16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:00
Siyosat 👁 295

Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir oʻtkazildi

Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir oʻtkazildi

Mamlakatimizning davlat ramzi boʻlgan bayrogʻimiz qabul qilingan 18-noyabr sanasi har yili bayram sifatida keng nishonlanib kelinadi. Sana munosabati bilan taʼlim-tarbiya maskanlarida oʻquvchi yoshlarimizni istiqlolning qadriga yetishga daʼvat qilish, yoshlar ongida davlat razmlariga nisbatan hurmat tuygʻusini shakllantirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan turli tadbirlar tashkil qilinadi.

17-noyabr kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda ixtisoslashtirilgan maktabning oʻqituvchi va murabbiylari hamda oʻquvchilar ishtirok etdi.

Davlat bayrogʻi yurtimizning milliy timsoli hisoblanadi. Bayrogʻimiz xalqimizning shonli tarixi va ezgu intilishlarini oʻzida mujassam etib, tinch va osoyishta, erkin hayotimiz, yorugʻ kelajagimizga boʻlgan ishonchimizning mayogʻidir.

Tadbir avvalida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Ravshan Xolmurodov oʻquvchilarni mamlakatimiz bayrogʻi qabul qilinganining 32 yilligi bilan muborakbod etdi.

Taʼkidlanganidek, davlat bayrogʻi millatning birligi, mustaqillik timsoli sifatida oʻsha xalqning orzu-istaklarini, umidlarini, kelajakka boʻlgan ishonchini oʻzida ifoda etadi. Mamlakatimizning barcha hududida keng nishonlanayotgan davlatimiz bayrogʻi qabul qilingan kun mustaqilligimizni mustahkamlashda, oʻz taraqqiyot yoʻlimizni tanlashda muhim sana boʻlishi bilan birga, ota-bobolarimizning erkin va ozod, baxtli va farovon hayotni taʼminlashdagi asriy orzu-umidlari, armonlari ushalgan, buyuk kelajak sari yetaklagan kun sifatida tarixga muhrlangan.

Tadbir davomida ushbu muhim sananing tarixi hamda bayrogʻimizda milliy-tarixiy anʼanalarimiz, uzoq oʻtmishga borib taqaladigan boy madaniyatimiz, poklik begʻuborlik, yaxshilik, donishmandlik va sadoqat kabi buyuk fazilatlarimiz oʻz ifodasini topgani xususida soʻz yuritildi.

“Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” deya nomlangan mazkur tadbirda maktabning 6-7-8-sinflar oʻquvchilari faol ishtirok etdilar. Oʻquvchilar tomonidan davlat ramzlari, mustaqillik, Vatan haqida ajoyib sheʼrlar aytildi. 5-sinf oʻquvchilari oʻrtasida rasmlar tanlovi oʻtkazildi. Unda oʻquvchilar oʻzlarining isteʼdod va qobiliyatlarini sinovdan oʻtkazdilar.

Tadbirda tarix fani oʻqituvchisi Begzod Toʻraboyev Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi faqatgina davlat ramzi emas, u shu yurtda tugʻilib, shu zaminda yashayotgan barcha millat va elatlarning gʻururi, tinchlik va ahillik timsoli ekanligi, qalblarni qalblarga yaqinlashtiradigan, dillarni dillarga ulaydigan vositaga aylanganligi, dunyoning qaysi burchagida boʻlmang, bu bayroq qadrdon ona Vatanni yodga solishi alohida taʼkidlandi.

Mamlakat va jamiyat taraqqiyoti hamda uning barqarorligida davlat ramzlarining alohida oʻrni bor. Shu maʼnoda, milliy bayrogʻimiz davlat va jamiyat hayoti, uning jahon hamjamiyatidagi oʻrni hamda rolini koʻrsatishda muhim ahamiyatga ega boʻlib, har birimiz uchun iftixor timsoli hisoblanadi.

Qadim-qadimdan xalqimiz uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli boʻlib kelgan, ajdodlarimiz ham muqaddas bilib, koʻz qorachigʻidek asragan Vatan bayrogʻi kelgusi avlodlar uchun ham qadrli va aziz boʻlib qolaveradi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019