16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:30
Iqtisodiyot 👁 266

Tadbirkorlik faoliyati – qonun himoyasida

Tadbirkorlik faoliyati – qonun himoyasida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan ochiq muloqoti doirasida tadbirkorlardan kelib tushgan qariyb 6 mingta murojaatda koʻtarilgan tizimli muammolarning yechimiga qaratilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida  bir qator chora-tadbirlar belgilab oʻtildi va ushbu chora-tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentyabr kungi PQ-292-sonli qarori bilan mustahkamlandi. Ushbu qarorga muvofiq kichik biznesga yangi imkoniyatlar yaratish; oʻrta biznesni barqaror iqtisodiy oʻsish garoviga aylantirish; yangi bozorlarga sifatli va raqobatbardosh mahsulot bilan kirish; yuqori daromadli korxonalarni koʻpaytirish; sodda soliq maʼmuriyatchiligi va byurokratiyadan xoli qulay muhit yaratish yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha «yoʻl xaritasi» tasdiqlandi.

Sodda soliq maʼmuriyatchiligi va byurokratiyadan xoli qulay muhit yaratish yoʻnalishi boʻyicha bir qator chora tadbirlar belgilanib, bunda qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy summasi oʻrnini qoplashda (qaytarishda) soliq uzilishi (tax gap) koeffitsiyentini qoʻllash amaliyoti taqiqlanishi; qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish tartibi bekor qilinishi (bundan amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga nomuvofiq boʻlgan holatlar mustasno); foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovlarini toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlik subʼektlari daromadining chegaraviy miqdori 5 milliard soʻmdan 10 milliard soʻmga oshirilishi koʻrsatildi;

2024-yil 1-yanvardan boshlab iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari ishtirokida koʻrilayotgan ishlar maʼmuriy sudlar yurisdiktsiyasiga oʻtkazilishi, soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati besh yildan uch yilga tushirilishi belgilandi.

Shuningdek kameral soliq tekshiruvini oʻtkazishda soliq toʻlovchining hududiga kirish; soliq toʻlovchining hududini va binolarini koʻzdan kechirish; soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish; soliq toʻlovchining hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish.taqiqlanishi koʻrsatildi (bundan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash (qaytarish)da oʻtkaziladigan kameral soliq tekshiruvlari mustasno):

2024-yil 1-yanvardan boshlab aholi va tadbirkorlik subʼektlariga ajratilgan kreditlar boʻyicha qarzdorlikni undirish boʻyicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, mazkur kreditlar boʻyicha foizlar va neustoyka hisoblanishi toʻxtatilishi; toʻlov miqdori kredit majburiyatlarini bajarish uchun yetarli boʻlmaganda, mablagʻlarni, birinchi navbatda, mutanosib ravishda muddati oʻtgan asosiy qarz va foiz qarzdorliklarini, ikkinchi navbatda joriy toʻlov uchun hisoblangan foizlar va asosiy qarzni, keyingi navbatlarda neustoyka va ijro xarajatlarini qoplashga yoʻnaltirish tartibi oʻrnatilishi belgilab oʻtildi.

Ushbu Qaror bilan belgilangan chora-tadbirlar yurtimizda tadbirkorlik faolaiyatini rivojlantirib, tadbirkorlik faoliyatidagi tizimli muammolarni bartaraf etib, yurtimiz rivojiga oʻz hissasini qoʻshadi desak adashmagan boʻlamiz.

A.G.Saliyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi  Maʼmuriy sudi sudyasi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026