16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:39
Adabiyot 👁 169

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Iltijo

(giyohvandga)

Shunday boʻldi: yolgʻiz oʻgʻil bir chimdim qora ogʻu uchun bor-budini qimorga tikdi.

Ey oʻgʻil, sizni deb olovlandi jon,

Badanlar ming yamoq, egovlandi jon.

«Yo hayot, yo mamot!» yalovlandi jon,

Lek shu dam isyonga yuz tutdi jahon —

Shu jahon onangiz, biling, ogʻajon!

 

«Bolam», deb koʻylagin yamablar kiydi,

Koʻngil uylaringiz silablar suydi.

Qutlugʻ eshiklarga niyatlar uydi,

Borini «toʻyga», deb tilablar qoʻydi,

Mushfiq onangizni yoʻqlang, ogʻajon!

 

Qiz bolaning koʻngli guldir, aslida,

Ul mehmon, bir sarrin yeldur, aslida.

Ikki chaman aro yoʻldir, aslida,

Oʻshal yoʻlda fido eldir, aslida —

Opa-singlingiz siylang, ogʻajon!

 

Bu dunyo dunyomas, yolgʻonlar uyi,

Soʻngsiz girdoblarda qolganlar uyi,

Yaxshilar sigʻmagan yomonlar uyi.

Suydirib, kuydirgan armonlar uyi —

Bu uylar ichinda kuymang, ogʻajon!

 

Har soʻzni bir bogʻday asrab-avaylab,

Eʼzozlar koʻshkiga ismingiz joylab.

Jigarim, jonim, deb sajdalar aylab,

Siz kelar yoʻllarga koʻnglini boylab

Kutguvchi MEHRNI qiymang, ogʻajon!

 

Vo darigʻ! Kuydingiz bu fano ichra,

Yolgʻonlar burqsigan dud, havo ichra,

Nafs-u makr tolib, bul savdo ichra,

Kuydingiz toʻkilib, bad-balo ichra –

Bolangiz qoniga oʻtmang, ogʻajon!

Robiya YOʻLDOShEVA.

 

Farishtam

Juda jajji qoʻllari,

Koʻzlari va yuzlari.

Murgʻakkina jussali,

Farishtali nabiram.

 

Allohga yetdi nolam,

Yetdim murod-maqsadga.

Iltijolarim qabul

Boʻldi ulugʻ dargohda.

 

Qosh-u kiprik maysadek,

Yuzlari misli oydek.

Yigʻlasa, ogʻrir jonim,

Alla kuylar yuragim.

 

Nevaram — zurriyodim,

Omadli boʻlgin doim.

Gʻam koʻrmasin koʻzlaring,

Sen oʻzing toʻlinoyim.

 

Gulhayo — noming ulugʻ,

Ham tabarruk, ham nozik.

Ismingga loyiq farzand,

Boʻlgin iqboli toʻlugʻ.

Zuhra Ahmedova.

 

Nevaram

Uyimni toʻldiradi,

Qiyqirigʻi, kulgusi.

Kelar menga ergashib

Yonginamda yurgisi.

 

Oʻyinchoqlari bisyor,

Koptok, ayiq, qoʻgʻirchoq.

Buvisi oʻng qoʻliga,

Taqib qoʻygan koʻzmunchoq.

 

Bolaligim eslatar,

Kulib turgan yuzlari.

Oʻzicha zoʻr gapirar,

Chala-chulpa soʻzlari.

 

Boʻlmasa istagani,

Xarxasha qilib qolar.

Xush koʻrib shirinlikni,

Sutiga novvot solar.

 

Qogʻoz, qalamim qoʻymas,

Yozib-chizib tashlaydi.

Sheʼrni oʻzbekchadamas,

Oʻz tilida aytadi.

 

Shirin boʻlmasa muncha,

Farzandimning bolasi.

Kelib erkalatishar,

Amma, xola — hammasi.

 

Nabiram — ovunchogʻim,

Birga oʻynab-kulamiz.

«Zoʻr»dan zoʻr telekanal,

«Bolajon»ni koʻramiz.

 

Ulgʻaysin, boʻlib omon,

Qaygʻu-gʻamni bilmasin.

Boʻlsin yoʻllari ravon,

Nopok yoʻldan yurmasin.

 

Nevaramga sodiq doʻst,

Nomus bilan or boʻlsin.

Jannatmakon yurtimda,

Doim baxtga yor boʻlsin.

 

Hayotda qoqilmasin,

Omadini tilay men.

Avvalo inson boʻlsin,

Faxrlanib yuray men.

Bekbergan TLEUMURADOV, Qipchoq OFY.

 

OSMONNING OHI

Samoga boqaman goh uzun tunlar,

Yulduzlar jimirlab, menga soʻzlaydi.

Surati, siyrati quvnoq yulduzlar,

Maʼyus koʻzlar ila meni chorlaydi.

 

Zaminga xoʻsh aytib uchib ketgandim,

Koinot qaʼridan yerga qaradim.

Boʻy-basti oʻxshagan yer ahli — odam

Siyratin koʻrsatsa, mahzun yigʻladim.

 

Kimningdir boylikdan halovati yoʻq,

Kimningdir koʻziga gʻaribdir dunyo.

Yetimlar faryodi – otilgan bir oʻq,

Osmonni qaqshatar, toʻxtamas goʻyo.

 

Toʻshakka mixlangan nogiron inson,

Bir  lahza quyoshdan bahra olsa bas.

Giyohvand otaning, majruh notavon

Bolasi boʻzlaydi besamar, besas.

 

Kar va koʻr, soqovning, aqli zaifning,

Koʻklarga yetgaydir unsiz naʼrasi.

Qiyomat kunida panoh jannating,

Sen axir Xudoning suygan bandasi.

Odil ShOMURODOV.

 

Olmalar

Suv boʻyida sermeva,

Olma daraxti oʻsar.

Goʻyo oʻynaymiz, deya

Uzilib, suvga tushar.

 

Oqib borar, ariqda,

Galalashib mevalar.

Tutib olmoq qasdida,

Suv yoqalar bolalar.

 

Oqib ketma, olmajon,

Seni yaxshi koʻramiz.

Sen-la bezab dasturxon,

Quvonishib yuramiz.

Marjona Karimboyeva, 71-maktab oʻquvchisi.

 

TARBIYaLI BOʻL, OʻRTOQ

Tarbiyali boʻlsang gar,

Hamma havas qiladi.

Xulqing yomon boʻlsa gar,

Eling yuz oʻgiradi.

 

Agar yaxshi ish qilsang,

«Otangga balli», derlar.

Nokas va qitmir boʻlsang,

Nom, nasabing bulgʻanar.

 

Tarbiyali boʻl, oʻrtoq,

Nomingga gard yuqtirma.

Yaxshi bola boʻl har chogʻ,

Ota-onang choʻkdirma.

Akmal IBROHIMOV,

86-maktab oʻquvchisi.

 

Zerikarli dars

Zerikarli darslardan,

Qochib ketgim kelardi.

Lekin moʻʼjiza kutib,

Sinfda qolgim kelardi.

 

Tashqariga boqdim jim,

Yashillangan toʻrt tomon.

Termulib qoldim bir zum,

Ustoz urishdi yomon:

 

«Jimlik!» deya baqirdi,

Soʻng Jalolni chaqirdi.

«Nega jagʻing tinmaydi,

Sukunatni bilmaydi?»

 

Shamol ham tinay demas,

Quyoshga parvo qilmas.

Xayolan uzoq ketdim,

Borib quyoshga yetdim.

 

Quyoshga yetdim, ammo,

Chiqib qoldi muammo.

Oʻzimga kelib bildim,

Sinf – oʻtirgan joyim.

 

«– Sardor, qani, sen tur-chi,

Menga yuzingni bur-chi.

Ildizmi yo kvadrat?

Savolga javob top-chi!»

 

Oʻylana turib yana,

Fikr keldi xayolga.

Ustozga «ildiz», desam,

Kamiga shapaloq yesam.

 

«Kvadrat, deb qoʻysam-chi,

Yana ikki olsam-chi?»

Ustoz: «boʻlaqol», dedi,

Barnoxon javob berdi.

 

«Toʻgʻri, oʻtir Sardorjon,

Buncha choʻzding bolajon?

Bosmasin hech hayajon,

Tez javob ber har qachon».

 

Baxtim kulib shu zamon,

Ustoz dedi: «Dars tamom!»

Matluba RAJABOVA,

5-maktab oʻquvchisi.

 

Haqiqat

Asragaydir bizni sevgimiz,

Yurakdagi totli mehrimiz.

Ravon boʻlmogʻi-chun yoʻlimiz,

Mehr kerak, oqibat kerak!

 

Yer oʻz mehvari tegrasida,

Aylanib, oy balqishida.

Ahli odam ulgʻayishida,

Mehr kerak, dunyoga, albat!

 

Bu hayotni saqlaguvchi u,

Baxt yoʻliga boshlaguvchi u.

Dunyolarni asraguvchi u -

Mehr kerak, muhabbat kerak!

Rayhona Roʻzimboyeva,

35-maktab oʻquvchisi.

 

Onajon

Ojiz erur tilim, bir soʻz demoqqa,

Mehringiz aytaymi, mushtipar Ona.

Siz uchun aytilgan taʼriflar sayoz,

Issiq bagʻringizni soʻzlaymi, Ona.

 

Mushkanbar hidi ham berolmas menga,

Xushboʻy roʻmolingiz taratgan hidni.

Gullar goʻzalligi koʻrinmas menga,

Takrorlay ololmas hech biri sizni.

 

Dunyo nigohidan chetda qolsam ham,

Men bilan birgasiz, moʻʼtabar Ona.

Bu ochiq koʻzlarga yomon boʻlsam ham,

Eng yaxshi farzandman siz uchun, Ona.

 

Mayli, dunyo gʻami yelkamga tushsin,

Koʻtara olaman tuhmat toshini.

Istagim Onajon, sizda koʻrmayin,

Koʻzingizdan oqqan hasrat yoshini.

 

Baʼzan yoshlik qildim, baʼzan beboshlik,

Baʼzan jahl qilib, Sizga doʻq urdim.

Kechiring Onajon, telba oʻgʻlingiz,

Musofir boʻlganda, bildim qadringiz.

 

Siz borsiz, borliq bor, farishtam Onam,

Siz borsiz, sogʻliq bor, darmonim – Onam.

Baxtimga qoshimda sogʻ-omon boʻling,

Siz borsiz, gʻamlar yoʻq mehribon Onam!

Mansurbek Allamberganov.

 

Kuz oxirladi...

Paxta, sholi, bugʻdoyi,

Chayqaladi dalada.

Kelganini oltin kuz,

Bilmay qoldik buni biz.

Xirmoni toʻlib-toshdi,

Dehqon marradan oshdi.

Ziroat moʻlligidan

Koʻngillar daryo — toshdi.

Yogʻin-sochin koʻp boʻldi,

Kunlar qisqa, tun uzun.

Izgʻirin ham kuchayib,

Barg uzildi sargʻayib.

Poyoniga yetdi kuz,

Eshik qoqdi qorli qish.

Chanalarni sozlaymiz,

Qorli qishda oʻynaymiz.

Muhabbat Oʻrinbosarova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019