16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:08
Siyosat 👁 299

Qoraqalpoq tili bayrami kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi

Qoraqalpoq tili bayrami kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi

Til – har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, oʻzi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori boʻlgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulugʻvor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat oʻzligining ajralmas belgisidir.

1989-yil 1-dekabr — Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixidagi muhim sanalardan biridir. Shu kuni qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan. Har yili bu sana keng nishonlanib kelinadi.

Ushbu sana munosabati bilan 1-dekabr kuni Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimida “Marteben balent bolsin, ana tilim” deb nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda tuman hokimining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Faxriddin Yusupov, Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha tuman hokimi maslahatchisi Ashirboy Qoʻshayev, tumandagi umumtaʼlim maktablarning bir guruh qoraqalpoq tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari hamda oʻquvchilar ishtirok etdilar.

Tadbir boshida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi. Soʻngra tuman hokimining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Faxriddin Yusupov soʻzga chiqib, bayram tadbirini ochib berdi hamda yigʻilgan tadbir ishtirokchilarini qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan tabrikladi.

Taʼkidlanganidek, til – bu xalqning tarixini, madaniy merosini, turmush tarzini, urf-odat va anʼanalarini oʻzida mujassam etgan bebaho xazinadir. Shu bois ham soʻnggi yillarda yurtimizda qoraqalpoq tilini asrab-avaylashga, uni yanada boyitishga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, qator ilmiy hamda badiiy kitoblarning qoraqalpoq tilidagi tarjimalari nashr etilgani, qoraqalpoq tilining tozaligini saqlashda muhim oʻrin tutadigan lotin imlosidagi “Qoraqalpoq tilining orfografik lugʻati” chop etilgani qoraqalpoq tiliga boʻlgan yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlik ifodasidir.

Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tuman boʻylab taʼlim muassasalari, ovul va mahallalarda bayram tadbirlari, uchrashuvlar, adabiy kechalar va turli koʻrik-tanlovlar oʻtkazilayotgani ham yuksak ehtiromning yorin namunasidir.

Bayram tadbiri davomida koʻp yillik tajribaga ega qoraqalpoq tili oʻqituvchilari ham soʻzga chiqib, qoraqalpoq tilini asrab-avaylash, uning nufuzini oshirish, rivojlantirish mamlakat taraqqiyotining muhim omili hisoblanishini, shu jihatdan qoraqalpoq tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash yoʻlida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani haqida aytib oʻtdilar.

Qoraqalpoq xalqining atoqli adiblari, yozuvchi va shoirlari nomidagi ijod maktablarida bugun yoshlar bebaho boylik sanalmish qoraqalpoq tili va milliy adabiyotning sir-asrorlarini oʻrganmoqda. Bularning barchasi qoraqalpoq xalqining maʼnaviy boyligi boʻlgan ona tili taraqqiyotiga yuksak eʼtibor samarasidir.

Tadbirda maktab oʻquvchilari qoraqalpoq adabiyoti namunalaridan sheʼrlarni ifodali oʻqib, yigʻilganlarning olqishlariga sazovor boʻldilar. Qoraqalpoq xalqining milliy urf-odat va anʼanalarini oʻzida mujassam etgan sahna koʻrinishlari namoyish etilib, milliy kuy-qoʻshiqlar yangradi.

Tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi davomida qoraqalpoq xalqining tarixini, milliy qadriyatlarini, urf-odat va dasturlarini oʻzida mujassam etgan raqslar bilan bayram tadbiri koʻtarinki ruhda davom etdi.

Sevara Ismoilova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019