16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:53
Siyosat 👁 224

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 66-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 66-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2023-yil 10-noyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi – 66-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi raisining oʻrinbosari Gʻulomjon Eshniyozov ochdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 29-Qangli saylov okrugidan deputat Zamira Safarova saylandi.

Sessiyada deputatlar, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyada dastlab Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha qilingan ishlar haqida sud raisi Asqar Safarov hisobot berdi.

Hisobotda taʼkidlanganidek, 2023-yilning 9 oyi davomida mazkur sudning ish yurituviga 153 nafar shaxsga nisbatan 109 ta jinoyat ishi kelib tushgan. Shundan, 142 nafar shaxsga nisbatan 107 ta jinoyat ishi koʻrib tamomlangan boʻlsa, 15 nafar shaxsga nisbatan 13 ish jinoyat ishlari tegishliligiga koʻra boshqa sudga yuborilgan.

Sessiyada tuman prokuraturasi tomonidan joriy yilning 10 oyi davomida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huqubuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar toʻgʻrisida tuman prokurorining katta yordamchisi Shariyar Joldasbayev hisobot berdi.

Hisobotda qayt etilganidek, joriy yilning 10 oyi davomida 106ta nazorat tadbirlari oʻtkazilib, qonunchilik talablariga zid boʻlgan hujjatlarga nisbatan 176ta protestlar keltirilgan. Qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish haqida 49ta taqdimnomalar kiritilgan. Shuningdek 157 nafar mansabdor shaxs intizomiy va maʼmuriy javobgarlikka tortilgan hamda qoʻpol qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 5ta jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, 348 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklangan. Huquqbuzarliklar natijasida yetkazilgan 1 mlrd 452 mln 212 ming soʻm zarar ixtiyoriy ravishda qoplangan.

Bundan tashqari 55ta tadbirkorlik subʼektlariga amaliy yordamlar koʻrsatilib, shundan 2tasiga tabiiy gaz tarmogʻiga, 2tasiga ichimlik suv tarmogʻiga, 17tasiga elektr tarmogʻiga ulanishida, 15tasiga tumandagi tijorat banklaridan jami 10 mlrd. 634 mln. soʻm kredit mablagʻlari ajratilishida, 3ta tadbirkorga bino ajratilishida, 4 tasiga boshqa masalalarda yordam koʻrsatilgan. Natijada 12ta tadbirkorlik subʼekti yangidan tashkil qilinishiga va 76ta yangi ish oʻrinlari yaratilishiga koʻmaklashilgan.

Sessiya ishida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Komiljon Aytbayev “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ehtiyojmand oilalarga mablagʻ ajratib berish boʻyicha taklif berdi. Sektor aʼzolari tomonidan uyma-uy yurish natijasi va sektor rahbarlarining tavsiyasiga asosan boquvchisini yoʻqotgan, yakka-yolgʻiz, I va II guruh nogironligi bor aʼzolari boʻlgan, mehnatga layoqatli ishsiz aʼzolari boʻlgan, koʻp farzandli hamda tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalarga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi tomonidan mablagʻ ajratish berish taklifi deputatlar tomonidan maʼqullandi.

Shundan keyin tuman Moliya boʻlimi boshligʻi Javlon Jumamuratov mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan ajratiladigan mablagʻlarning sarflanishini nazorat qilish va bu borada ochiqlikni taʼminlash masalasida hisobot berdi.

Hisobotda tuman mahalliy byudjetining daromadlar qismi aniqlangan reja prognozi 57 mlrd 830 mln 871 ming soʻmga belgilangan boʻlib, amalda 66 mlrd 139 mln 136 ming soʻmga yaʼni 114,4 foizga, yoki rejaga nisbatan 8 mlrd 308 mln 265 ming soʻmga ortigʻi bilan bajarilishiga erishilgan. Ushbu koʻrsatgich birinchi chorakda jami 3 mlrd 742 mln 300 ming, ikkinchi chorakda jami 2 mlrd 47 mln 700 ming, uchinchi chorakda esa jami 2 mlrd 517 mln 600 ming soʻmni tashkil qiladi.

Sessiyada tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda, hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini oʻrganish yakunlari toʻgʻrisidagi masala yuzasidan axborot berdi.

Axborotda taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga 2023-yil 31-oktyabr sanasiga qadar tuman aholisi tomonidan jami 3 ming 755ta masalalar boʻyicha murojaatlar kelib tushgan. Shundan 2 ming 810tasi qanoatlantirilgan, 1 ming 546tasi ijobiy hal qilingan.

Sessiyada Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama qilindi. Kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha koʻrib chiqilib, tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019