16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:18
Adabiyot 👁 230

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Bir kelib keting, qishlogʻimizga!

Respublika boʻyicha oʻtkazilgan “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” koʻrik-tanlovining

tuman bosqichi gʻolibasi, boʻzsolmalik  Salomat Madaminova tilidan.

(Tanlovning respublika bosqichida hamyurtimiz 2-oʻrinni egallab, qimmatbaho sovgʻa sohibasi boʻldi).

Assalomu alaykum,

Soʻrasangiz agar mening makonim,

Amudaryo tuman, “Boʻz solma” elim.

 

Uch yarim mingdan koʻp aholimiz bor,

Paxtakor, chorvador, bogʻbon mirishkor.

 

Keksalari dono, goʻyoki Xizr,

Gurungin tinglagan qiladi huzur.

 

Momolar kayvoni, farishta yuzli,

Yoʻrigʻidan chiqmas – qobil ul-qizi.

 

Yoshullilar toʻrda, hurmatda mudom,

Yoshkichchilar chaqqon, xizmatda mudom.

 

Mehnat samarasi – rivojda ekin,

Shu sabab el obod, dasturxon toʻkin.

 

ToshDUni bitkazib, yayrab yosh dilim,

Koʻngil berib boʻldim, shu elga kelin.

 

Xalqim, Vatanim deb ishlashar edik,

Halol mehnat nonin shukur aylab yedik.

 

Yosh avlodning aql-zehnin saralab,

Qirq yil umrim kechdi parta oralab,

 

Taʼsir qilib, al-jabrdan darslarim,

Shogirdim koʻp al-Xorazmiy vorislari!

 

Mehnatim samari ketmadi bekor,

Koʻksimni bezadi ordenlar qator.

 

Bir kun kelib, momo boʻlib qolibman,

Jaraq-jaraq pensiya pul olibman!

 

“Zerikaman endi – bekorchi”, – dedim,

Uyimga qamalib yotmoqchi edim.

 

Yurtboshim qildilar ajoyib tadbir,

Bizlarga ayladi xoʻp katta taʼsir.

 

“Nuroniylar faol boʻlsin, kerak bizga!

Ularning oʻgiti – nur elimizga!"

 

Prezident daʼvati – alqissaki, shul:

“Bir nuroniy boʻlsin, oʻn yoshga masʼul!

 

“Yoshlarga ishoning, qudratli ular,

Yangi Oʻzbekiston egasi – shular!”

Bel boylab, qaytadan kirishdik ishga,

Qaramay bahor-u, yoz-u, kuz-qishga!

 

Toʻy-maʼraka, tadbir – barida bormiz.

Maslahat, kengash-ga doim tayyormiz!

 

Mahallamiz ahli totuv, feʼli keng,

Eldagi har bir yosh farzandimga teng!

 

Tinmay xabar olgach, yillar va oylar,

Bilamiz qozonda necha mosh qaynar!

 

Qaysi qiz biladi chevarlik sirin,

Qaysi yigit yerni yashnatar – piri.

 

“Hey, oʻgʻlim, tadbirkor boʻlib ish boshla,

"Alkash" boʻlma, bezori qiligʻing tashla!

 

Ma, asbob-uskuna – davlatdan yordam,

Yalqovlikni itqit – boʻlmagaysan kam!”

 

Kun-kundan ozayar yoʻqsil saflari,

“Temir daftar” emas – “Najot daftari!”

 

Baʼzan chiqib qolsa, turmushning “mushti”,

Mushukning “pisht”i-yu, tovuqning “kisht”i

 

Gaplashib, samimiy ezgu dil bilan,

Goh qilichday, gohi bolday til bilan.

 

Chora, iloj izlab qarashtiramiz,

Til topib, koʻplashib yarashtiramiz!

 

“Ajralish soʻzini tilingga olma,

Arshi Aʼlolarni larzaga solma!”

 

Ogʻzibirchilikdan koʻnglimiz toʻqdir,

“Boʻz solma” elida ajrashish yoʻqdir!

 

Bu tadbir bahona chiqdim oʻrtaga,

Buguncha shoirman, “matem” ertaga.

 

Koʻp narsa oʻrgatib berdilar baho,

Marhamatli vazir – Tursunboy ogʻa!

 

Taʼrifim oz boʻldi – hech koʻnglim toʻlmas,

Rost-da, ming eshitgan koʻrganday boʻlmas,

 

Baralla aytayin qulogʻingizga:

“Bir kelib keting, jon qishlogʻimizga!”

Tursunboy Abdullayev.

 

Sheʼrlarin oʻqib...

(O.Shomurodovning “Oila muqaddas” deb atalgan kitobini oʻqib chiqqandan soʻng aytmoqchi boʻlgan dil soʻzlarim)

Sheʼr har kimning ermagi emas,

Har bilganin demagi emas.

Sheʼr – Allohdan berilgan ohang,

Boʻlsa hamki, begona sohang.

 

Tortgach topib, adabiyotga,

Unda har kun mashqqa – ijodga.

Odilbekning sheʼrlarin oʻqib,

Oldim maʼni oʻzimga uqib.

 

Quruq gap yoʻq aytganlarida,

Aytmagani qalbida qaynar.

Quloq  tutsang darding aritar,

Soʻzlar ravon, bulbuldek sayrar.

 

Maqtamasam toʻlmaydi koʻnglim,

Bu sheʼrlarda tuygʻu bor, his bor.

Jim qolishga koʻnmaydi koʻnglim,

Olqishladim quvonib yuz bor.

 

Odilbekda mahorat zoʻri,

Baytlarini desang qandayin.

Toʻkilibdi bunda qalb qoʻri.

Goʻzal baytlar yangrar shundayin.

 

Kutayapman yangi asarin,

Zoʻr shoirning koʻngil daftarin.

Jumaboy HIDOYaTOV,

Qizilcholi mahallasi.

 

TUGʻIShGANMIZ, BIR-BIROVDAN KEChMAYLIK!

Puli borga yaltoqlanib bormaylik,

Yoʻqsil horib-yiqilganda tiklaylik.

Iymonli boʻl, oʻzimizdan ketmaylik,

Tugʻishganmiz, bir-birovdan kechmaylik!

 

Qoʻldan kelsa gar, yaxshilik qilaylik,

Yaxshi kunni bir oʻtirib eslaylik.

Sabr ila bori bilan eplaylik,

Tugʻishganmiz, bir-birovdan kechmaylik.

 

Yoshi ulugʻ yoʻlin kesib oʻtmaylik,

Bemaslahat muammoni yechmaylik.

Ona yurtdan yot ellarga koʻchmaylik,

Tugʻishganmiz, bir-birovdan kechmaylik!

 

Bir soʻzni deb, soʻng bu soʻzdan tonmaylik,

Oʻgit bermay, amal qilib ishlaylik.

Odamzotga hech bir kulfat solmaylik,

Tugʻishganmiz, bir-birovdan kechmaylik.

 

Koʻngillarga sovuqchilik solmaylik,

Oqillarga aslo qarshi bormaylik.

Yaqin-yiroq davrasidan qolmaylik,

Tugʻishganmiz, bir-birovdan kechmaylik.

Angsatboy Qarajanov, huquqshunos.

Qoraqalpoq tilidan Oygul Rajabova tarjimasi.

 

ONA

Ilk bora soʻzlashni oʻrgatgan ona,

Qoʻlda qalam tutib, chizishni yana.

Har tongda uygʻotib, sochlarim oʻrib,

Jonga jon sirdoshim, oʻzingsan ona.

Ertalab yettida toʻqqiz boʻldi deb,

Shoshib uygʻotguvchi sendirsan ona.

Aqlli, mehribon, dono qizim deb,

Suyib erkalovchi oʻzingsan ona.

Zumrad Bekchanova.

 

Manzara

Ortda qoldi gʻam-anduhlarim,

Bugun yana porladi quyosh.

Mayin kuylab, shivirlar shamol:

"Qachon aqling kiradi bebosh?"

 

Jilgʻalar ham menga soʻz otib,

Hol soʻraydi qaldirgʻochlar ham.

Vaqt tez oʻtar, quyosh ham botib,

Kuylayverdi shoʻx bulbullar ham.

 

Orzularim koʻzlab samoni,

Yuksaklarda qilmoqda parvoz.

Pok niyatli insonlar doim,

Orzusiga yetsa, qanday soz!

Sevinchoy Umrboyeva,

85-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019