16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:56
Fan va taʼlim 👁 233

Maktablar yangi oʻquv yiliga taxt qilib qoʻyildi

Maktablar yangi oʻquv yiliga taxt qilib qoʻyildi

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufida 85ta umumtaʼlim maktablari, 52ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari va 1ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat olib boradi. 2023-2024 oʻquv yilida 32 635 oʻquvchi oʻrniga ega maktablarda xalqimizning ilmga chanqoq oʻquvchi-yoshlari taʼlim-tarbiya olishi rejalashtirilgan boʻlib, ularga salkam 3800 nafar oliy maʼlumotli, 58 nafar tugallanmagan oliy, 208 nafar oʻrta maxsus maʼlumotga ega malakali oʻqituvchilar saboq berishadi.

Maktablarni zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlash borasida davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan eʼtibor va ragʻbat tufayli, qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29 nobyardagi “Yoshlarni “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻqitish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 716-sonli Qarori asosida 17ta umumtaʼlim maktabiga kompyuter sinf jamlanmalari yetkazib berildi. 37ta maktab 40 mb/s, 48ta maktab 100mb/s tezlik internet tarmogʻi bilan taʼminlangan.

Oʻquvchi-yoshlarning umumtaʼlim fanlarini mukammal oʻrganishlari uchun “Barkamol avlod” bolalar maktabi va umumtaʼlim maktablari huzurida turli yoʻnalishlardagi 67ta toʻgarak faoliyati yoʻlga qoʻyilgan va mazkur toʻgaraklarga 1668 nafar oʻquvchi-yoshlar qamrab olingan.

Maktablarda yangi oʻquv yili boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Oʻquv muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash, taʼmirtalab maktablarni joriy taʼmirlash ishlari bilan tanishish maqsadida biz ijodiy guruhimiz bilan qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilayotgan maktablarda boʻldik.

Ayni paytda Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 23ta maktab tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan boʻlib, mazkur maktablar kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan, 2ta maktab elektr energiyasi bilan, 60ta maktab esa koʻmir yoqilgʻisi bilan isitiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyun kungi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar hamda tumanlaridagi xalqni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf qilish maqsadida ijtimoiy soha hamda infrastruktura obʼektlarida qurilish-taʼmirlash ishlarini olib borish haqida”gi 1235-sonli Qarori asosida tumanning Jumurovul mahallasi hududida joylashgan 45-sonli umumtaʼlim maktabida loyiha qiymati 3,5 milliard soʻmlik mukammal taʼmirlash ishlarini bajarish belgilangan boʻlib, bugungi kunda maktab binosida taʼmirlash ishlari davom etmoqda.

Mukammal taʼmirlash jarayonida maktab binosining yogʻoch derazalari akfa romlariga toʻliq almashtirilib, isitish tizimlari yangidan oʻrnatildi. Barcha taʼmirtalab sinfxonalarning pollari qaytadan pollanib, elektr payvandlash ishlari sifatli olib borildi. Maktab binosida ayni kunlarda soʻnggi pardozlash ishlari ham oʻz yakuniga yetkazilmoqda.

Shuningdek, “Tashabbusli byudjet” mablagʻlari hisobidan Mangʻit shahrining Navoiy nomli mahallasi hududidagi 1-sonli, Beruniy nomli mahallasi hududidagi 31-sonli umumtaʼlim maktablari binolarida joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, Oʻzbekiston mahallasi hududidagi 44-sonli maktabga isitish tizimlari va akfa deraza romlarini oʻrnatish, Daryoboʻyi mahallasidagi 65-sonli maktabga qoʻshimcha sinfxonalarini qurish belgilangan. Ushbu toʻrtta maktabning har biriga loyiha qiymati 1,2 milliard soʻmdan, Bobur nomli ovul hududidagi 86-sonli maktabning isitish tizimini oʻrnatish uchun 600 million, jami 5,4 milliard soʻmlik “Tashabbusli byudjet” mablagʻlarini jalb etish rejalashtirilgan.

Isitish tizimlari koʻmir bilan ishlaydigan umumtaʼlim maktablarida 2023-2024 oʻquv yilida kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida reja qilingan 4302 tonna koʻmir yoqilgʻisi taʼlim muassasalariga yetkazib berilib, koʻmir yoqilgʻisining sifatli saqlanish choralari koʻrib qoʻyildi. Yoqilgʻi mahsulotlari koʻmirxonalarga kiritilib, ustidan qalin loy suvoq qilindi.

Xulosa qilib aytganda, Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi barcha umumtaʼlim muassasalari yangi oʻquv yiliga taxt holatga keltirilgan 2023-2024 oʻquv yilida tuman maktablariga 1-sinflarga qabul qilinadigan 4343 nafar bolajonlar uchun “Prezident sovgʻasi” – 12 nomdagi oʻquv qurollari ham qabul qilinib, tayyorlab qoʻyildi. Qilinayotgan barcha saʼy-harakatlar Yangi Oʻzbekistonning barkamol va yetuk yangi avlodiga mukammal taʼlim-tarbiya berishdek sharafli vazifani ado etishga qaratilgandir.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019