16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:11
Siyosat 👁 323

PREZIDENTIMIZ BMT MINBARIDAN TURIB MINTAQAVIY MUAMMOLAR HAQIDA OʻZBEK TILIDA NUTQ SOʻZLADILAR

PREZIDENTIMIZ BMT MINBARIDAN TURIB MINTAQAVIY MUAMMOLAR HAQIDA OʻZBEK TILIDA NUTQ SOʻZLADILAR

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida soʻzlagan nutqini qiziqish va hayajon bilan tingladim. Prezidentimiz oʻz nutqlarida hamjihatlik va amaliy hamkorlik ruhini saqlash, umumiy manfaatlarni ziddiyatlardan ustun qoʻygan holda mamlakatlarni jipslashtirish zarurligini eʼtirof etib: “Asosiy maqsadimiz mamlakatlarimiz va xalqlarimizning bugungi kuni va istiqboli  uchun masʼuliyatni har tomonlama chuqur anglash, ochiq va konstruktiv hamkorlikka tayyor barcha tomonlarni global muloqotga jalb qilishdan iborat ekanligini taʼkidladilar”. Prezidentimiz global va mintaqaviy kun tartibidagi eng dolzarb masalalar yechimiga qaratilgan muhim takliflarni ilgari surdilar. 

Bugun davlatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan biri Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishdir. Aholi turmush darajasining yaxshilanishi hisobiga 2017-yildan beri kambagʻallik ikki baravar qisqardi. Prezidentimiz shu haqda soʻz yuritarkanlar 2030-yilgacha uni 7 foizga tushirish reja qilinganligini qayd qildilar.. 2024-yilda Oʻzbekistonda Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida "Ijtimoiy himoya: barqaror taraqqiyot sari yoʻl" butunjahon konferentsiyasini oʻtkazish taklifi ilgari surildi.

Oʻzbekiston davlati yaxshi qoʻshnichilik, oʻzaro hamkorlik, barqarorlik  va rivojlanish muhitini mustahkamlash yoʻlidan boradi. Davlat chegaralari, transport koridori va suvdan foydalanish boʻyicha muammolar bartaraf qilindi.Mintaqa davlatlari oʻrtasida savdo 2,5 barobar, qoʻshma korxonalar soni 5 barobar oʻsgan. Oʻzbekiston mintaqada iqtisodiy markazga,  Sharq va Gʻarbni, Shimol va Janubni bogʻlaydigan transport-kommunikatsiya koʻprigiga aylanib, dunyoda unga qiziqish tobora kuchaymoqda."Bizning nafaqat tariximiz, balki kelajagimiz, hayotiy muhim manfaatlarimiz ham umumiy va mushtarakdir. Mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishdan boshqa yoʻlimiz yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas. "Ayollarning bunyodkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish masalalarini muhokama qilish va tajriba almashish maqsadida Oʻzbekistonda Osiyo xotin-qizlari forumi oʻtkazish taklif qilindi.

Bugun  hamyurtlarimiz Orol dengizi fojeasidan aziyat chekayotganligi sir emas. Bu fojea oqibatlarini bartaraf qilish yoʻlida koʻrilayotgan choralar, mintaqaviy iqlim oʻzgarishlarining salbiy oqibatlari, suv bilan taʼminlanganlik darajasining kamayib borishi tufayli Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Suv resurslari boʻyicha  maxsus vakili lavozimi taʼsis etilishi, Markaziy Osiyoda suvni tejovchi texnologiyalar platformasi yaratilishi va mintaqada qabul qilingan. “Yashil taraqqiyot” dasturi doirasida tizimli hamkorlikning yoʻlga qoʻyilishi qoʻllab-quvvatlandi. "Biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining" Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yoʻlidagi hamjihatlik"rezolyutsiyasini qabul qilish  va uning asosiy mazmunini Samarqandda boʻlib oʻtadigan xalqaro iqlim forumida muhokama qilishni taklif qilamiz",-deb taʼkidladilar Prezidentimiz.

Shuningdek, dinlararo bagʻrikenglik va hamjihatlikni keng targʻib qilish maqsadida Oʻzbekistonda YuNESKO shafeligida Dinlararo muloqot  va bagʻrikenglik xalqaro markazini tashkil etish taklif etildi. Islom dinining ezgulik  va insonparvarlik mohiyatini ochib berish, ajdodlarimizning boy ijodiy merosini oʻrganish maqsadida 2024-yil Oʻzbekistonda "Islom – tinchlik va ezgulik dini" mavzusida xalqaro konferentsiya oʻtkazishni taklif qildilar.

Afgʻoniston muammolariga eʼtibor qaratgan Prezidentimiz bu davlat bilan yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari tomonlar uchun manfaatli ekanligi, bu davlatning muzlatib qoʻyilgan aktivlarini hududdagi oʻtkir ijtimoiy muammolarni bartaraf qilishning maqbul variantlarini ishlab chiqishga qaratish lozimligiga eʼtibor qaratdilar.  Hurmatli Prezidentimizning shunday yuksak minbardan turib, eng dolzarb muammolarga dunyo hamjamiyatining eʼtiborini jalb qilganlari, ona tilimiz boʻlgan  oʻzbek tilining jahon minbaridan yangraganligi shu millat farzandi sifatida har birimizni toʻlqinlantirishi tabiiy.

Sanobar XOʻJAMURODOVA, Qoralpogʻiston xalq oʻqituvchisi, Joʻqorgʻi Kenges deputati, 40-sonli maktab direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026