16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:52
Salomatlik 👁 260

OʻTKIR IChAK KASALLIGIDAN EHTIYoT BOʻLING!

OʻTKIR IChAK KASALLIGIDAN EHTIYoT BOʻLING!

Oʻtkir ichak infektsiyalari – patogen enterobakteriyalar, shartli patogen qoʻzgʻatuvchilar va viruslar chaqiradigan oshqozon-ichak traktining jarohatlanishi, intoksikatsiya va degidratatsiya hamda turli asoratlar bilan kechadigan kasalliklardir.

Ulardan bakterial dizenteriya, yaʼni shigellyoz – asosan yoʻgʻon ichakning yalligʻlanishi bilan kechadigan oʻtkir va baʼzan surunkali davom etadigan yuqumli kasallikdir. Dizenteriya kasalligining qoʻzgʻatuvchisi enterobakteriya avlodiga mansub boʻlgan shigellalar boʻlib, ularning Disenteria, Flexner, Boydi va Zonnae turlari farqlanadi. Ushbu qoʻzgʻatuvchilar morfologik jihatdan bir-biridan farq qilmaydi, harakatsiz, spora hosil qilmaydi, grammanfiy boʻlib, bir-biridan bioximik va serologik xususiyatlari bilan farq qiladi. Kasallikning yuqish mexanizmi fekal-oral boʻlib, suv, maishiy muloqot yoʻli orqali yuqadi.

Kasallik yil davomida qayd etiladi, mavsumiy koʻtarilishi may-iyun oylariga, kamayishi oktyabr-noyabr oylariga toʻgʻri keladi. Oʻtkir ichak kasalliklariga gumon qilingan bemorlarni aniqlash – davolash-profilaktika muassasalar shifokorlari tomonidan tibbiy koʻrik vaqtida, uyma-uy yurishda, dispan-serizatsiyaning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Epidemiologik anamnez, kasallikning klinik belgilari va laboratoriya xulosalariga asosan kasallikka tashxis qoʻyiladi.

Maʼlum bir hududda oʻtkir yuqumli ichak kasalliklari koʻrsatkichlarining koʻtarilishi epidemiologik ahamiyatga ega boʻlgan obʼektlarda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni aniqlanishni taqozo etadi. Tekshiruvga kiritilgan kontingentlar va tekshiruvlar hajmi vrach-epidemiolog tomonidan belgilanadi. Maʼlum bir korxona tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotga bogʻliq boʻlgan oʻtkir ichak kasalliklari qayd etilganda, belgilangan tartibda faoliyati toʻxtatiladi, barcha ishchilarning 2 marotabadan bakteriologik tekshiruvdan oʻtishi tayinlanadi va toʻliq klinik tekshiruvlar tashkil qilinadi.

 Agar bolalarning ham oʻtkir ichak kasalliklariga shikoyati boʻlsa, zudlik bilan alohidalanadi. Bolaning ichi suyuq kelgan boʻlsa, qayt qilish holatlari kuzatilgan boʻlsa, undan laboratoriya tekshiruvi uchun tahlil olinadi. Bolani davolash va uni kuzatish hududiy vrach-pediatr yoki infektsionist tomonidan amalga oshiriladi.

Kasallik asosan zararlangan oziq-ovqat, suv, kundalik ishlatiladigan buyumlardan yuqishi mumkin. Shuning uchun ushbu kasallik tarqoq, guruhli tarzda va epidemiya, kamdan-kam hollarda kasallik epidemik va pandemik holatlarda qayd etiladi. Ogʻir oqibatlarga olib keluvchi oʻtkir ichak kasalligidan himoyalanish uchun, albatta, tozalik va gigiyena qoidalariga amal qilish kerak.

M.Qalandarova, tuman SEO va JSB bakteriologiya

laboratoriyasi mudirasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019