16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:43
Jamiyat 👁 232

DORBOZ TOʻRABOY EShChANOVNING 80 YoShLIK YuBILEYI NIShONLANDI

DORBOZ TOʻRABOY EShChANOVNING 80 YoShLIK YuBILEYI NIShONLANDI

Sanʼat fidoyilikni talab qiladi. Oʻz ustida tinmay ishlagan, mashaqqatlardan choʻchimay izlangan, tinimsiz mashqlar davomida mahoratini yuksaltirgan va eliga xolis xizmat qilgan sanʼatkorlar haqiqiy fidoyilar, deya olamiz.

Amudaryo tumanida dorbozlik sanʼatiga asos solgan, iqtidorli dorbozlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan, sakson yoshida ham dor ustida turli tomoshalar namoyish etib, xalqimizning eʼtirofiga sazovor boʻlayotgan Toʻraboy dorboz Eshchonov ana shunday insonlar toifasidan desak, adashmagan boʻlamiz.

Toʻraboy Eshchanov shu yil 18-aprelda tabarruk sakson yoshini qarshi oldi. Amudaryo tumani Madaniyat va turizm boʻlimi tashabbusi bilan boʻlim tomoshalar zalida sakson yoshida ham sanʼatdan qoʻlini uzmay, dor ustida tomoshalar koʻrsatib kelayotgan taniqli dorboz boboning qutlugʻ yoshi munosabati bilan yubiley kechasi tashkil etildi.

Toʻraboy Eshchonov 1943-yilda Mangʻit shahriga tutash Oʻrta qalʼa ovulining Yusufxoʻja aholi punktida dunyoga kelgan. 1-sonli maktabda 10-sinfni tugatib, Oʻzbekiston Davlat Jismoniy tarbiya institutida oʻqigan va oliygohni tugatib, dastlab 4-sonli maktabda jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi boʻlib mehnat faoliyatini boshlagan.

Harbiy xizmat burchini oʻtash chogʻida u tsirk sanʼati ishqibozi boʻlgan dogʻistonlik yigit bilan doʻstlashishi, undagi bu sohaga boʻlgan qiziqish yanada kuchayishiga sabab boʻlgan. Jismoniy tarbiya bilan muntazam shugʻullanib, turli tryuklar ijro qilib yurgani unga bu borada juda qoʻl kelgan.

Armiyadan qaytgach, Toʻraboy Eshchanov Chimboy tumanidagi tsirk jamoasiga qoʻshilib, dorbozlik oʻyinlarini koʻrsatib, oʻz iqtidorini rivojlantirib kelgan. Keyinchalik Toʻraboy dorboz nomi bilan tanilib, tumanimizda oʻzi “Jayxun dorbozlari” tsirk jamoasini tashkil etdi. Ushbu guruh Toʻraboy dorboz koʻmagida tsirk sanʼatiga qiziquvchi, tosh koʻtaruvchi polvon, illyuzionist, masxaraboz, surnaychi kabi iqtidorli yoshlarni birlashtirib, katta sahnalarda oʻz sanʼatini namoyish etdi va xalqimizning haqli eʼtiroflariga sazovor boʻldi.

Guruh aʼzolarining oʻz ustlarida ishlab, tomoshalarini boyitib borganlari tufayli Oʻzbekiston miqyosida havaskor tsirk jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan turli festivallarda, koʻrik-tanlovlarda chiqishlari yuqori baholangan.

“Tabarruk yoshingiz muborak” deb nomlangan yubiley kechasida tuman hokimligi masʼullari, ustoz dorbozning shogirdlari, doʻstlari, yaqinlari masʼullari, madaniyat va turizm sohasi xodimlari, sanʼat shinavandalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni tuman hokimligi kotibiyati mudiri Mansur Oʻrozboyev ochdi va yubilyarni qizgʻin qutlab, unga tuman hokimligi tomonidan “Faxriy yorliq” va sovgʻalar topshirdi.

Taniqli sanʼatkorni qutlagani kelgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi xodimi Shuhrat Yoʻldoshevning samimiy tilaklari barchani toʻlqinlantirdi. Shuningdek, madaniyat va sanʼat xodimlari, Toʻraboy Eshchanovning maslakdosh shogirdlari, doʻstlari, yaqinlari tabriklaridan soʻng tumanimiz sanʼatkorlari ijrosida kontsert namoyish etildi.

Otaxon dorboz Toʻraboy Eshchanov oʻziga koʻrsatilayotgan buningdek ehtirom uchun tuman hokimligiga, tuman Madaniyat va turizm boʻlimi maʼmuriyatiga, barcha sanʼat shinavandalariga chuqur minnatdorchilik bildirdi.

Yurtimizda inson qadri ulugʻ, mehr-oqibat mustahkam ekanligi yaqqol namoyon boʻlgan tadbir barchada ulkan taassurotlar qoldirdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019