16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:31
Siyosat 👁 324

TUMANIMIZDA “PREZIDENT ARChASI” BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI

TUMANIMIZDA “PREZIDENT ARChASI” BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI

29-dekabr kuni Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimining tomoshalar zalida bolajonlarning eng sevimli bayramlaridan biri “Prezident archasi” tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼullari, maktab oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Bayram tadbirini tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ochib berdi hamda joriy yilda tumanimizda barcha sohalarda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilib, kelgusi yil rejalari xususida, taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan vazifalar xususida toʻxtaldi. Shuningdek, tuman hokimi bolajonlarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan qizgʻin qutladi va jamoatchilik vakillari ishtirokida ota-ona qarovisiz qolgan 18 nafar bolajonlarga Prezidentimizning sovgʻalarini topshirdi.

Mamlakatimizda bolalar kelajagimiz vorislari, millatimiz davomchilari sifatida eʼzozlanadi. Poyoniga yetayotgan 2023-yil – Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yilida ertamiz egalarini har tomonlama kamolga yetkazish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yosh avlodni turli yot gʻoyalar, mafkuraviy tahdidlardan ishonchli himoyalash, ularning bilim va maʼnaviyatini yanada boyitishga qaratilgan keng qamrovli maʼrifiy loyihalar, amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Kam taʼminlangan, ota-ona qarovisiz qolgan bolalarga mehr va gʻamxoʻrlik koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yangi yil arafasida kam taʼminlangan oilalarning farzandlariga kiyim-kechaklar hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilishi bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshdi.

Jonajon Vatanimizda har bir inson aziz, uning qadr-qimmati yuksak. Shunga monand xalqimizning mehri daryo, saxovati ummon. Ayniqsa, farzandlarga mehr-muhabbat koʻrsatish azaliy qadriyatimiz. “Prezident archasi” bayram tantanalarida ham xalqimizning ana shunday insonparvarlik, mehr-oqibatlilik kabi ezgu fazilatlari yana bir bor namoyon boʻladi. Bu tadbir bolalarga quvonch, bir umrga unutilmas xotiralar tuhfa etadi.

Tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan maxsus musiqiy teatrlashtirilgan dastur, iqtidorli bolajonlar tomonidan sahnalashtirilgan musiqiy chiqishlar bayram qatnashchilari eʼtiboriga havola etildi. Qiziqarli sarguzashtlarga boy voqealar, kuy-qoʻshiqlar, raqslarni oʻzida jamlagan sahna koʻrinishi orqali kichkintoylar ahillik, hamjihatlik, mehnatsevarlik, halollik kabi insonga ziynat bagʻishlovchi fazilatlarning ahamiyatini yanada chuqurroq his qildilar.

Bayram dasturi davomida chiroyli bezatilgan Archa atrofida Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari ishtirokidagi tomoshalar bolajonlarni vatanparvarlik, doʻstlik, fidoyilik, tinchlik va osoyishtalikning qadriga etish kabi ezgu gʻoyalarga undadi.

Tadbir nihoyasida barcha bolalar, yosh ijrochilar, bayram ishtirokchilari joʻrlikda “Prezident archasi” qoʻshigʻini ijro etdi.

Yangi yil munosabati bilan bayram tantanalari tumanimizdagi barcha taʼlim muassasalari, mehnat jamoalarida koʻtarinki ruhda davom etmoqda.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019