16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:18
Siyosat 👁 264

Ichki ishlar organlari xodimlari kuni keng nishonlandi

Ichki ishlar organlari xodimlari kuni keng nishonlandi

Keyingi yillarda barcha sohalar singari ichki ishlar tizimida ham keng koʻlamli va puxta oʻylangan islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, ichki ishlar organlarini el-yurt manfaatiga xizmat qiladigan chinakam xalqchil tizimga aylantirish yoʻlida katta ishlar olib borilmoqda.

Har yili mamlakatimizda 25-oktyabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Bu yil Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashkil etilganiga 32-yil toʻldi.

Sana munosabati bilan 26-oktyabr kuni Amudaryo tumanidagi “Bek” toʻyxonasida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, tuman Ichki ishlar boʻlimi shaxsiy tarkibi, nafaqadagi faxriylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻnggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan ichki ishlar organlariga juda katta eʼtibor qaratilib, sohani chinakam xalqchil tuzilmaga aylantirish, aholi uchun barcha shahar va qishloqlarda, hatto eng chekka joylarda ham xavfsiz yashash va mehnat sharoitini yaratish maqsadida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgani haqida toʻxtalib oʻtdi hamda jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlashdek sharafli va masʼuliyatli ishga bor kuch va salohiyatini bagʻishlab kelayotgan soha xodimlarini, tinglovchi-kursantlarni hamda faxriylarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbirda tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamaladdin Yusupov barcha hamkasblarini bayram bilan samimiy tabriklab, tizimda erishilgan yutuqlar va kelgusidagi vazifalar haqida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimining shaxsiy tarkibi ikkita eng ustuvor masalaga – jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash hamda aholi sogʻligʻini muhofaza qilishga doimiy ravishda alohida eʼtibor qaratib kelayotganligini taʼkidladi.

Tadbirda oʻz xizmat vazifasini namunali bajarib, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini saqlash yoʻlida bor kuch-gʻayratini safarbar etib kelayotgan safdor Sanjar Sobirov, Sardor Allamberganov, Anvar Shomurotovlarga leytenant unvoni berildi.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Prezidiumining 2023-yil 24-oktyabr kungi Qaroriga muvofiq, tuman IIB jinoyat qidiruv boʻlinmasi katta tezkor vakili kapitan Ulugʻbek Poʻlatov “Umit ushqini” koʻkrak nishoni bilan, tuman IIB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori leytenant Inobat Urazmatova Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, bir guruh faol va tashabbuskor soha xodimlari esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tadbir tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom etdi. Tumanimizning taniqli sanʼatkorlari tomonidan ona Vatan, tinchlik, doʻstlik va muhabbatni tarannum etuvchi goʻzal-kuy qoʻshiqlar yangradi.

Ichki ishlar tizimida faoliyat yuritayotgan har bir xodim Vatanimizning asl oʻgʻlonlari sifatida zamonaviy bilimlarni egallagan, maʼnaviy va maʼrifiy dunyosi boy, har qanday xavf-xatarga qarshi matonat bilan kurashishga tayyor xalqimizning chin maʼnodagi himoyachilaridir. Fursatdan foydalanib, tinchligimiz posbonlarini yana bir bora kasb bayramlari bilan tabriklab, kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz!

Tuman hokimligi Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019