16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:46
Madaniyat 👁 860

MAHORATLI MUSIQA OʻQITUVChISI

MAHORATLI MUSIQA OʻQITUVChISI

Cholgʻu ijrochiligida pedagogik faoliyat olib borayotgan ustozlarning ishi murakkab jarayon hisoblanadi. Musiqa maktablarida oʻquvchilarning psixologiyasi, qobiliyati va isteʼdodini chuqur oʻrgangan holda ijro dasturini tanlash va unga jalb qilish yaxshigina tajriba talab qiladi. Masʼuliyatli kasb egasi, tumanimizdagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchisi Komiljon Murotov bu borada 40 yillik katta tajriba ega mahoratli ustozlardandir.

U 1965-yilda tugʻilgan. Maktab taʼlimidan soʻng, 1980-1984-yillarda Japaq Shomuratov nomidagi Nukus davlat sanʼat bilim yurtini tugatgan. 1987-1992-yillarda A.Qodiriy nomidagi Toshkent davlat Madaniyat instituti (hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti)da oliy taʼlim olgan. Oliygohni tugatgach, 1984-1998-yillarda Hamza nomidagi Bolalar musiqa va sanʼat maktabida prima rubobi boʻyicha oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1998-2015-yillarda tumanning 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida ishlay boshladi.

Komiljon Muratov oʻz ish faoliyati davomida samarali mehnati uchun bir necha bor Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat vazirligi, tuman hokimligining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

– Komiljon Murotov bugungi kunda oʻzining ijrochilik mahorati va oʻqituvchilik uslubi bilan alohida ajralib turadigan tajribali mutaxassislardan biri, – deydi “Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi”, birinchi darajali Mehnat faxriysi, Xalq taʼlimi aʼlochisi Gulmirza Nurmatov. – U Qoraqalpogʻiston musiqa madaniyatiga ulkan hissa qoʻshmoqda.

Tinimsiz izlanishdan va mehnat qilishdan toʻxtamaydigan Komiljon Murotovning shogirdlaridan X.Vaisov va Oʻ.Jumaniyozovlar ustoz yoʻlini davom ettirib, pedagog sifatida ish faoliyatini olib bormoqdalar. Xursand Vaisov Ellikqalʼadagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida prima rubobi sinfida taʼlim berib, bir qator yutuqlarga erishib kelayotgan boʻlsa, Oʻ.Jumaniyozov Qoraqalpogʻiston va Oʻzbekiston sahnalarida namoyish etgan koʻplab kontsertlari, tanlovlarda muvaffaqiyatli chiqishlari bilan musiqa shinavandalari koʻnglidan joy oldi. Hozirgi kunda u Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali prima rubobi sinfida dars berib kelmoqda.

Komiljon Murotovning bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari bilan ishlash uslubi juda ibratli. Uning oʻquvchilar psixologiyasidan kelib chiqib, toʻgʻri ijro dasturini tanlash, koʻrik-tanlovlarga tayyorlash kabi muhim vazifalarni yuksak mahorat bilan bajarishi koʻpchilikka namuna boʻla oladi. 

Oʻktam Jumaniyozov,

21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchisi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026