16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:59
Siyosat 👁 243

XIZR ELI MAHALLASIDA NAVBATDAGI SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI

XIZR ELI MAHALLASIDA NAVBATDAGI SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI

Aholi muammolari, ularning yechimi boʻyicha barcha hududlarda tuman hokimining sayyor qabullari oʻtkazilmoqda. Ushbu sayyor qabullarda fuqarolarning turli mazmundagi murojaatlari qabul qilinib, oʻrganib chiqilmoqda.

30-noyabr kuni navbatdagi sayyor qabul Xizr eli mahallasida fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida boʻlib oʻtdi. Sayyor qabulda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Kamiljon Aytbayev, Xalq qabulxonasi boshligʻi Erkin Rajabov, fuqarolar yigʻini raisi Otabek Toʻrayev, mutasaddi korxona-tashkilotlar rahbarlari, masʼullari ishtirok etishdi. Shuningdek, fuqarolar yigʻini masʼullari, mahalla beshligi, koʻchaboshchilari va faollar ham qatnashishdi.

Qabulda dastlab bugungi kunda aholi muammolarini oʻrganish, hal etish shu orqali aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar xususida soʻz yuritildi. Shuningdek, tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Kamiljon Aytbayev tumanda aholini kambagʻallikdan chiqarish va iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, xalqning turmush farovonligini yaxshilash, borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yangi loyihalar haqida gapirib oʻtdi.

Prezidentning tumandagi Xalq qabulxonasi boshligʻi Erkin Rajabov ham yurtimizning barcha hududlaridagi Xalq qabulxonalari odamlar ogʻirini yengil qilish, ularning muammolarini hal etishda muhim ahamiyat kasb etayotgani, buni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi faoliyati misolida ham koʻrish mumkinligini taʼkidlab oʻtdi.

Undan tashqari, Prezidentning tumandagi Virtual qabulxonasiga joriy yil boshidan 1-noyabr sanasiga qadar aholidan jami 3755ta masalalar boʻyicha murojaatlar kelib tushgani, shundan 2823tasi Prezidentning ishonch telefoni orqali, 110tasi Prezident pochtasiga, 96tasi Prezident Xalq qabulxonasiga, 55tasi sayyor qabulda, 384tasi Qabulxonaning veb-sayti orqali va 287tasi tuman Xalq qabulxonasida qabul qilingani haqida maʼlumot berdi. Ushbu murojaatlarning 2810tasi, qanoatlantirilgani, shundan, 1546tasi ijobiy hal qilingani, 1240tasiga huquqiy maslahatlar berilgani, 24tasi uzoq muddatli nazoratga olingani, qolgan 516tasiga ogʻzaki tushuntirish berilgani, 28tasi rad etilgani, 125tasi tugatilgani, 6tasi koʻrmasdan qoldirilgani, 10 tasi maʼlumot uchun qabul qilingani va 260tasi koʻrib chiqish jarayonida ekanligini aytib oʻtdi.

Shundan soʻng, fuqarolar muammolarini oʻrganish, ularning turmush tarzini yaxshilash borasida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot – va kambagʻallikni qisqartish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Kamiljon Aytbayev mahalla fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammolar bilan tanishdi. Qabulga kelgan fuqarolar asosan, sogʻliqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, yoʻllarni taʼmirlash, toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha murojaat qilishdi.

Qabul jarayonida 20 nafardan ortiq fuqarolarning murojaati tinglanib, atroflicha muhokama qilindi. Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etilib, muddat talab etiladigan murojaatlar joyiga chiqib oʻrganilishi yuzasidan koʻrsatmalar berib oʻtildi hamda aloqador tashkilotlarga murojaatlarning ijrosini tezroq va aniq muddatlarda bajarish yuzasidan koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019