16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:42
Salomatlik 👁 332

Bosuv mahallasi – jinoyatchilik va huquqbuzarliklardan xoli hudud

Bosuv mahallasi – jinoyatchilik va huquqbuzarliklardan xoli hudud

Bugungi kunda yuksak taraqqiy etgan Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlidagi saʼy-harakatlar izchillik bilan davom ettirilmoqda. Qator sohalarda erishilayotgan yuksak marralar ozod va obod yurtimizning nufuzini oshirayapti. Bunyodkor xalqimiz oʻz rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidan dadil odamlab, tinch, osuda turmush kechirayapti.

Ana shunday farovon va erkin hayotimizni turli oqimlar va yovuz kuchlardan asrash, baxtiyor turmush barqaror boʻlishiga erishish bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Chunki tinchlik, osoyishtalik hukm surgan yurtda yuksalish, taraqqiyot boʻladi. Shu boisdan-da globallashuv jarayoni shiddat bilan kechayotgan bugungi davrda ogohlik va sergaklik bilan yurtimizdagi osuda hayotining bardavom boʻlishiga xizmat qilish barchaning vazifasidir.

Bu boradagi Amudaryo tumanida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarga munosib hissa qoʻshish maqsadida amunews.uz sayti tahririyati Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi taʼsis etgan “Mahallalarda, oilalarda ijtimoiy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarning oldini olish” yoʻnalishidagi grant tanlovida “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” nomli loyihasi bilan qatnashib, gʻolib boʻldi va ayni kunlarda mazkur loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.

Grant loyihasi ish rejasida mahalla ahli, ayniqsa yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish, jinoyat sodir qilishga moyil, muqaddam sudlangan va jinoyat sodir qilgan shaxslar bilan ishlashish borasida boshqalarga oʻrnak boʻlayotgan ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari faoliyatini keng targʻib qilish vazifasi ham koʻzda tutilgan. 19-dekabr kuni tahririyat xodimlari ana shunday mahallalardan biri – Bosuv mahallasida boʻlib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Aytish joizki, ushbu mahallada 730ta xonadonda 900ta oilalar istiqomat qiladi. Oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz, rus millatiga mansub 3 ming 720 nafar aholining 1 ming 655 nafarini 30 yoshgacha boʻlganlar tashkil etadi.

Mahallada yosh avlodni komil insonlar qilib voyaga yetkazish, hayotda oʻz oʻrinlarini topishlari uchun ularning ilm olishlari, kasb-hunar oʻrganishlari uchun mahalla, oila va taʼlim muassasasi oʻrtasida mustahkam hamkorlik oʻrnatilgan. Oilalarda dunyoga kelgan farzandlarni milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizga hurmat ruhida, bir-biriga mehr-oqibatli qilib voyaga yetkazishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Taʼlim-tarbiyani bugungi kun talablari asosida olib borib, yuksak maʼnaviyatli, maʼrifatli qilib kamolga yetkazishga harakat qilishmoqda.

Bu haqda mahallada oʻtkazilgan tadbirda ham batafsil soʻz yuritildi. Tadbirda 26-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Hamida Ortiqova, amunews.uz sayti muxbiri – loyiha koordinatori Oygul Rajabova, hudud inspektor-psixologlari Husniddin Safarboyev, Dilshod Aminov, Bosuv mahalla fuqarolar yigʻini raisi Erkin Eshmurodov, xotin-qizlar faoli Dilfuza Abdullayeva, mahalla nuroniylari Hanifa Kamolova, Qurbonboy Bobojonov, Fayzulla Shukurullayev, yoshlar vakili Shahzoda Erdoshevalar kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Soʻzga chiqqanlar aholi, ayniqsa yoshlar orasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish borasidagi choralarni yana ham kuchaytirish lozimligini taʼkidladilar.

Aytish joizki, hududdagi 26-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi tumanning eng ilgʻor taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. 2022-2023 oʻquv yilida maktabning 18 nafar bitiruvchilarining 14 nafari oliy taʼlim muassasalarining talabalari boʻlishdi.

Muassasada maʼmuriyat tomonidan pedagogik jamoa, oʻquvchilar orasida sogʻlom maʼnaviy muhit yaratilganligi, tuman Ichki ishlar boʻlimida faoliyat yuritayotgan inspektor-psixolog Husniddin Safarboyevning oʻquvchi-yoshlar bilan yaxshi ish olib borayotganligi natijasida oʻquvchilar orasida tartibbuzarlik, huquqbuzarlik holatlari sodir etilishining oldi olinayapti. Mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari, profilaktika inspektori ishtirokida hududda tinchlik-osoyishtalik barqaror boʻlishi yoʻlida tizimli ishlar amalga oshirilayapti. Natijada joriy yil davomida huquqbuzarlik, jinoyatchilik holatlari sodir etilmadi. Profilaktik hisobga olingan fuqarolar, yoshlar yoʻq.

Oʻtkazilgan tadbir davomida bu boradagi ishlarni yanada jonlantirish, tumanning boshqa ovul va mahallalari oʻrtasida ham ilgʻor tajribalarni keng ommalashtirish borasida fikrlar almashildi.

Sevara ISMOILOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026