16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:50
Salomatlik 👁 340

SANITARIYa ShIFOKORLARI TOMONIDAN “MAHALLABAY” IShLASh TIZIMI ORQALI AYoQChI MAHALLASIDA TARGʻIBOT-TAShVIQOT TADBIRI OʻTKAZILDI

SANITARIYa ShIFOKORLARI TOMONIDAN “MAHALLABAY” IShLASh TIZIMI ORQALI AYoQChI MAHALLASIDA TARGʻIBOT-TAShVIQOT TADBIRI OʻTKAZILDI

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Mahallabay” ishlash tizimini amaliyotga joriy etish toʻgʻrisidagi tashabbusi hududlardagi  muammo va yechimini kutayotgan masalalarning iloji boricha tezroq bartaraf boʻlishiga mustahkam va ishonchli zamin boʻlmoqda.

“Mahallabay” ishlash tizimi murakkab jarayon boʻlishiga qaramasdan, unda har bir insonning dardini tinglash, uning qismatini tubdan oʻzgartirish, jamiyat taraqqiyotini iqtisodiy oʻsishlar bilangini emas, balki aholining oʻz hayotidan mamnunligi bilan oʻlchash kabi mezonlar mavjud.

Bu borada Amudaryo tumani sanitariya-epidemiologik va jamoat salomatligi boʻlimi mutaxassislari tomonidan  amalga oshirilayotgan ishlar eʼtiborga molik. Xususan, tumanning Ayoqchi mahallasida  amalga oshirilgan “mahallabay” va “xonadonbay” kesimida aholiga yuqumli va yuqumli boʻlmagan, oʻta-havfli yuqumli kasalliklar, parazitar kasalliklarning oldini olish toʻgʻrisidagi targʻibot-tashviqot tadbirida aholiga tarqatma materiallar tarqatilib, yuqumli kasalliklar boʻyicha olib borilgan tushuntirish ishlaridan mahalla ahli zarur maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Tadbirda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi epidemiolog-shifokori Durbek Bobojonov Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi bilan bogʻliq muammoli masalalarni hal etish borasida boʻlim shifokorlari tomonidan tizimli ravishda “Mahallabay” ishlash orqali ovul va mahallarda uchrashuvlar tashkil etilib,muammo va masalalar oʻrganilayotgani haqida toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, hayotimizning yanada koʻrkam va farovon boʻlmogʻi uchun har bir xonadonda sanitariya  madaniyatini talab darajasida shakllantirish zarurligini taʼkidlab, oilalarda sogʻlom turmush tarzi mustahkam qaror topishi turli yuqumli kasalliklardan himoyalanishning birdan-bir asosi ekanligini qayd etdi.

Durbek Bobojonov oʻz maʼruzasida mahalla ahlini sogʻlom yashab, osoyishta turmush kechirishning oʻziga xos tartib-qoidalariga amalga qilish va bahamjihat ish tutib,yashayotgan mahallasi, hovlisini toza, goʻzal va tartibli maskanga aylantirishga chaqirdi.

Xususan, hovlidagi mavjud vodoprovod suvidan tejab foydalanish, ichimlik suvi tashib keltiriladigan xonadonlarda esa ichimlik suvini qopqoqli maxsus idishlarda saqlash, yangi suvni solishdan oldin ushbu idishni toza suv bilan yuvib tashlash, har kim oʻz hovlisini oʻzi yashashi uchun qulay va mos qilib jihozlashi, yashash xonalari, oshxona, tandirxona, molxona, tovuqxona va hojatxonalarni qurishda hamda taʼmirlashda quruvchi mutaxasislar bilan bamaslahat ish tutish zarurligini taʼkidladi.

 Shuningdek, tadbirda Ayoqchi oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori Gulnora Shomurodova azaldan ota-bobolarimiz hovlida alohida chuqur qazib, har kungi chiqindilarni shu chuqurga koʻmgani, magʻzava suvlarini oʻraga toʻkishgani va shu oqilona tajribani bugungi kunimizda ham qoʻllash ayni muddao ekanligini aytib oʻtdi.

Tadbir davomida mutaxasislar yuvinish joylari hovlining bir chekkasida, yoʻlaklari beton yoki gʻisht bilan qoplangan boʻlishi, oila aʼzolari alohida sovun, tish yuvish choʻtkasi va sochiqlardan foydalanishlari lozimligi, bolalarni yoshligidan ozoda va sogʻlom turmush tarziga amal qilib yashashga oʻrgatish, orastalikka amal qilish orqali yuqumli kasalliklarning oldini olish mumkinligini ularga doimiy eslatib turish zarurligini taʼkidladilar.

Shuningdek, tadbirda uy hayvonlari, it, mol va mushuklarni vaqti-vaqti bilan veterinariya koʻrigidan oʻtkazib, ularni veterinariya xizmati tomonidan yuqumli kasalliklarga qarshi emlatish, yirik va mayda shoxli mollarda kanalar aniqlangan holatlarda ularni qoʻlda terib, ezib oʻldirmaslik, aks holda oʻta havfli, yuqumli kasallik yuqishi mumkinligi, bunday holatlarda darhol veterinariya vrachini chaqirib, uy hayvonini dezinsektsiya qildirish, uyda boqilayotgan yirik va mayda shoxli  qora mollarni oʻz vaqtida yuqumli kasalliklarga qarshi emlatib turish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, yoz faslida meva-chevalarni yuvib isteʼmol qilish oshqozon-ichak kasalliklaridan saqlanishning asosiy omili ekanligi taʼkidlab oʻtildi.

Tadbir davomida Ayoqchi MFY raisi Allayor Qalandarov mahalla ahli tomonidan obodonlashtirish ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilgani, xonadonlar atrofi, koʻcha boʻylari va hududdagi suv yoʻllarining orastaligi xususida soʻz yuritib, mahalladoshlarini mutaxassis shifokorlarning maslahat va tavsiyalariga amal qilishga chaqirdi.

Tadbir ishtirokchilari turli yuqumli kasalliklar va ularning profilaktikasi yuzasidan mutaxassislarga savollar berdilar va tegishli javoblar oldilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019