16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:11
Siyosat 👁 276

Toʻlqin ovulida hokim va yoshlar uchrashuvi oʻtkazildi

Toʻlqin ovulida hokim va yoshlar uchrashuvi oʻtkazildi

Mamlakatning qudratini belgilaydigan omillar koʻp. Biroq, ularning eng asosiylaridan biri shu yurtda voyaga yetayotgan yuksak maʼnaviyatli, jismonan sogʻlom, har tomonlama barkamol avloddir. Yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, muammolarining hal etilishiga yordam berish shuning uchun ham bugungi kunning dolzarb vazifasidir.

Shu sababli Amudaryo tumanida ham yoshlar ishtirokida muntazam ravishda koʻplab uchrashuvlar, davra suhbatlari, sayyor qabullar oʻtkazib kelinmoqda.

4-dekabr kuni tumanning Toʻlqin ovul fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida tuman hokimining yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismoilov, ovul fuqarolar yigʻinining masʼul xodimlari hamda ovul yoshlari ishtirok etdilar.

Mamlakatimizda yoshlarga boʻlgan eʼtibor, oʻsib kelayotgan barkamol avlodga boʻlgan gʻamxoʻrlik davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani bilan ham ahamiyatlidir. Zero yoshlar vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridirlar. Shu boisdan ham ularning hayotidagi muammolarini oʻrganish, hal etish, intilishlarini qoʻllab-quvvatlash kechiktirib boʻlmaydigan vazifalardan hisoblanadi.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan turli xil yoʻnalishlarda 22ta murojaat yoʻllandi. Joyida hal qilish imkoni boʻlgan murojaatlar, taklif va tashabbuslar yuzasidan yoshlarning talablari qanoatlantirildi. Atroflicha oʻrganishni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan esa Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi hamda aloqador muassasa-tashkilotlar rahbarlariga muddatlar belgilanib, topshiriqlar berildi. Murojaatlar bilan bir qatorda uchrashuvda ishtirok etgan yoshlar tuman hokimiga oʻz takliflarini ham berishdi.

Murojaatlarning aksariyati oʻqish uchun kontrakt pullarini qoplab berish, subsidiya asosida mehnat qurollari olish, tadbirkorlik qilish uchun imtiyozli kreditlar olish hamda dehqonchilik qilish uchun yer maydonlari ajratish boʻyicha boʻldi.

Shuningdek, Ismoil Oʻrazboyev koʻchma savdo maydonini auktsionga chiqarib berish, Sherzod Rajapov hamda Joʻrabek Sobirovlar safarbarlik chaqiruvi rezervi xarajatlarini qoplab berish, Muso Yoʻldoshev esa haydovchilik guvohnomasiga oʻqish harajatlarini qoplab berishda amaliy yordam soʻradi.

Uchrashuvda tashabbuskor va faol yoshlar oʻzlarining kelajak rejalari, ularni qiynayotgan muammolar haqida ochiq-oydin gapirdi. Tumanda yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimini ishlab chiqish boʻyicha atroflicha fikr almashildi.

Tuman hokimi yoshlarga murojaat qilar ekan, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan keyingi yillarda yoshlar bilan ishlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim yaratilganligi, yoshlar faoliyatiga doir muhim qaror va farmonlar, qonunlar qabul qilinayotgani va unda yoshlarning ham takliflari oʻrin olayotganligi yoshlarga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning namunasi ekanligini aytib oʻtdi.

Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan uchrashuvda yoshlarga taalluqli barcha dolzarb masalalar keng va toʻlaqonli qamrab olindi.

Yoshlar bilan oʻtkazilayotgan uchrashuvlar negizida kelajak avlodning manfaatini taʼminlash va ertangi yorugʻ kunga zamin yaratish kabi ulugʻvor maqsad yotadi. Shunday ekan, har bir yosh avlodni qoʻllab-quvvtlash, ularga toʻgʻri yoʻl-yoʻriq koʻrsatish, hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish asosiy vazifadir.

Tuman hokimi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026