16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:53
Siyosat 👁 242

Toshyop ovulida sayyor qabul oʻtkazildi

Toshyop ovulida sayyor qabul oʻtkazildi

Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan hududlarda mutasaddi rahbarlarning aholini qiynab kelayotgan muammolari bilan ishlash, murojaatlardagi masalalarni joylarga chiqib oʻrganish hamda ularni ijobiy hal etish tizimi yangi bosqichga koʻtarildi.

Tumanimiz boʻylab sektorlar rahbarlari tomonidan oʻtkazilib kelinayotgan sayyor qabullar ovoragarchiliklarning oldini olish, muammolarni imkon qadar tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

2023-yil 14-noyabr kuni 4-sektor hududidagi Toshyop ovulida sektor rahbari – Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Jahongir Rahimov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov ishtirokida sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

Unda tegishli soha vakillari hamda ovul fuqarolar yigʻini masʼullari, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayol-qizlar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar hamda aholi vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabul jarayonida aholi vakillarining turli mazmundagi muammoli masalalari yuzasidan 9ta murojaatlar qabul qilindi. Murojaatlardagi masalalar asosan ijtimoiy va moddiy yordam olish, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun kredit olishda amaliy yordam soʻrash, bandligini taʼminlash, elektr taʼminotidagi muammolarni hal etish, obodonlashtirish va ichki yoʻllarni taʼmirlash masalalarida amaliy yordam soʻrash mazmunida boʻldi. Qator masalalar sayyor qabul jarayonining oʻzidayoq ijobiy yechimini topdi.

Murojaatlarning 4tasi joyida qanoatlantirildi hamda 3tasiga asosli tushunchalar berildi. Qolgan 2ta murojaat tegishliligi boʻyicha idora va tashkilotlarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.

Sektor rahbari – Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Jahongir Rahimov muddat talab qiladigan murojaatlardagi masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriqlar berib, aholi muammolari bilan ishlashda samarali tizim hisoblangan “mahallabay” ishlash, ayniqsa, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar, fuqarolar bilan manzilli va natijali ishlash boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar hamda tavsiyalar berdi.

Mamlakatimizda inson manfaatlarini taʼminlash, turmush sifati va farovonligini oshirish uchun avvalo, ularning dard-u tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda xalq bilan ochiq muloqotlar olib borilib, insonlar huquq hamda manfaatlarini taʼminlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib sharoitlar yaratilayotir. Keyingi yillarda amalga oshirilayotgan xalq bilan ochiq muloqotlar, oʻtkazilayotgan sayyor qabullar va xalq hayotini xonadonma-xonadon yurib oʻrganishlar mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish yoʻlida muhim vosita boʻlmoqda.

Sayyor qabul yakunlanganidan soʻng sektor rahbari – Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Jahongir Rahimov Toshyop ovulidagi aholi vakillari bilan ochiq muloqot oʻtkazdilar hamda ularning muammolarini oʻrgandilar.

Tumanimiz boʻylab oʻtkazilayotgan sayyor qabullar davlat organlari va fuqarolar oʻrtasida mustahkam koʻprik boʻlibgina qolmasdan, aholining hukumat rahbarlariga va davlat idoralariga boʻlgan ishonchining yanada mustahkamlanishiga sabab boʻlmoqda.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019