16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:49
Salomatlik 👁 307

SARIQ KASALLIGIDAN EHTIYoT BOʻLING!

SARIQ KASALLIGIDAN EHTIYoT BOʻLING!

 

Yuqumli kasalliklar inson salomatligini xavf ostida qoldirib, jiddiy ziyon yetkazadi va koʻplab asoratlar keltirib chiqaradi. Shu bois, Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi shifokorlari tomonidan fasllar almashishi munosabati bilan kuzatiladigan yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shunday boʻlsa-da, xalq orasida “iflos qoʻllar kasalligi” va “sariq kasallik” nomini olgan virusli gepatit A va gepatit Ye kasalligiga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, aholi orasida ushbu kasallikka chalinish holatlarining kuzatilayotgani sir emas.

KASALLIKNING YuQISh SABABLARI VA BELGILARI

Kasallik koʻproq 2 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar orasida uchramoqda va haqiqatdan ham quyidagi omillar natijasida kelib chiqadi:

Bolalarning qoʻllarini yuvmasdan ovqatlanishlari.

Meva-sabzavotlarni toza suvda yuvmay isteʼmol qilishlari.

Qaynatilmagan suvni ichishlari.

Turib qolgan ochiq suv havzalarida choʻmilishlari.

Usti dasturxon bilan yopilmagan, pashshalar qoʻngan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishlari.

Virusli gepatit kasalligi virusini yuqtirib olgan bemorda:

Holsizlik, ishtaha yoʻqolishi, koʻngil aynishi;

Baʼzi holatlarda qayt qilish, harorat koʻtarilishi;

Uyquchanlik, grippga oʻxshash holatlar;

Koʻz oqi, pastki qovoq shilliq pardasi, tirnoq va terining sargʻayishi, peshobining rangi qizarishi kabi holatlar kuzatiladi.

PROFILAKTIKA VA EMLASh IShLARI

Har qanday kasallikni davolagandan koʻra, uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Shu bois, boʻlim shifokorlari tomonidan soha mutaxassislari va aholi keng qatlami orasida tushuntirish-targʻibot va profilaktik tadbirlar oʻtkazilib, kasallikka qarshi mavsumiy emlash ishlariga alohida eʼtibor qaratilayotgani oʻz ijobiy samarasini bermoqda.

Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimining epidemiologiya va immunoprofilaktika boʻlimi mudirasi Gulshod Tajiboyeva rahbarligidagi epidemiolog-shifokorlar tomonidan tizimli ravishda profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Joriy yilning 9 oyi davomida:

2974 nafar chaqaloqlar, 3654 nafar bolalar virusli gepatitga qarshi emlandi.

Oilaviy poliklinikalar, Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda virusli gepatitning V va S turlarini aniqlash boʻyicha bepul skrining testlari oʻtkazilmoqda. Joriy yilning shu davrigacha 7400 nafar fuqaro oʻz roziligiga koʻra, bepul skrining testdan oʻtkazildi.

VAKTsINATsIYa

Tumanga virusli gepatit A kasalligiga qarshi 6 yoshli bolalarni emlash uchun davlat tomonidan 3760 doza vaktsina yetkazib berildi.

Kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini emlash maqsadida 500 doza 0,5 ml “OLVAXTAR –XAV” vaktsinasi yetkazildi.

Umumiy hisobda 3760 nafar 6 yoshdagi bolalar va 18 yoshgacha boʻlgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlariga gepatit A kasalligiga qarshi emlash ishlari olib borildi.

Ota-onalar hisobidan 50 nafar bola virusli gepatit A kasalligiga qarshi vaktsina bilan emlandi.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning barchasi tuman aholisi, ayniqsa, yosh bolalar orasida virusli gepatit kasalligi tarqalishining oldini olishga qaratilgani bilan juda muhim ijtimoiy ahamiyatga ega.

Gulshod Tajiboyeva, Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimining

epidemiologiya va immunoprofilaktika boʻlimi mudirasi.

Komila Olloyorova, Gulmira Nizomiddinova, boʻlimning epidemiolog-shifokorlari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019