16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:17
Adabiyot 👁 212

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Qutlov

Barkamol avlodni tarbiyalashda,

Ustoz, murabbiylar xizmati buyuk.

Beminnat ilm nurin yoyganlari-chun,

Doimo eʼzozda, elimda suyuk.

 

Vatan kelajagi yoshlar qoʻlida,

Yoshlarga tarbiya berar ustozlar.

Jamiyat ravnaqi uchun kurashda,

Oldingi saflarda boʻlar ustozlar.

 

Ishi igna bilan quduq qazgandek,

Ustozlarni qancha sharaflasak kam.

Avvalo ustozning sabogʻin olgan,

Oliy martabali ulamolar ham.

 

Bugun oʻqituvchi, murabbiy kuni,

Tabriklay, men sizni aziz ustozlar.

Koʻring mehnatingiz samarasini,

Sizga ehtiromim, qilgum dil rozlar.

 

Barchalaringizga sogʻlik tilayman,

Metindek iroda, sabr-qanoat.

Qilgan ezgu ishlar xayrli boʻlib,

Keltirsin, sizlarga obroʻ-barokat.

 

Xalqimiz bejizga ulugʻlamagan,

Ota bilan teng deyishar ustozni.

Ulugʻ bayramingiz bayramdek oʻtsin,

Yallalar aytilsin, chaling shoʻx sozni.

Bekbergan TleumuraDov,

Qipchoq ovuli.

 

Samimiy ayol

(Ustozim Robiya Yoʻldoshevaga)

Kulib qarab turar har bir insonga,

Samimiy ayollar qalbdan soʻzlaydi.

Suhbatdosh boʻlganni etar baxtiyor,

Bilmayman, buni u qanday eplaydi.

Qani edi koʻp boʻlsa shunday ayollar,

Bir borsam, yonidan ketgim kelmaydi.

Hattoki, ilk bora koʻrib tursa ham,

«Aziz bolajonim, baxtli boʻl», deydi.

Unga begonadir loqaydlik har dam,

Olamni yaxshilik bilan bezaydi.

Yuragiga sigʻar Oʻzbekiston ham,

Elning bolasini «bolamsan», deydi.

Qalbidan oʻchmaydi ezgulik, tilak,

U borki, boʻladi yuksak parvozim.

Hammaga qadrli, hammaga kerak,

Elim, deb yashaydi mening ustozim.

Barno Samandarova.

 

Ustozga

Oʻqish orzusi dilda,

Maktabimga boraman.

Ustozim koʻmagida

Ilm-hunar olaman.

Darsga kirar ustozlar,

Qalb toʻla ilm nuri.

Bizga tilab parvozlar,

Baxsh etar yurak qoʻrin.

Ammo tanbal, dangasa,

Bolalar yolgʻon soʻzlar.

Bir kun darsga kelsa,

Bir kun ustozni aldar.

Birining boshi ogʻrir,

Biri toʻqir bahona.

Bariga parvonadir,

Mehribon  Ustoz yana.

M.YaXShIMURODOVA,

22-maktab oʻquvchisi.

 

Muallimim

Menga aziz onadek,

Yagonamsiz ustozim.

Bilmaganim bildirib,

Qoʻlladingiz parvozim.

Qoʻlimga qalam tutib,

Yozishni oʻrgatdingiz.

Boʻldingiz misli oftob,

Oʻqishni oʻrgatdingiz..

Bonu Rahmatullayeva, 84-maktab oʻquvchisi.

 

Ustozim

Baxtiyorman, men doimo shod,

Yashayapman obod oʻlkada.

Bobolarim nomin etib yod,

Istiqbolning nurli davrida.

Bu hayotdan olib men taʼlim,

Yozganlarim barchaga maʼlum.

Hayotimda eng zoʻr muallim,

Tursun otam bergan zoʻr taʼlim.

Sinovlarni yengib bir kuni,

Minbarlarda nutqlar soʻzlasam.

Quvonchimdan entikib bir zum,

Ulkan marralarni koʻzlasam.

Orzuimdir – jurnalist boʻlsam,

Barcha ezgu ishlarni qilsam.

Orzularim – ota-onamni

Albat, bir kun Hajga yuborsam.

Sevinchoy Umrboyeva,

85-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Sinfda boʻlgan voqea

Bir kuni Bahodir,

Sinfga kirdi.

Undan soʻng Tohir,

Ohista keldi.

 

Tohir shumtaka,

Shumlik oʻyladi.

U oʻrgimchakka,

Qarab imladi.

“Tutgin, Bahodir,

Qizlar qoʻrqadi”.

“Qoʻysang-chi Tohir”,

Dedi Bahodir.

 

Tohir koʻnmadi,

“Qoʻrqoqsan”, deya.

Qoʻliga oldi,

Ipni iljaya.

 

Eshikka asta

Osdi oʻrgimchak.

Bilar, albatta,

Qizlar qoʻrqajak.

Kelgan barcha qiz,

Zirillab qochdi.

Tohir oʻsha kez,

Uyalib qoldi.

 

Shahzoda Joʻlliboyeva,

Nazarxon ovuli.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019