16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:03
Siyosat 👁 278

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 65-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 65-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2023-yil 6-oktyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi – 65-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi raisining oʻrinbosari Gʻulomjon Eshniyozov ochdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 28-Daryoboʻyi saylov okrugidan deputat Akbar Rajabov saylandi.

Sessiyada deputatlar, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, tashkilotlar rahbarlari, mahallalardagi hokim yordamchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyada dastlab “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2023-yil ikkinchi mavsumining yakuni toʻgʻrisida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayev hisobot berdi.

Hisobotda taʼkidlanganidek, tumanda tashabbusli byudjet jarayonining joriy yildagi ikkinchi mavsumi uchun “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”ga mahalliy byudjet mablagʻlari va qoʻshimcha manbalardan jami 9 mlrd. 291 mln. 700 ming soʻm mablagʻlar shakllantirilgan.

Iqtisodiyot va Moliya vazirligi tomonidan ochilgan Ochiq byudjet (openbudjet.uz) portalida 2023-yil 17-iyuldan 7-avgustga qadar boʻlgan davrda tuman fuqarolari tomonidan jami 116ta tashabbus kiritilgan. Ovoz berish yakuniga koʻra, 7ta tashabbus “gʻolib” deb topilib, ushbu tashabbuslarning jami qiymati 9 mlrd. 240 mln. soʻmni tashkil qiladi.

Shundan keyin tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish shoʻʼbasining 2023-yil uchinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisida shoʻʼba rahbari Jahongir Xolmurodov hisobot berdi. Taʼkidlanganidek, tuman aholisining umumiy soni 207 ming 483 nafar boʻlib, shundan voyaga yetmaganlar 76 ming 5 nafarni tashkil qiladi. Hozirgi kunda tumanda jami 134ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritayotgan boʻlib, muassasalarga 12 ming 237 nafar bolalar qamrab olingan. Mavjud 85ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida esa jami 38 ming 476 nafar bolalar taʼlim-tarbiya olib kelishmoqda.

Sessiya ishida tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularning profilaktikasini tashkil etish boʻyicha 2023-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Ichki ishlar boʻlimi oʻrinbosari Sharaf Joldosboyevning hisoboti tinglandi.

Hisobotda qayd etilganidek, joriy yilning 9 oyi davomida tumanda umumiy jinoyatchilik tahlil qilinganida, oʻtgan yilga nisbatan 190dan 184taga, jinoyat qidiruv yoʻnalishida 132dan 126taga, boshqaruv va iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar 33dan 25taga kamaygan, boshqa sohadagi jinoyatlar esa 25dan 33ga oshgan.

Jami sodir etilgan 184ta jinoyatlarni sektorlar kesimida tahlil qilinganida 1-sektor hududida 56ta, 2-sektor hududida 60ta, 3-sektor hududida 28ta, 4-sektor hududida 40ta jinoyatlar sodir qilingan.

Sessiyada tuman hokimining oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Soburovaning ham hisoboti tinglandi. Taʼkidlanganidek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida mamlakatimiz iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishi hamda bandligini taʼminlashga har tomonlama koʻmaklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash, “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimini takomillashtirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, birinchi toifa boʻyicha ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz 1 ming 943 nafar ehtiyojmand xotin-qizlardan 1 ming 732 nafarining bandligi taʼminlandi, 183 nafar xotin-qizlar doimiy ishga joylashtirildi, 105 nafar xotin-qizlar jamoat ishlariga jalb etildi, 174 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga oʻqitildi, 1 ming 270 nafar xotin-qizlar esa oʻzini-oʻzi band qilib, bandligi taʼminlandi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni oʻqishga qabul qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi 338-sonli Qarori asosida 823 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi. Shundan, 13 nafar xotin-qizlar Oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etildi.

Sessiyada tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda, hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini oʻrganish yakunlari toʻgʻrisidagi masala yuzasidan axborot berdi. Axborotda taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga 2023-yil 30-sentyabr sanasiga qadar tuman aholisi tomonidan jami 3335ta masalalar boʻyicha murojaatlar kelib tushgan. Shundan 3075tasi koʻrib chiqilgan boʻlib, 2489tasi qanoatlantirilgan, 1431tasi ijobiy hal qilingan.

Sessiyada Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama qilindi. Kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha koʻrib chiqilib, tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi. Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026