16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:09
Jamiyat 👁 574

DOʻSTLIK MFYNING PIR-U BADAVLAT ONAXONLARI IShTIROKIDA “ONALAR OʻGITI” TADBIRI OʻTKAZILDI

DOʻSTLIK MFYNING PIR-U BADAVLAT ONAXONLARI IShTIROKIDA  “ONALAR OʻGITI” TADBIRI OʻTKAZILDI

Mahalla – qadriyatlar beshigi. Insonlarning oʻzaro mehr-oqibatlari, muomala-munosabatlari, maʼnaviy qiyofasi, middiy-axloqiy fazilatlari mujassam makon. Bu makonda begona yoʻq, hamma biri-biriga doʻst-u qadrdon, mehribon. qoʻshni-qoʻshnisiga qayishgan, toʻy-marosimlarida jam-ul jam boʻlishib, quvonch-u tashvishlariga yelka tutishgan ahil jamiyat.

Ana shu ahillikni yanada mustahkamlash, oʻzlari yashayotgan mahalla nufuzi, oilalar obroʻ-eʼtiborini oshirish maqsadida mahallalardagi ishchi komissiyalari va jamoatchilik tuzilmalari aʼzolari barcha muammoli masalalarda hamfikr va hamkordirlar. Ayniqsa, xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ibratli ishlar tufayli mahallalar hududlari tobora obodonlashib, oilaviy nizolar, oʻzaro qoʻydi-chiqdilarga barham berilayotgani eʼtiborga molik. Bu kabi koʻngillarga manzur holatga biz Mangʻit shahrining Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻinida joriy yilning 20-iyun sanasida boʻlib oʻtgan davra suhbatida guvoh boʻldik.

Amudaryo televideniyesining “Yuksak maʼnaviyatli yoshlar – kelajak poydevori” grant loyihasi doirasida oʻtkazilgan “Onalar oʻgiti” mavzusidagi davra suhbatida Doʻstlik mahallasining obroʻli, el-yurt hurmatiga sazovor onaxonlari, koʻchalar boʻyicha katxudo, koʻchaboshchi ayollar “Buvijonlar maktabi” aʼzolari, “Oqila ayollar” harakati yetakchilari hamda yosh ayol-qizlar ishtirok etdilar.

Davra suhbatini Doʻstlik MFY xotin-qizlar faoli Shoira Xudoyberganova boshlab berdi. U Doʻstlik MFYda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, oilaviy nizolarning oldini olishda jamoatchilik tuzilmalarining ahamiyati, xususan, MFY huzuridagi “Oqila ayollar” harakati, Ayollar masalahat Kengashi aʼzolari tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli maʼnaviy-tarbiyaviy ishlar haqida toʻxtalib, koʻpni koʻrgan, pir-u badavlat onaxonlarimizning saʼy-harakatlari tufayli yoshlarni, turmushga tayyorlash, yosh oilalarning mustahkamligini taʼminlash borasida quvonarli yutuqlarga erishilayotgani haqida soʻz yuritdi. Darvoqe, Doʻstlik MFY hududi va aholi soni jihatidan Mangʻit shahridagi katta mahallalardan biri sanaladi. 570 xonadon tarkibidagi 912 ta oilada 3781 nafar aholi istiqomat qiladi.

Aholining 1928 nafarini ayol-qizlar tashkil etadi va ularning asosiy qismi yoshlardir. Mahallada 12 ta koʻcha boʻlib, har bir koʻchaga ayollardan ham koʻcha boshchilari saylangan. 15 nafardan iborat aʼzosi boʻlgan Ayollar maslahat Kengashi, 12 nafar ibratli oilalar bekalaridan iborat “Oqila ayollar” harakati aʼzolari oʻzaro hamkorlikda ish olib borishlari tufayli soʻnggi bir necha yil davomida mahallada notinch oilalar, shuningdek, oilaviy ajralishlar keskin kamaydi. “Onalar oʻgiti” davra suhbatida ishtirok etgan “Yuksak maʼnaviyatli yoshlar – kelajak poydevori” loyihasi koordinatori, “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalarining maxsus muxbiri, jurnalist Robiya Yoʻldosheva bugungi davr taqozosidan kelib chiqib, oilalar mustahkamligini taʼminlashda pir-u badavlat onaxonlarning maslahat va oʻgitlariga amal qilish koʻpdan-koʻp oilaviy mojarolarga yechim topish imkonini berayotgani, yoshlar ana shunday aziz va nuroniy onaxonlardan ibrat olishga intilayotganini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

Ayniqsa, koʻpni koʻrgan, hayot sinovlarini mardonavor yengib oʻtgan nuroniy onaxonlar hayoti yoshlar uchun haqiqiy maʼnaviyat maktabi vazifasini oʻtayotganini hayotiy misollar orqali tadbir ishtirokchilariga soʻzlab berdi. Davra suhbatida “Oqila ayollar” harakati yetakchisi Shukurjon Ermatova yosh kelin va qaynonaning oʻzaro munosabatlari, ular oʻrtasidagi ayrim ziddiyatlar, shu barobarida bu kelishmovchiliklarning kelib chiqish sabablari xususida oʻz fikrlarini bildirib, kimmatli maslahatlarini berdi. Koʻcha boshchisi Gulbahor Oʻrozmetova, koʻcha boshchisi va “Oqila ayollar” harakati aʼzosi Gulnora Nurullayeva, mahalla faollaridan Oʻrozgul Tilovmurodovalar, oʻzlarining yoshlar tarbiyasi, oilaviy ajrashishlarning oldini olish, bugungi yosh qizlarning oʻzini tutishlari, kiyinish madaniyati xususidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar va yoshlarni milliy-maʼnaviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash boʻyicha oʻzlarining hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, zarur tavsiya va qimmatli maslahatlarini berdilar.

Mahmudjon Shomurodov, Ravshan Bahromov, Amudaryo televideniyesi muxbirlari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019