16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:47
Salomatlik 👁 530

Ogoh boʻling: telefon!

Ogoh boʻling: telefon!

Azimjon sinfda eng aʼlo­chi va odobli bola edi. Ustozlari uni hamisha boshqa oʻquvchilarga namuna qilib koʻrsatishar, hatto uning kelajagi porloq boʻlishini “bashorat” ham qilishardi.

Bir kuni u sinfga qoʻlida eng soʻnggi rusumdagi telefonni koʻtarib keldi-yu, shu kundan eʼtiboran oʻzgarib qoldi. Hech kimga qoʻshilmaydigan, sinfdosh­lari biron narsa soʻrashsa, eʼtibor qilmaydigan boʻldi. Hatto dars vaqtida ham kitobining bir sahifasini ochib, yashirincha telefonda allaqanday oʻyinlar oʻynash bilan mashgʻul boʻlib oʻtiradigan odat chiqardi. Oqibatda borib-borib oʻrtamiyona oʻz­lashtiradigan oʻquvchilar qatoriga tushib qoldi.

U bir kuni maktabga koʻzoynak taqib keldi. Shifokorlar: “koʻz nuring pasayib ketibdi, koʻzoynak taqmasang boʻlmaydi, sinf­dagi oʻrningni oldingi partaga koʻchir”, deyishibdi.

Ustozi Azimjonga te­le­fondan uzoqlashishni, hozir eng muhimi ilm olish ekanini taʼkid­ladi.

– Vaqt-bevaqt telefon orqali ijtimoiy tarmoqlardagi bemaʼni videolar va foydasiz oʻyinlar bilan mashgʻul boʻlgandan koʻra kitob oʻqib, darslarni puxta oʻzlashtirish hamma narsadan muhim va foydali, – dedi ustoz.

Toʻgʻri-da, hayotimizning asosiy qismi maktabda, ustozlar davrasida oʻtadi. Hatto oilamiz davrasida ham biz uchun bunchalik koʻp tarbiyaviy soatlar ajratilmaydi. Ustozlarimiz esa fidoyi, bilim olishimiz uchun sharoitlar mukammal. 

Bizning esa ana shu sharoitlardan unumli foydalanib, chuqur bilim olishdan boshqa masʼuliyatli ishimiz yoʻq.

Azimjon esa telefondagi oʻyinlar bilan mashgʻul boʻlgani bois, darslarni oʻzlashtirishda sinfdosh­laridan orqada qolib ketganini juda kech tushundi va ustoziga qoʻshimcha dars­larga qatnashish orqali xatosini toʻgʻrilashga soʻz berdi. Ammo uning yoʻqotilgan vaqti va ancha pasayib ketgan koʻz nurini qayta tiklashning iloji bormikan?

Qunduzoy Toʻliboyeva 71-maktab oʻquvchisi.

***

Telefonga qaramlikning 5 ta ENG YoMON OQIBATI

1. Koʻz nurining pasa­yishi – Telefon ekraniga uzoq vaqt tikilish koʻz charchashi, koʻrish qobiliyati pasayishi va hatto koʻzoynak taqish zaruratini keltirib chiqaradi.

2. Bilim olishga taʼsiri – Telefondan uzoq vaqt foydalanish oʻquvchi diqqatini chalgʻitib, dars­larni puxta oʻzlashtirishga toʻsqinlik qiladi, oqibatda oʻquv natijalari pasayib ketadi.

3. Ruhiy va jismoniy sogʻ­liqqa taʼsiri – Telefonga qaramlik stress, xavotir va uyqusizlikka sabab boʻlishi mumkin. Shuningdek, harakatsizlikka olib kelib, ortiqcha vazn yoki salomatlik bilan bogʻliq boshqa muammolarga sabab boʻladi.

4. Ijtimoiy munosabatlarning zaiflashishi – Telefonga qattiq bogʻlanib qolgan odam atrofidagilar bilan muloqot qilishdan uzoqlashadi, oila aʼzolari va doʻstlari bilan mustahkam aloqalar oʻrnatishda q­i­yinchilikka duch keladi.

5. Vaqtning behuda sarflanishi – Ijtimoiy tarmoqlar va oʻyinlarga ortiqcha vaqt sarflash samarali faoliyatlardan chalgʻitadi, shaxsiy rivojlanish va foydali koʻnikmalarni egallashga xalaqit beradi.

Shu sababli telefondan meʼyorida va maqsadli foydalanish muhim!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019