16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:00
Siyosat 👁 218

Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov tomonidan Toshyop ovulida sayyor qabul oʻtkazildi

Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov tomonidan Toshyop ovulida sayyor qabul oʻtkazildi

Amudaryo tumani hokimi – 1-sektor rahbari Sobir Xoʻjametov aholi bilan yaqindan muloqotda boʻlish, mavjud muammolarni oʻrganish va ularning hal etilishiga koʻmaklashish maqsadida 16-noyabr kuni Toshyop ovuli hududidagi 5-sonli maktab binosida sayyor qabul oʻtkazdi.

Sayyor qabulda 1-sektor hududiga biriktirilgan ishchi guruhi aʼzolari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda hududda istiqomat qiluvchi 20 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdi.

Aholining turli qatlamlari bilan muloqot qilish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan tezkor va aniq choralar koʻrish joylarda tashkil etilayotgan sayyor qabullarning bosh maqsadi hisoblanadi. Zero, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohot va yangilanishlar avvalo aholi manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan.

Sayyor qabulda sektor rahbariga fuqarolardan bir qancha murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlar mazmuni ovul hududidagi baʼzi koʻchalarga tosh yotqizish, elektr kuchlanishi past boʻlgan hududlarga yangi transformator va beton simyogʻochlar oʻrnatish, talabalar kantrakt toʻlovining bir qismini toʻlab berilishi va boshqa masalalarda boʻldi. Undan tashqari, ishsizlik, ijtimoiy nafaqalar, kadastr va boshqa masalalar boʻyicha ham murojaatlar kelib tushib, mazkur murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sektor rahbari barcha masalalarni birma bir oʻrgandi. Murojaatlar boʻyicha masʼul tashkilot vakillariga shu yerning oʻzida zarur topshiriqlar berildi. Muddat talab etiladigan masalalar yuzasidan esa tegishli soha mutasaddilariga koʻrsatmalar berilib, tez kunda hal etilishiga kelishib olindi.

Darhaqiqat, bugun har bir fuqaro uchun barcha davlat organlari va tashkilotlarining eshiklari ochiq. Davlat idoralari rahbarlari fuqarolarning murojaatlarini ish xonalarida emas, balki joyiga borib, haqiqiy holatni koʻrgan va oʻrgangan holda koʻrib chiqmoqdalar.

Tuman boʻylab oʻtkazilayotgan bu kabi sayyor qabullar davlat organlari va fuqarolar oʻrtasida mustahkam koʻprik boʻlibgina qolmasdan, aholining hukumat rahbarlariga va davlat idoralariga boʻlgan ishochining yanada mustahkamlanishiga sabab boʻlmoqda.

Shuningdek, davlat idoralari masʼullarining xalq bilan muloqot qilib, ularning muammolarini hal qilish, murojaatlarini tinglash boʻyicha amalga oshirayotgan bu kabi sayyor qabullari xalqimiz turmush farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotgani bilan ham ahamiyatlidir.

Aholi muammolarini joyida, tez va samarali hal etish imkonini berayotgan, hududlarda yigʻilib qolgan muammolarni aniqlash va bartaraf etishda davlat organlari va tashkilotlari oldiga yangi-yangi vazifalar qoʻyayotgan bu kabi sayyor qabullar xalq farovonligi, jamiyat ravnaqi va mamlakat taraqqiyotiga hissa qoʻshmoqda.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019