16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:48
Qishloq xoʻjaligi 👁 225

SUVNI KAM TALAB ETADIGAN EKINLAR EKIShGA EʼTIBOR KUChAYMOQDA

SUVNI KAM TALAB ETADIGAN EKINLAR EKIShGA EʼTIBOR KUChAYMOQDA

Mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarining rivoji koʻp jihatdan qishloq xoʻjaligiga bogʻliq. Oʻtgan davr mobaynida qishloq xoʻjaligida bozor munosabatlarini joriy etish, ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirildi.

Xususan, mamlakatimizda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini tashkil etish va uni rivojlantirishga qaratilgan qator qonun va qarorlarning qabul qilinishi hududlarda qishloq xoʻjaligi sohasiga eʼtiborning kuchayishiga olib kelmoqda. Jumladan, mavjud fermer xoʻjaliklarining barchasi koʻp tarmoqli shaklida faoliyat yurita boshlagani bu faoliyat turini yuqori darajada rivojlantirish zarurligini belgilaydi

Respublikada koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini tashkil etish bilan birga uning faoliyati samaradorligini taʼminlash ham muhim masalalardan biri hisoblanadi. Samaradorlik doimo dolzarb hisoblanib, ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy yuksalishini taʼminlaydi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida kam resurs sarflagan holda moʻl hosil va daromad olishga qiziqish yanada ortib bormoqda.

Amudaryo tumanida ham yerdan moʻl hosil yetishtirib, dehqonchilik madaniyatini oshirishga astoydil intilayotgan, sohada yuksak natijalarga erishib, oʻz faoliyati bilan barchaga namuna boʻlayotgan fermer xoʻjaliklari koʻplab topiladi. Toshyop ovulida faoliyat koʻrsatayotgan “Bekman Allaberganov” koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi shularning biri desak, adashmagan boʻlamiz.

Yer bilan tillasha oladigan, qishloq xoʻjaligi sohasida ulkan tajribaga ega Ilhom Palvanovning saʼy-harakatlari bilan “Bekman Allamberganov” fermer xoʻjaligi nafaqat ovulda, balki, tumanda dehqonchilikdan ulkan daromad olayotgan xoʻjaliklardan biriga aylandi.

2003-yildan buyon faoliyat koʻrsatayotgan koʻp tarmoqli xoʻjalikda mahsulot yetishtirish rejalari har yili barcha yoʻnalishlar boʻyicha ortigʻi bilan ado etib kelinmoqda.

Mazkur xoʻjalikda hozirgi kunda 62 gektar ekin maydoni mavjud. Soʻnggi yillarda paxta, bugʻdoy ekilgan maydonlarning hosildorligi sezilarli darajada oshdi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda dehqonchilik qilinadigan maydonlarda suv tanqisligi muammosi tobora yaqqol namoyon boʻlayotir. Shularni eʼtiborga olgan holda ekin maydonlarini suv tejovchi texnologiyalar yordamida sugʻorish hamda suvni kam talab etiladigan ekinlarni ekishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

“Bekman Allaberganov” fermer xoʻjaligida ham bu borada yetarli saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Suvni tejash maqsadida ekin maydonlari lazerli uskunalar bilan tekislanib, dalalarning maʼlum qismi suv tejovchi texnologiyalar yordamida sugʻorilmoqda. Bugʻdoy hosili yigʻib olingan yerlarning bir gektarida esa suvni kam talab qiladigan mosh mahsuloti yetishtirilmoqda.

Shuningdek, fermer xoʻjaligi dalalaridan birida intensiv bogʻ, uzumzor tashkil etilgan. Hozirgi kunda ushbu maydonlardagi mosh ekini hosil toʻplamoqda. Intensiv bogʻda esa olmalarning turli navlari hosili koʻpligidan shoxlari egilib turibdi. Yangidan tashkil etilgan bir gektarlik uzumzor ham hosilga kira boshlagan. Tajribalardan maʼlumki, uzumzorlar ham suvni kam talab qiladi va moʻl daromad beradi. Suv tanqisligi sharoitida bu dehqonlarga juda qoʻl keladi.

Fermer xoʻjaligi rahbari bundan keyin ham suvdan unumli foydalanishga katta eʼtibor qaratib, suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan maydonlarni muntazam ravishda kengaytirib borishni niyat qilgan.

 Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019