16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:45
Qishloq xoʻjaligi 👁 336

Amudaryolik pillakorlar qabul maskaniga bir kunda 32-32,5 tonna pilla topshirishmoqda

Amudaryolik pillakorlar qabul maskaniga bir kunda 32-32,5 tonna pilla topshirishmoqda

Xalqimiz pillachilikni yetti xazinaning biri deyishadi. Haqiqatdan ham pillachilik sohasi bilan shugʻullangan ota-bobolarimizning roʻzgʻorlari but, moliyaviy hayotlari toʻkis boʻlgan. Pillachilik sohasi rivojlangan davlatlar esa pillani qayta ishlash orqali olinadigan mahsulotlari bilan jahon bozoridan munosib oʻrin egallagan.

Mamlakatimizda ham pillachilikka agrar sohaning yetakchi tarmogʻi sifatida qaraladi va har yili yuqori hosil olinadi. Amudaryo tumani esa Oʻzbekiston miqyosida eng koʻp pilla yetishtiruvchi tumanlardan biri, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi pillachilik tarmogʻi jadal rivojlanayotgan mohir pillakorlar yurtidir. Tuman pillakorlari har yili davlatga 254 tonnadan ziyod yuqori sifatli sanoat xom ashyosi yetkazib berishib, zimmalaridagi shartnomaviy reja va majburiyatlarini ortigʻi bilan ado etib kelishmoqda.

Tumanda joriy yilgi ipak qurti parvarishlash mavsumiga ham puxta hozirlik koʻrildi. Avvalo pillachilik tarmogʻi bor boʻlgan fermer xoʻjaliklari tasarrufidagi mavjud tutzorlarga oʻz vaqtida zarur ishlovlar berilib, agrotexnik tadbirlar sifatli amalga oshirildi. Oʻtgan yilgi koʻchat ekish mavsumida yangidan bunyod etilgan tutzorlar, shuningdek, avvaldan mavjud boʻlgan, ichki yoʻllar, ariqlar boʻylari hamda dalalar chetlaridagi tut daraxtlari erta bahorda yaxshilab oziqlantirildi. Natijada moʻl ozuqa bazasi yaratildi. Buesa pillakorlr uchun barg yetishmovchiligi bilan bogʻliq muammoni bartaraf etish imkonini berdi va amudaryolik pillakorlar mavsumni muvaffaqiyatli boshladilar.

Mavsum boshida “Jayxun silk” MChJ tomonidan 2024-yil pilla hosili uchun kasanachilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzildi. Unga koʻra, tumandagi pillachilik yoʻnalishi bor boʻlgan fermer xoʻjaliklarining kasanachi pillakorlariga 4 ming 605 quti sifatli jonlantirilgan ipak qurti urugʻi tarqatildi va kasanachilar bilan “Jayxun silk” MChJ oʻrtasida 296 tonna pilla hosili yetishtirish boʻyicha shartnoma tuzildi.

Ipak qurti boqish mavsumini muvaffaqiyatli oʻtkazish maqsadida hududlarga biriktirilgan mutaxassislar tomonidan qurtxonalarning sanitariya holati doimiy nazorat qilib borildi va zarur holatlarda kasanachi pillakorlarga maslahatlar berildi. Oʻz vaqtida koʻrilgan chora-tadbirlar, qolaversa, kasanachilarning tun-u kun fidoyilik bilan qilgan mehnatlari tufayli qurtxonalarda moʻl pilla hosili yetishtirildi.

Ayni kunlarda “Jayxun silk” MChJ korxonasining qabul maskanlarida pillani qabul qilish va dastlabki ishlov berish ishlari agrotexnik talablar asosida boshlab yuborildi. Joriy yilgi pilla topshirish mavsumida Choykoʻl ovuli hududidagi fermer xoʻjaliklarining kasanachi pillakorlari karvonboshilik qilishmoqda. Mazkur hudud pillakorlari 399 quti ipak qurti urugʻidan 25 ming 647 kilogrammlik pilla xirmoni bunyod etishga ahd qilishgan. Ayni paytda hudud pillakorlari kuniga yillik rejaning 10-11 foizi miqdorida, 3 tonnadan ziyod hosil topshirishmoqda.

Shuningdek, Toʻlqin, Qangli, Qipchoq, Oq oltin ovullari hududlaridagi kasanachi pillakorlarning ham shijoatlari baland. Ular ham kuniga 1,5- 2tonnadan ziyod hosil topshirib, kun sayin marraga yaqinlashmoqdalar.               

Bugungi kunda pillani qabul qilish maskanlarida ish qizgʻin pallaga kirgan. Yillik rejaning kuniga 10-11 foizi miqdorida, bir kunda 32-32,5 tonna pilla topshirishga erishayotgan amudaryolik pillakorlar joriy yilning 4-iyun sanasiga qadar salkam 94 tonnalik pilla xirmonini bunyod etdilar. Shartnomaviy rejani bajarish sari dadil qadam tashlayotgan pillakorlar yana bir necha kundan keyin koʻzlangan marrani zabt etishlariga aslo shubha yoʻq.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019