushidagi koʻpgina muammolarning hal boʻlishiga erishmoqdalar.

Oʻtgan 2022-yilda “Ochiq byudjet” axborot portalida oʻtkazilgan “Tashabbusli byudjet” jarayonida ishtirok etgan tumanimizning faol fuqarolari 1-bosqichida oʻzlarining loyihalarini ilgari surib, 9 ta ijtimoiy muammolarning hal etilishga erishdilar. Tumanimiz infaratuzilmasini rivojlantirish loyihalariga fuqarolarning tashabbuslari asosida byudjet mablagʻlari ajratilib, loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Yaʼni, gʻolib chiqqan 9 ta loyiha uchun 4 mlrd. 720 million soʻm ajratildi.

Ushbu loyihalardan biri Toʻlqin ovulidan oʻtgan ulkan asfalt yoʻl boʻyiga piyodalar yoʻlakchasi qurish edi. 33-sonli maktabga qatnovchi oʻquvchilar, ovul fuqarolari uchun yoʻl boʻyida yoʻlakcha yoʻqligi yoʻlda harakatlanganda ancha noqulayliklar tugʻdirib kelayotgan edi. Ovul faol fuqarolari “Ochiq byudjet” portalidagi “Tashabbusli byudjet” jarayonida ushbu loyihani ilgari surib, gʻolib boʻldilar. Piyodalar yoʻlakchasi “Jayxun Master Stroy” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan sifatli qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, Arnaboʻyi mahallasidagi 33-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotini joriy taʼmirlash boʻyicha taqdim etilgan loyiha ham fuqarolarning faolligi tufayli gʻolib boʻldi va muassasa 299 million soʻm mablagʻ evaziga joriy taʼmirlandi. Ikkinchi bosqichda esa 6 ta loyiha gʻolib deb topildi va ushbu ijtimoiy muammolar ijobiy hal etilishi uchun 5 milliard 799 million 500 ming soʻm sarflandi.

Amudaryoliklar “Ochiq byudjet” portalidagi “Tashabbusli byudjet” jarayonida joriy yilda ham oʻz hududlaridagi turli yechimini kutayotgan muammolar bilan ishtirok etishdi. Bu boradagi takliflarning 16 tasi gʻolib boʻldi.

Endilikda ushbu loyihalar moliyalashtirilib, hududlardagi elektr tarmoqlarini yangidan tortish, maktablar binolarini mukammal va joriy taʼmirlash, qoʻshimcha bino qurish, isitish tizimini taʼmirlash, yoʻllarga tosh, asfalt yotqizish kabi ijtimoiy ahamiyatga molik ishlar amalga oshiriladi. Ayni kunlarda mazkur loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Eʼtiborli jihati, joriy yilda birinchi bosqichda gʻolib boʻlgan loyihalarning 5 tasida umumiy oʻrta taʼlim maktablarini joriy, kapital taʼmirlash, isitish tizimini yangilash va qoʻshimcha bino qurish tashabbuslari ilgari surilgan. Bu – oʻsib kelayotgan yosh avlodning sifatli taʼlim olishi, boʻsh vaqtlarini mazmunli, maqsadli oʻtkazishiga imkoniyat yaratish maqsadida rejalashtirilgan xayrli loyihalardir.

Oygul RAJABOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026