17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 16:47
Jamiyat 👁 336

PUL QOʻLNING KIRI...MI? YoXUD HAYoTIMIZDA TOBORA BOLALAB KETAYoTGAN NOMAQBUL ODATLAR XUSUSIDA MULOHAZALAR

PUL QOʻLNING KIRI...MI? YoXUD HAYoTIMIZDA TOBORA BOLALAB KETAYoTGAN NOMAQBUL ODATLAR XUSUSIDA MULOHAZALAR

"Agar yeb-ichishim va kiyinishim boʻlmaganida gulday kunimni koʻrar edim-ov", degan ekan bir jaydari odam. Ha, tan olish kerak, avallari oila daromadining asosiy qismi oziq- ovqat, roʻzgʻor ehtiyoji va kiyim-kechakka ishlatilar, hech boʻlmaganda maosh olinganida oyning yarmidan koʻpiga yetguday zahira gʻamlanar edi.

Mening nazarimda keyingi yillarda bu zaruratlardan ham ustunroq “bordi- keldi” degan tashvish paydo boʻldi. Bu qarindosh-urugʻ, yaqinlardan ham tashqari tanish, qoʻshni, mahalladosh,birga oʻqigan, birga armiyada xizmat qilgan, birga sihatgohda dam olgan, kasalxonada birga davolangan “koʻz qiymaslarimiz”, qoʻshnilarning qarindoshlari va hokazolarning toʻy-ziyofatlari, maʼrakalari, qirq yoshlikdan boshlanadigan turli yoshdagi yubileylarga qilinadigan mangʻitcha shevada aytsam, qada-qoyimlardir.

Ha, ha, aslida arzimasdek koʻringan shu bordi-keldilar oilalarni baʼzan qiynab, baʼzan noqulay holga solib qoʻyayapti. Axir birovniki birovda qolmaydi deganlariday, qada qilganlarga qaytarish fursati yetganida kimning choʻntagida puli boʻlsa, kimningdir choʻntagi quruq boʻlishi ham mumkin. Lekin oila ehtiyojlaridan kechib, qarz olib boʻlsa-da,aytilgan joydan qolmaslikka intilamiz. Qoʻshni lar, sinfdoshlar, qurdoshlar, hamkasblar va hokazolar bilan oyma- oy oʻynaladigan ziyofatlar bularning ustiga ustak. Bunday “chiqimli” kunlar baʼzan hafta- oʻn kunda bir kelsa, baʼzan kuniga bir nechasi baravar kelib qoladi. Baʼzan toʻylarga kelgan taklifnomalarni oʻqib, toʻy egasining kimligini eslay olmay qoladigan kunlarimiz ham boʻladi. Lekin... baribir “ aytilgan joydan qolib boʻlmaydi”.

Baʼzan oʻylab qolaman: toʻylarni ulkan, hashamdor toʻyxonani toʻldirib, 300-400 odam yigʻib dabdabali qilib berish shartmi? It egasini, mushuk bekasini tanimaydigan darajada olomonni toʻplashga ne hojat? Axir shuncha odamni kutish uchun ham toʻy egalari ozmuncha zahmat chekishadimi? Aksariyat oilalar farzandlari maktabni bitirishi bilanoq xorijga ishga yuborishga harakat qilishadi. U yoqda ne bir mashaqqatlar evaziga, musofirlikda ishlab topilgan pullar esa toʻy-maʼrakaga yo mashina olishga ishlatiladi. Goʻyo toʻylar, mashinalar, hovli-joylarimizni zamonaviy uslubda taʼmirlash hayotimizning bosh maqsadiga aylanib qolganday. Achinarlisi, mana shunday boʻlmagʻur orzu -havaslarni deb navqiron yigitlarning xorijda ishlashga majbur boʻlayotganidir. Natijada endigina oila qurgan yigitlar ham diydoriga toʻymagan kelinlar bilan ayro yashashyapti, norasida bolalar otasi bilan telefonda gaplashadi, tushlarida diydorlashadi.

Bozordan qaytayotganimda 30- 35 yoshlar atrofidagi ikki kelinchakning suhbati diqqatimni tortdi:

– Kecha “posobiya”m tushganiga qoʻshnilarga “tashkil”imni berib qutulayin deb xarajat qilib qaytdim, – dedi biri qoʻlidagi sumkalariga ishora qilib.

– Toʻgʻri qilibsan, – uni quvvatladi hamrohi. – Axir mehmon chaqirishning oʻzi boʻladimi? Kundan kun oʻtaversa, pul turadimi, ishlatilib ketadi. Hammaga oʻzim telefon qilib aytib chiqaman, sen bemalol ishlaringga qarayver.

Men istay-istamay kelinchaklarning gurungini tinglashga majbur edim. Shu barobarida oʻylayman: qoʻshni tengdoshlari bilan ziyofatlashish yurtimiz kelinlariga bolalari tashvishidan ham muhim boʻlib qoldimi? Nahotki? Buning uchun bolalar nafaqasi sarflanishidan tashqari necha oilada necha bolalar onasi ziyofatga ketib, qarovsiz qolib ketishi esa hammasidan ham achinarlidir.Shular haqda oʻylab oʻtirib, faylasufning “Pul topish uchun jasorat, uni saqlash uchun aql, sarflash uchun esa sanʼat talab qilinadi”, degan soʻzlarini esladim.

 Davralarda “odamlarda pul yoʻq” degan gaplarni tez- tez eshitamiz. Aslida pul yoʻq boʻlmaydi, doim mavjud, faqat choʻntaklardan choʻntaklarga koʻchib yuradi. Biz esa ... choʻntaklarimiz boʻsh boʻlmasligi uchun uni faylasuf aytganiday sarflashga odatlanishimiz kerakka oʻxshaydi. Illo, nomaqbul ishlarga emas.

 Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026