16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:26
Jamiyat 👁 293

Ogoh boʻling: telefon!

Ogoh boʻling: telefon!

Hozirgi kunda insonlar telefonsiz yasholmaydigan boʻlib qolganday, goʻyo. Sababi hali voyaga yetmagan bolalarning qoʻlida smartfonlarni koʻramiz. Biroq bilmaymizki, oʻsha oʻsmir telefondan qanday foydalanyapti? Internetga nima maqsadda kiryapti?

Har kuni OAV lar orqali dunyoning ayrim joylarida oʻsmirlar telefon tufayli yoki internetdagi qandaydir oʻyin tufayli oʻz joniga qasd qilgani haqida eshitib qolamiz, yuragimiz eziladi. Balki, telefondan toʻgʻri maqsadda, foydali bilimlar uchun foydalanganida bunday mudhish voqealar roʻy bermagan boʻlarmidi, deb oʻylab qolamiz.

Shuningdek, ayrim ota onalar esa, oʻz farzandlariga beeʼtiborligi tufayli, bolasi kelajagiga yengil-yelpi qaragani uchun ular maʼnan “qarovsiz” qolayotganiga guvoh boʻlmoqdamiz. Bu esa, “Xalqaro oʻrgimchak toʻri” ortida yashiringan, gʻaraz niyatli kimsalarga qoʻl keladi.

Masalaning yana bir tomoni, ayrim yoshlar telefondan notoʻgʻri foydalanganligi hamda smartfonga keragidan ortiq qaram boʻlib qolganligi sababli bilimsiz boʻlib bormoqda. Holbuki, telefon shunchaki aloqa vositasi sifatida yaratilgan, keyinchalik esa texnologiyalar rivojlanishi barobarida u oʻz funktsiyalarini kengaytirdi.

Tanganing ikkinchi tomoni boʻlgani kabi, telefonning ham foydali jihatlari koʻp. Masalan, telefon orqali kitob mutolaa qilishimiz, maʼnaviy olamimizni boyitishimiz, turli xil kasb-hunarlarni oʻrganishimiz orqali, daromad topishimiz va yana shu kabi foydali bilimlarni olishimiz mumkin.

Ota-onalar ham telefondan foydalanishda farzandlariga, avvalo, oʻzlari oʻrnak boʻlib, ularga nisbatan eʼtiborliroq boʻlib, tarbiya masalasida nazoratni kuchaytirsa, farzand albatta bundan toʻgʻri xulosa oladi. Telefonga qaram boʻlib qolmaydi. Hozirgi kunda ayrim bolalar va oʻsmirlar kitob oʻqish oʻrniga ham telefondan foydalanishmoqda. Bu esa, tabiiyki, bola psixologiyasiga yomon taʼsir koʻrsatadi.

Shu sababli ayrim oʻsmirlar jizzaki, ularga bir gap kam, ikki gap koʻp boʻlib qolmoqda. Jumladan, turli xil kasalliklarga, masalan koʻrish qobiliyatining pasayishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari, bugunning onalarida shunday bir odat paydo boʻlganki, yoshgina goʻdakni ham telefon orqali tinchlantirishadi. Shu tarzda ona uy yumushlarini qilib oladi, yoki serial tomosha qiladi. Hattoki, bolasiga mehr qoʻshigʻi hisoblanmish- allani ham “onlayn” eshittiradi. Albatta, bular ham kichkintoyga zararli ekani shubhasiz.

Soʻzimiz soʻngida, ota-onalar farzandlari bilan koʻproq shugʻullanishsa va ular tutib yurgan telefonlarini tez-tez nazorat qilib turishsa, telefondan toʻgʻri foydalanishni oʻrgatishsa maqsadga muvofiq boʻlardi, deymiz. Zero, kelajakda “nimani eksang shuni oʻrasan”.

Komila Haytbayeva, QDU 3-bosqich talabasi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019