16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:18
Sport 👁 311

MANGʻITNING ChEMPION OʻGʻLONI

MANGʻITNING ChEMPION OʻGʻLONI

Hayotda ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritgan yoshlar haqida eshitganimizda, albatta, hammamiz havas qilamiz-u, bu natijalar zamirida ularning qanchadan-qancha mashaqqatli mehnatlari borligini oʻylamaymiz. Ha, hayotda inson oʻz tengqurlaridan ilgarilab ketishi uchun oʻz oldiga aniq maqsad qoʻyib, shu yoʻlda intilmogʻi, sabr-bardosh bilan mehnat qilmogʻi lozim.

Buni yaqindagina Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Sportni rivojlantirish vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida oʻtkazilgan “Besh tashabbus paralimpiyadasi”ning respublika bosqichida faol ishtirok etib, maxsus sovgʻa, sertifikat bilan taqdirlanib kelgan Hasanboy Hayitboyev hayoti misolida ham koʻrishimiz mumkin.

Durunki mahallasida yashovchi, 2001-yilda tugʻilgan Hasanboy Hayitboyev oilada toʻrtinchi farzand, kenjatoy. U 56-sonli maktabda aʼlo baholarga oʻqishi jarayonida tuman Sport maktabining Chordara mahallasida joylashgan bazasidagi stol tennisi guruhi mashgʻulotlariga qatnadi. Bu yerda unga trener Hamida Rajabova ushbu sport turining oʻyin qoidalari, texnikasini erinmay oʻrgatdi. Stol tennisi boʻyicha ilk natijalarga erishganida Hasanboy hali maktab boshlangʻich sinf oʻquvchisi edi. U turli bayramlar munosabati bilan, sport maktablariaro oʻtkazilgan musobaqalarda sogʻlom tengdoshlari bilan davraga chiqib, oʻzining chaqqonligini, kuchliligini namoyish etib, olgan diplomlari, sovgʻalari talaygina.

Hasanboyning asosiy maqsadi axborot texnologiyalari sohasida oliy maʼlumot olish, malakali mutaxassis boʻlib yetishish edi. Shu bois, bir necha yil sport mashgʻulotlariga ham qatnamay, oliygohga kirishga tayyorgarlik koʻrdi. Biroq talaba boʻlish nasib etmadi. Bu bilan Hasanboy kelajagi uchun rejalagan orzularidan chekinmadi, tennis mashgʻulotlariga qaytdi va sabr-chidam bilan shugʻullanishni davom ettirdi. Intilishlari esa  besamar ketmadi. Natijada “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning quyi bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Respublika bosqichida kuch sinashishga muvaffaq boʻldi.

Musobaqaning 1-iyul kuni Nukus shahrida boʻlib oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida 16-30 yosh oraligʻidagi 17 nafar nogironligi boʻlgan yoshlar oʻzaro kuch sinashdilar. Gʻoliblik tumanimiz vakili Hasanboy Hayitboyevga nasib qildi. Bu natijaga u osonlik bilan erishgani yoʻq.

– Shu kuni murabbiyim Hamida opaning mashgʻulotlar jarayonida oʻrgatgan tennis sporti texnikasi, usullarining bellashuvga chiqqandagi ahamiyati nechogʻlik ulkan ekanligini chuqur angladim. Ustozimga hurmatim oshdi. Oʻzbekiston bosqichida kuchli hayajon pand berib qoʻydi. Nasib qilsa, keyingi yil, albatta, Oʻzbekiston chempioni boʻlaman, – deydi Hasanboy oʻziga ishonch bilan.

U ayni kunlarda tennis boʻyicha mashgʻulotlarga qatnashish bilan birga, oliygohga oʻqishga kirishga ham qizgʻin tayyorgarlik koʻrayapti. Imkoniyatim cheklangan, deb qoʻl qovushtirib oʻtirishni oʻziga ep koʻrmay, ikki yilcha oldin etik-doʻzga shogird tushdi va bu hunarni binoyiday oʻrganib oldi va ishlab, daromad ham topayapti.

Hasanboy Hayitboyev bilan suhbatlashgan kishi beixtiyor ana shunday irodali, koʻngli toza, mashaqqatlardan choʻchimaydigan, iqtidorli farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onasiga tahsin aytgisi keladi.

Biz chin koʻngildan Hasanboyga “orzularing ushalaversin”, deya tiladik.              

Oygul RAJABOVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019