16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:25
Jamiyat 👁 383

“Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida Xiva shahriga sayohat tashkil etildi

“Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida Xiva shahriga sayohat tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi qarori bilan tasdiqlangan “Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi”ga muvofiq mamlakat boʻylab keksa avlod vakillarini sayohat qilishga ragʻbatlantirish maqsadida “Keksalar uchun turizm oyligi”ni tashkil qilish vazifasi belgilangan. Shundan buyon har yili noyabr oyida keksalar uchun turizm oyligi oʻtkazib kelinadi.

Mazkur oylik doirasida barcha ovul va mahallalarda reja asosida keksa otaxonu-onaxonlar uchun diyorimizdagi diqqatga sazovor va tarixiy maskanlarga sayohatlar tashkil etiladi. Joriy yilda ham ushbu anʼanaga muvofiq amudaryolik nuroniylar mamlakatimiz boʻylab sayohatga chiqmoqdalar.

Mamlakatimizda bugungi kunda keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qilish, ularga eʼtibor va gʻamxoʻrlikni kuchaytirish, ularning turmush sharoitini yaxshilash, faol va mazmunli hayot kechirishlarini taʼminlash, boy hayotiy tajribasidan keng foydalanishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Nuroniy otaxon va onaxonlarimizga qaratilayotgan eʼtiborni yanada kuchaytirish maqsadida 1-noyabrdan 30-noyabrgacha bir oy mobaynida tarixiy shaharlar va muqaddas qadamjolarga turli sayohatlar rejalashtirilgan.

Oylik doirasida 15-20-noyabr kunlari “Nuroniy” jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi hamda tuman boʻlimi tomonidan 50 nafar mehnat faxriylarining Xiva shahriga sayohati tashkil etildi.

Xiva shahridagi tarixiy obidalar hamda muqaddas qadamjolar qadimiy ziyoratgohlardan biri boʻlib, hozirda u yerga tashrif buyuruvchi ziyoratchilar soni tobora ortib bormoqda. Ziyoratgohga kelgan mehmonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Uzoq yillar davomida turli sohalarda samarali mehnat faoliyatini yuritgan, hozirda keksalik gashtini surayotgan otaxon va onaxonlar ushbu tarixiy maskanlarni ziyorat qilishib, bugungi dorilomon kunlarga shukronalar aytib, ajdodlarimiz ruhiga duolar qildilar.

Koʻrsatilayotgan alohida eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan nihoyatda mamnun boʻlgan keksalar sayohat davomida Prezidentimizning tashabbusi bilan mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida suhbatlashib, oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Shuningdek, ularning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni taʼminlash hamda yosh avlodni xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashdagi rolini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar oʻz samarasini berayotgani, bularning hammasi yurtimizdagi rivojlanish, yuksalishlarda oʻz aksini topayotgani alohida taʼkidlandi.

Sayohatchilar Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” tarixiy majmuasidagi barcha obidalar, muzeylar bilan taniib chiqqach, tushlik dasturxoni yozilib, mehmon qilindi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Nuroniylar” jamgʻarmasi va mazkur jamgʻarmaning tuman boʻlimi tomonidan tashkil etilgan sayohat davomida amudaryolik nuroniylar miriqib hordiq chiqardilar.

Ushbu sayohat mehnat faxriylarida katta taassurotlar qoldirib, ularning madaniy va maʼnaviy dam olishlariga imkon yaratdi. Sayohat yakunlangandan soʻng nuroniy faxriylar bu kabi eʼtibor hamda gʻamxoʻrlikdan gʻoyat xursand ekanliklarini bildirishib, tashkilotchilarga minnatdorchilik izhor etdilar.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026