16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:53
Siyosat 👁 284

ONA TILI – BU MILLATNING RUHIDIR...

ONA TILI – BU MILLATNING RUHIDIR...

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va maʼnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.

Til – insonlarning oʻzaro aloqa vositasi boʻlib, yaratuvchining insonga bergan bebaho neʼmatidir. Millatlarni millatlardan ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri ham tildir. Dunyoda har bir xalqning oʻz tili uning bebaho boyligi, iftixori, najoti hisoblanadi. Hikmatli soʻzlar, sheʼr-u dostonlar, qoʻshiqlar avvalo biror bir millatning ona tilida dunyoga keladi. Millat bor ekan, uning tili ham yashaydi, tili yashar ekan, u millat boshqa millatlar orasida oʻz nufuzi, obroʻsiga ega boʻladi.

Har bir xalqqa oʻz tili aziz va ardoqli. Shoʻrolar davrida rus tili ittifoq tili sifatida rivojlantirildi. U jahon tillari darajasiga koʻtarildi. Ayniqsa, koʻp ming asrlik tarixga ega boʻlgan turkiy xalqlar ham oʻz ona tillari dunyodagi hech bir xalqning tilidan kam emasligini yoqlab chiqdilar. Bu yoʻldagi turli xil  toʻsiqlarni pisand etmadilar.

Mustaqillik arafasida koʻcha-koʻy  tili darajasiga tushib qolgan oʻzbek tiliga davlat tili maqomini berish haqidagi taklif va kurashlar samarasiz ketmadi. Shoʻrolar davrida ham oʻzbek tilini tiklashga, uni Davlat tiliga aylantirishga intilish kuchli boʻlgan. Xususan, ona tiliga bagʻishlangan turli tadbirlar oʻtkazishga harakat qilingan. Bunday tadbirlar ayniqsa, mustaqillik arafasida tez-tez oʻtkazila boshlangan. Shu tariqa xalqning qilgan harakatlari, ziyoli olimlarning tashabbuslari besamar ketmadi, oʻzbek xalqi ham oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilishiga erishdi. Bu buyuk ish aynan 1989-yil  21-oktyabr sanasida amalga oshirildi hamda shu sana tarixga “Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun”, deya muhrlandi. Ish hujjatlari davlat tilida olib borila boshlandi, bu esa xalqning ruhini koʻtardi. Shu tariqa  bu kunni qariyb 31-yil “Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun” sifatida nishonlab keldik. 2020-yili esa  “Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida” 2020-yil 10-aprelda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasi bilan 21-oktyabr sanasi Oʻzbek tili bayrami kuni etib belgilandi. Bu esa oʻzbek tiliga boʻlgan eʼtiborning yana bir yorqin ifodasi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Mana shu kundan eʼtiboran Respublikamizning barcha hududlarida Til bayrami keng nishonlanib kelinmoqda. Bu kunning shukuhi oktyabr oyi kirib kelishi bilan boshlanadi. Turli xil tadbirlar, tanlovlar tashkil etiladi Shu kuni radio va televideniye orqali til bayramiga doir qiziqarli chiqishlar uyushtiriladi, oʻzbek millati ruhini koʻtaruvchi kuy va qoʻshiqlar tarannum etiladi.

Til bayrami insonni ona tiliga va oʻz xalqiga boʻlgan mehr-muhabbatini joʻsh urdiruvchi betakror bayramdir.  Oʻzbek tilining xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish uchun uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga kiritishda oʻz hissamizni qoʻshishimiz har  birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashish zimmamizdagi masʼuliyatli burch deb bilishimiz darkor. Barcha oʻzbek xalqini  “Oʻzbek tili bayrami”ning 34 yillik tantanasi bilan samimiy muborakbod etaman.

Muhayyo Karimova, 36-maktabning  ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019