16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:36
Jamiyat 👁 289

Kadastr hujjatlari mavjud boʻlmagan koʻchmas mulk obeʼktlari va soliq qarzdorligi bor xonadonlar xatlovdan oʻtkazilmoqda

Kadastr hujjatlari mavjud boʻlmagan koʻchmas mulk obeʼktlari va soliq qarzdorligi bor xonadonlar xatlovdan oʻtkazilmoqda

26-iyul kuni Amudaryo tumanining Xolimbeg ovulida tuman hokimligi, Kadastr agentligi tuman boʻlimi, soliq inspektsiyasi hamda boshqa tashkilot masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh aʼzolari mahallalarda boʻlib, xatlov ishlarini olib bordilar. Xatlovdan koʻzlangan maqsad – koʻchmas mulk obʼektlari roʻyxatida mavjud boʻlib, lekin shu kunga qadar kadastr hujjatlari mavjud boʻlmagan obʼektlarni aniqlash va aholiga huquqiy tushuntirishlar berishdan iborat boʻldi.

Maʼlumki, 2022-yil 6-iyun kuni “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilingan edi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda kadastr hujjati yoʻq uy-joy va yerlar toʻliq roʻyxatga olinib, oʻzboshimchalik bilan egallangan yerlar va qurilgan uylar masalasini hal etish boʻyicha qaror, dastur va grafik ishlab chiqilib, tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Lekin, baʼzi fuqarolarimiz haligacha koʻchmas mulk obʼektlariga kadastr hujjatlarisiz egalik qilib kelishmoqda. Xatlov jarayonlarida ushbu fuqarolarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning tegishli moddalariga asosan jarima solindi. Bunda kadastr hujjatlarisiz koʻchmas mulk obʼektlariga egalik qilib kelayotgan yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 barobarigacha, jismoniy shaxslarga esa 10 barobar miqdorigacha jarima solish koʻzda tutilgan.

Xatlov jarayonlarida fuqarolarga yer va uyga oid barcha hujjatlarini saqlab, imkoni boʻlsa, yoʻqotilganlarini tiklab olishlari lozimligi, asosiysi, hujjatlashtirib qolish uchun oʻzboshimchalik bilan qoʻshimcha imoratlar qurishdan tiyilishlari kerakligi, bu harakatlar fuqaro uchun muammo keltirib, uning javobgarlikka tortilishiga sabab boʻlishi batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, fuqarolarga uy-joyga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etishga asos boʻluvchi kerakli hujjatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Taʼkidlanganidek, ularga mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnoma, yer va mol-mulk uchun toʻlangan soliq hamda kommunal toʻlovlar kvitantsiyalari kiradi.

Xatlov jarayonlarida kadastr hujjati yoʻq koʻchmas mulk egalariga kadastr roʻyxatidan oʻtgan hujjatlar asosidagina yer, mol-mulk soliqlarini toʻlashlari mumkinligi, barcha fuqarolar orasida yerga egalik qilish tenglik va shaffoflik asosida olib borilishi qatʼiy tarzda tushuntirildi.

Undan tashqari, soliqdan qarzdorligi bor boʻlgan fuqarolarga joriy yil uchun hisoblangan soliqlarni toʻlash teng ulushlarda 15-aprel va 15-oktyabr sanalariga qadar amalga oshirilishi belgilangani, yer uchastkalaridan hujjatsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan stavkaning uch baravari miqdorida hisoblanishi batafsil tushuntirib oʻtildi.

Shuningdek, agar soliq imtiyozlarini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar boʻlsa, imtiyozlarni olish huquqini tasdiqlovchi xujjatlarni mustaqil ravishda soliq inspeksiyasiga taqdim etishlari lozimligi, mol-mulkning kadastr qiymati va yer maydonlari oʻrtasida farq aniqlangan taqdirda Kadastr agentligi tuman boʻlimiga murojaat etishlari lozimligi aytib oʻtildi.

Xatlov jarayonlari davomida kadastr hujjatlari mavjud boʻlmagan koʻchmas mulk obʼektlarining egalari soliq qarzdorligini oʻz vaqtida bartaraf etishlari, aks holda belgilangan tartibda har bir kechiktirilgan muddat uchun penya hisoblanishi va soliqlar sud tartibida undirilishi haqida ogohlantirildi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019