16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:36
Jamiyat 👁 340

MAHALLA YoShLARINING ChINAKAM DOʻSTI

MAHALLA YoShLARINING ChINAKAM DOʻSTI

Mamlakat taraqqiyoti, jamiyat rivoji, xalqimizning munosib turmush sharoitida yashashi va xalqaro maydondagi mavqeining mustahkamlanishi yoshlar taʼlim-tarbiyasi hamda kelajagiga qaratiladigan eʼtiborga har jihatdan bogʻliq. Shu bois ovul va mahallalarda faoliyat olib borayotgan yetakchilar hudud yoshlarining muammolarini yaqindan oʻrganib, chinakam doʻsti, yaqinidagi suyanchi va ishonchli hamkori boʻlishga harakat qilishmoqda, hayotda oʻz yoʻllarini topib olishlariga koʻmaklashishmoqda.

Yangiobod mahallasida 378 ta xonadonda 2220 nafar aholi yashaydi. Hududda 3 ta umumtaʼlim maktabi, 1 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, 3 ta xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti, 1 ta IT markazi, 3 ta oziq-ovqat doʻkoni, 1 ta texnikum joylashgan. Oʻtgan yili mahallada ish boshlagan yoshlar yetakchisi Roza Kamolova dastlab uyma-uy yurib, xatlov ishlarini amalga oshirdi. Xatlov davomida 14-30 yosh oraligʻidagi yoshlar 505 nafarni tashkil qilishini, ushbu yoshlarning 72 nafari oliy taʼlimda, 29 nafari professional taʼlimda, 35 nafari bola tarbiyasidaligi, 59 nafari rasmiy va 129 nafari norasmiy bandligi aniqlangan. Ishsiz yoshlar soni 43 nafarni, xorijiy davlatlarda ishlash maqsadida ketgan yoshlar soni 37 nafardan iboratligi maʼlum boʻldi.

Yoshlar yetakchisi Roza Kamolova oldin 82-sonli maktabda yoshlar yetakchisi boʻlib ishlab tajriba orttirgani sababli qisqa fursat ichida samarali chora-tadbirlarni yoʻlga qoʻyib, koʻplab yoshlarga amaliy yordam berishga ulgurdi. U oʻz ishini birinchi muammoli yoshlar roʻyxatini shakllantirishdan boshladi. “Yoshlar daftari”ga 29 nafar yoshlarni kiritib, ularga manzilli yordam koʻrsatilishini yoʻlga qoʻydi. Mahalla yoshlarining muddatli harbiy xizmatni oʻtashi, haydovchilik kurslarida oʻqishi, “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi tomonidan mablagʻ ajratilishiga koʻmaklashdi. Bundan tashqari, oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻzini oʻzi band qilmoqchi boʻlgan yoshlarga subsidiya asosida tikish mashinasi va imtiyozli kreditlar ajratilishini taʼminladi. Dehqonchilik qilish istagi boʻlgan yoshlarga 10-yil muddatga ijaraga bepul ekin maydonlari ajratib berildi. Oliy taʼlimda toʻlov-shartnoma asosida taʼlim olib, pullarini toʻlashda qiynalayotgan 12 nafar talaba yoshlarga ham jamgʻarma tomonidan shartnomasida koʻrsatilgan mablagʻning 50 foizgacha boʻlgan qismi toʻlab berilishida yordam koʻrsatildi.

Joriy yilda yana 8 nafar yoshlarga turli masalalar boʻyicha muammolarini hal qilishda yaqindan yordam koʻrsatildi. Ulardan Shahlo Qodirova imtiyozli kredit olib goʻzallik salonini tashkil qildi. Shuningdek, 6 nafar talaba-yoshlarning oliy taʼlimda oʻqishlari uchun toʻlov shartnoma pullari toʻlab berildi. Mahallada Sharofat Adilova, Husan Qurboniyozov, Gʻofurjon Egamberganov, Manzura Qodirovalarga jami 126 mln. soʻmlik imtiyozli kredit olib, oʻzini oʻzi band qilishlariga koʻmaklashildi. Klara Rajabovaga subsidiya asosida tikuv mashinasi olib berildi. Moddiy ahvoli qiyin boʻlgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Dinora Oʻrozboyeva bir martalik moddiy yordam hamda subsidiya asosida elektron pech, Bektursun Shomurodovga mehnat qurollari bilan taʼminlandi. Oʻtgan yil mobaynida Yangiobod mahallasida daftarga kiritilgan yoshlar uchun jamgʻarma hamda tijorat banklari tomonidan jami 152 mln. 234 soʻmlik mablagʻlar ajratildi.

Oʻzlariga yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlardan unumli foydalanayotgan mahalla yoshlari besh tashabbus olimpiadasida tumanda faxrli oʻrinlarni olishga erishishdi. “Zukko kitobxon” koʻrik-tanlovining 1-mavsumida Qoraqalpogʻiston bosqichida faol ishtirok etishdi, 3-mavsumda esa 2-oʻrinni qoʻlga kiritish nasib qildi. Kasblar boʻyicha oʻtkazilgan tanlovda ham mahalla yoshlari oshpazlik yoʻnalishi boʻyicha tumanda 1-oʻrinni egalladi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Mahallalardagi yetakchilar oʻzlariga bildirilgan katta ishonchni oqlash maqsadida yoshlarni yangi-yangi yuksak marralar sari boshlashmoqda. Yangiobod mahallasi yetakchisi Roza Kamolova ham oʻz hududi yoshlarining hayotda oʻz oʻrinlarini topishlarida yaqin koʻmakchi boʻlmoqda.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019