16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:23
Sport 👁 172

Chempionlar maskaniga aylangan dargoh: 12-sonli maktab mas-restlingchilarining yutuqlari

Chempionlar maskaniga aylangan dargoh: 12-sonli maktab mas-restlingchilarining yutuqlari

Bugungi kunda yurtimizda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish borasida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday ezgu saʼy-harakatlarning yorqin natijasini Amudaryo tumanidagi 12-sonli umumtaʼlim maktabi misolida yaqqol koʻrishimiz mumkin. Mazkur taʼlim muassasasida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida bir nechta sport toʻgaraklari yoʻlga qoʻyilgan.

Xususan, 2023-yilda tajribali va fidoyi murabbiy Bahrom Qurboniyazov tashabbusi bilan kurash va mas-restling sport turlari boʻyicha maxsus toʻgaraklar tashkil etilgan edi. Bugungi kunda mashgʻulotlarga nafaqat maktab oʻquvchilari, balki yon-atrofdagi boshqa taʼlim muassasalaridan ham sportga mehr qoʻygan yoshlar katta ishtiyoq bilan qatnashib kelmoqda.

Murabbiy Bahrom Qurboniyazov qoʻl ostida shugʻullanayotgan sportchilar qisqa vaqt ichida koʻplab yirik musobaqalarda munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda. Shu yilning 17-19-aprel kunlari Samarqand shahrida 16-18 yoshli oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan nufuzli musobaqada jami 15 nafar sportchi ishtirok etdi. Ulardan 5 nafari birinchi, yana 5 nafari ikkinchi va 3 nafari uchinchi oʻrinlarni egallab, umumjamoa hisobida Oʻzbekiston boʻyicha faxrli ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Musobaqadan qaytgan jamoa maktab rahbariyati, oʻqituvchilar va oʻquvchilar tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.

Mas-restling chuqur tarixga ega boʻlgan oʻziga xos yakkakurash sporti hisoblanadi. Oʻyin shartiga koʻra, ikki sportchi bir-biriga qarama-qarshi holatda oʻtiradi, oyoqlarini maxsus taxtaga tirab, oʻrtadagi tayoqni oʻz tomoniga tortishga harakat qiladi. Kim raqibini oʻz tomoniga tortib oʻta olsa yoki tayoqni qoʻlidan chiqarib yuborishga majbur qilsa, oʻsha ishtirokchi gʻolib deb topiladi. Bu sport turi sportchidan tezkor fikrlashni, toʻgʻri taktika tanlashni va kuchli ruhiy bardoshni talab etadi. Qachon bor kuchni ishga solish, qachon sabr qilib raqibni charchatish va qachon keskin hujumga oʻtishni bilish — gʻalabaning asosiy omilidir. Shu boisdan ham, mazkur sport turi insonni har tomonlama chiniqtiradi, yoshlarda jasurlik, mehnatsevarlik va qatʼiyat ruhini shakllantiradi.

Ushbu sport turi bilan shugʻullanib kelayotgan toʻgarak qatnashchilarining zafarli yurishlari 2023-yilgi Oʻzbekiston chempionatidan boshlangan boʻlib, oʻshanda sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etib, navbatdagi xalqaro turnirlarga yoʻllanmani qoʻlga kiritishgan edi. 2024-yilning may oyida Nukus shahrida boʻlib oʻtgan mas-restling boʻyicha Osiyo chempionatida esa 10 nafar oʻquvchi qatnashdi va ularning 1 nafari oltin, 2 nafari kumush hamda yana 2 nafari bronza medallariga sazovor boʻldi. 2025-yilda oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida 12 nafar sportchi qatnashdi va Qirgʻiziston Respublikasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Qitʼa birinchiligida ham amudaryolik yoshlar ikkita kumush va uchta bronza medalini qoʻlga kiritib, yurtimiz bayrogʻini baland koʻtardilar.

Bunday yuqori natijalarga erishishda 12-sonli maktab rahbariyatining sport toʻgaraklari faoliyatini doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlab kelayotgani, mashgʻulotlar uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratib berayotgani muhim omil boʻlmoqda. Shu bilan birga, ota-onalarning ham farzandlari tanlagan yoʻlni maʼqullab, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishiga katta hissa qoʻshayotganini alohida eʼtirof etish oʻrinlidir. Bularning barchasining negizida esa, shubhasiz, trener Bahrom Qurboniyazovning mashaqqatli va samarali mehnati yotibdi. Uning oʻz kasbiga boʻlgan sadoqati va yoshlar tarbiyasidagi yuksak masʼuliyati munosib baholanib, 2025-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston mas-restling federatsiyasi tomonidan "Eng yaxshi trener" koʻkrak nishoni bilan taqdirlangani ham soʻzimizning yaqqol isbotidir.

Bugungi kunda toʻgarakda jami 52 nafar oʻgʻil-qiz ikki smenada muntazam ravishda mashgʻulotlarda ishtirok etishmoqda. Endilikda yosh sportchilar oldinda turgan navbatdagi katta sinov — shu yilning may oyida 13-15 yoshli oʻquvchilar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston chempionatiga qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqdalar. Hamyurtlarimizga ushbu musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019