16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:42
Fan va taʼlim 👁 327

16-va 26-sonli maktablarda Konstitutsiya kuni munosabati bilan tadbirlar oʻtkazildi

16-va 26-sonli maktablarda Konstitutsiya kuni munosabati bilan tadbirlar oʻtkazildi

Har yili 8-dekabr – mamlakatimizning Asosiy Qonuni – Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun ulkan tantana qilinadi. Boisi, davlatimizning erkin va adolatli fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik davlat boʻlishida Konstitutsiyamizning ahamiyati cheksiz.

Mazkur hujjat davlat suverenteti gʻoyalariga yoʻgʻrilgani va inson shaʼni, huquqlarini muqaddas deb eʼtirof etgani bilan, fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini, tinch-totuvligini taʼminlashga xizmat qilayotgani bilan ham har birimiz uchun azizdir. Shuning uchun ham har yili Konstitutsiya qabul qilingan kun yuritimizda keng tantana qilinadi. Sana munosabati bilan maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Konstitutsiya mazmun-mohiyatini targʻib etishga bagʻishlangan turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi, “Konstitutsiyamizni oʻrganamiz” mavzusida darslar oʻtiladi, oʻquvchilarning Asosiy Qonunimiz haqidagi bilimlarini sinovdan oʻtkazish uchun turli tanlovlar oʻtkaziladi.

Amudaryo tumanining Bosuv mahallasida faoliyat yuritayotgan 26-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning 31 yilligi keng tantana qilindi.

Maktabning 3 “B” sinfida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda sinf oʻqituvchisi Roza Gulmonova Konstitutsiya haqida, yosh avlodning taʼlim-tarbiya olishi, barkamol boʻlib voyaga yetishida davlatimizning amalga oshirayotgan gʻamxoʻrligi xususida batafsil tushunchalar berdi.

Oʻquvchilar mavzuga oid sheʼrlar ijro etdilar. 6 “B” sinf oʻqituvchisi Kumushoy Xolimbetova “Konstitutsiya – baxtimiz kafolati” mavzusida sinf soati oʻtdi. Sinf soatida Konstitutsiya haqida maʼruza tinglandi va bu boradagi oʻquvchilarning fikr-mulohazalariga ham keng oʻrin berildi. Muallima barcha fikrlarga munosabat bildirib, darsga yakun yasadi.

Shu kuni maktabning 5-7-sinflari oʻquvchilari oʻrtasida Konstitutsiya mazmun-mohiyatini ifoda etuvchi rasmlar tanlovi boʻlib oʻtdi. Belgilangan muddat ichida oʻquvchilar chizgan suratlarini oʻqituvchilar jamoasidan tuzilgan hakamlar hayʼati aʼzolari odilona baholadilar. Natijalarga koʻra, Jahongir Rajabboyev, Shodibek Ahmadov, Qamaroy Xudoyberganovalar chizgan rasmlar eng mazmunli va maqsad aniq ifoda etilgan, deb topildi. Fan oʻqituvchisi Nargiza Avazmurotova tanlov gʻoliblarini eʼlon qildi va taqdirladi.

Sana munosabati bilan maktabning huquqshunoslik fani oʻqituvchisi Nilufar Saʼdullayeva 9 “A” sinfda “Konstitutsiyamiz haqidagi bilimlarimiz” mavzusida davra suhbati oʻtkazdi.

Davra suhbatida oʻquvchilar Konstitutsiya haqidagi fikr mulohazalarini bildirdilar va mazkur hujjat yurtimizning yoshi, jinsi, mavqeidan qatʼiy nazar, har bir fuqarosi uchun emin-erkin yashashi, munosib sharoitlarda mehnat qilishi, oʻqishi va baxtiyor yashashining kafolati ekanligini taʼkidladilar.

Mavzu yuzasidan 9 “B” sinf oʻquvchilari orasida insholar tanlovi oʻtkazildi. Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Gulsevar Kamolova oʻtkazgan ushbu tanlovda Shahnozabonu Masharipova, Dilnavoz Ahmadovalar gʻolib, deb topildi.

Konstitutsiyamizning 31 yilligi sharafiga tashkillashtirilgan tadbirlar maktab badiiy havaskor oʻquvchilarining maxsus kontsert dasturiga ulanib ketdi.

Mangʻit shahrida joylashgan 16-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” deb nomlangan madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirni maktabning davlat va huquq asoslari fani oʻqituvchilari Maʼrifat Rajabova, Adolat Davekovalar 7-, 8-, 9-sinflar oʻquvchilari ishtirokida  tashkillashtirdilar.

Maktab faollar zalida boʻlib oʻtgan tadbirga maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari, ota-onalar vakillari ishtirok etdilar. Unda dastlab Konstitutsiyamiz haqida maʼruzalar oʻqildi va uning mazmun-mohiyati haqida oʻquvchilarga keng tushunchalar berildi.

Aytish joizki Asosiy Qonunimizning mazmun-mohiyati, uning hayotimizda tutgan oʻrni va ahamiyatini oʻquvchilar ongiga chuqur singdirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu mazkur tadbirda ham oʻquvchilarning Konstitutsiyaning moddalariga bergan taʼrif-sharhlarida yaqqol namoyon boʻldi.

Oʻquvchilar ijro etgan Konstitutsiya, ona Vatan, tinchlik osoyishtalik va baxtiyor bolalik haqidagi sheʼrlar, qoʻshiqlar va raqslar tadbirga yana ham oʻzgacha shukuh bagʻishladi.

Tadbir oʻquvchilar namoyish etgan Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi oʻrni, ahamiyatini targʻib etuvchi sahna koʻrinishi bilan nihoyasiga yetdi.

Oʻtkazilgan tadbirlar oʻquvchi-yoshlarga baxtimiz, tinch-osoyishtaligimiz, farovon hayotimiz kafolati boʻlgan Asosiy Qonunimizni keng targʻib etgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019