16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:43
Salomatlik 👁 321

KEKSALAR HAFTALIGIDA TIBBIYoT FAXRIYLARIGA ALOHIDA EʼTIBOR KOʻRSATILDI

KEKSALAR HAFTALIGIDA TIBBIYoT FAXRIYLARIGA ALOHIDA EʼTIBOR KOʻRSATILDI

Joriy yilning 2-8-oktyabr kunlari “Keksalarga hurmat – yoshlarga ibrat” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan “Keksalar haftaligi” tadbirlari Amudaryo tumanida ham yuqori saviyada oʻtkazildi. Ushbu haftalikni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar belgilangan Dasturga muvofiq har bir mahallada nuroniylarni, faxriylarni, yakka-yolgʻiz keksalarni jalb etgan holda maʼnaviy-maʼrifiy va xayriya tadbirlari tashkil etilib, ularga izzat-hurmat koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratildi.

Tuman Tibbiyot birlashmasida ham haftalik doirasida shu kabi xayrli ishlar amalga oshirildi. Nuroniy keksalarni eʼzozlash, koʻmakka muhtoj insonlarga moddiy-maʼnaviy yordam berish kabi xayriya tadbirlari oʻtkazildi.

6-7-oktyabr kunlari tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi Faxriddin Abdulllayev boshchiligida bir guruh xodimlar sohada uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylar xonadonlariga tashrif burib, ularning holidan xabar olishdi. Tashrif davomida aholi salomatligi yoʻlida munosib hissa qoʻshgan faxriylardan Bashir ota Kenjayev, Yusuf ota Abdullayev, Faya opa Xalikova, Kunzanipa opa Teljanova, Gulsora opa Otamuradova, Norgul opa Rajapova, Doʻsimbat aka Oʻrozimbetovlarning har biri bilan suhbatlashildi.

Yusuf ota Abdullayev stomatolog shifokor boʻlib, salomatlikni asrash yoʻlida fidoyilik koʻrsatgan. Bemorlar dardiga shifo baxsh etgan shifokor el hurmatiga sazovor boʻlgan inson.

Tibbiyot birlashmasida stomatologiya boʻlimi tibbiy hamshirasi, katta tibbiy hamshira boʻlib ishlagan Norgul opa Rajabova ham, garchi oʻsha vaqtlarda tibbiyot tizimi hozirgidek rivojlanmagan, sharoitlar ham bugungidek zamonaviy boʻlmasa-da, oʻzining bor bilimi va mahoratini safarbar qilib, el salomatligi yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilgan. Bugun esa tibbiyot fidoyisi boshqa tengdoshlari qatori nevara-chevaralar qurshovida keksalik gashtini surib yashamoqda.

Bashir ota Kenjayev uzoq yillar LOR shifokori, tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qoʻmitasi raisi boʻlib faoliyat koʻrsatgan. U ham kasbiy faoliyati davomida el salomatligi yoʻlida fidoyilik bilan xizmat qilib, xalq orasida oʻziga yarasha obroʻ-eʼtibor qozongan. Tashkilotchiligi, kasbiy mahorati bilan rahbariyatning ham, hamkasblarining ham eʼtirofiga sazovor boʻlgan tibbiyot faxriysining shogirdlari va izdoshlari tashrifidan boshi osmonga yetdi.

Tugʻruq boʻlimida akusherka, birlashma bosh tibbiy hamshirasi boʻlib ishlagan tibbiyot faxriysi Faya opa Xalikova, laboratoriyada oʻrta tibbiyot xodimi, klinik laborant boʻlib faoliyat koʻrsatgan Kunzanipa Teljanova, terapevt, endokrinolog shifokor Gulsora opa Otamuradovalar ham qanchadan-qancha bemorlar dardiga davo ulashgan. Tibbiyot birlashmasi rahbariyati va kasaba uyushmasi aʼzolari ularni ham yoʻqlab, holidan xabar oldilar.

Doʻsimbat aka Oʻrozimbetov sogʻliqni saqlash sohasida koʻp yillar davomida rahbarlik lavozimlarda faoliyat yuritgan. U dastlab tuman Tibbiyot birlashmasida shifokor boʻlib ish boshlab, keyinchalik sanitariya-epidemiologiya tizimida ham respublika darajasidagi masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan va soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan.

Birlashma xodimlari faxriylar bilan dildan suhbat qurishdi, sovgʻalar berib, hurmat koʻrsatishdi. Oʻz navbatida faxriy shifokorlar ham oʻzlariga koʻrsatilgan eʼtibor va hurmat uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Maʼlumki, Prezidentimizning “Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2022-yil 15-martdagi Qarorida har yili oktyabr oyining birinchi haftasini “Keksalar haftaligi” sifatida tadbirlar oʻtkazish belgilangan. Sogʻliqni saqlash tizimida ham haftalik doirasida keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, salomatligiga eʼtiborni kuchaytirish borasida qator tadbirlar tashkil etildi.

Hududlarda 60 yoshdan yuqori aholini tuman mutaxassislari koʻmagidagi chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishlari amalga oshirildi. Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasida tibbiy koʻrik xonasida zamonaviy apparaturalarda laborator va instrumental tekshiruvlar, antropametrik oʻlchovlardan, oilaviy shifokor koʻriklaridan keyin endokrinolog, nevropatolog, kardiolog, pulmonolog mutaxassislari koʻriklari va tavsiyalari berildi.

Keksa yoshdagi fuqarolar uchun ertalabki badantarbiya, sogʻlomlashtirish mashgʻulotlari oʻtkazildi. Shuningdek, Tibbiyot birlashmasi boshlangʻich kasaba uyushmasi tomonidan keksa yoshdagi tibbiyot xodimlari uchun tumandagi tarixiy-muzeyiga ekskursiya tashkil qilindi. Faxriy va keksa tibbiyot xodimlari, yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi. Tibbiyot tizimida koʻp yillar mobaynida mehnat qilgan keksalar “Afruza” kafesida ochiq dasturxon atrofida madaniy hordiq chiqarishga taklif etildi.

Bu kabi tadbirlar yoshi ulugʻ insonlar mamlakatimizda doimo eʼtibor va eʼzozda ekanini koʻrsatadi. Keksalar duosini olish har birimiz uchun katta baxtdir. Shunday ekan keksalarimiz doimo bizning eʼtiborimizda boʻlib qolaveradi.

K.Sabirov, mehnat faxriysi, shifokor

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026