16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:26
Jamiyat 👁 385

Bir kelib keting mahallamizga...

Bir kelib keting mahallamizga...

Bu mahallada qachon qarasang qurilish, yangilanish, bunyodkorlik, odamlari ishning koʻzini biladigan, tinib-tinchimas va shu bilan birgalikda sodda va samimiy! Koʻchalarini kezsang haqiqiy oʻzbek mahallasidagi fayzni his etasan... Ha, bu taʼriflar Mangʻit shahriga kiraverishda joylashgan Gulzor MFYga tegishli. Odatda, qaysidir hududga tashrif buyurganimizda oʻsha hududga kiraverishdagi ovul yoki mahalla eʼtiborimizni koʻproq tortadi. Yani ular hududning moddiy va maʼnaviy hayotidan hikoya qilganday boʻladi, odamda ilk taassurot uygʻotadi. Shuni hisobga oladigan boʻlsak, Mangʻitimizga tashrif buyurgan mehmonning koʻnglidan Gulzor MFY yonidan oʻtayotib, shahrimiz haqida ijobiy taassurotlar kechsa ajab emas.

Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar kelajak poydevori” nomli grant loyihasi esa bizni ushbu MFY faoliyati bilan yaqindan tanishishga chorladi.

Gulzor MFYda 858 ta xonadon mavjud, shuningdek, ushbu xonadonlarda 1062 ta oila va ularda 4085 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallaga Bahrom Yuldashov raislik qiladi. Chindanda, yurt dardi bilan yashaydigan, chinakam fidoyi insongina mahalla raisi boʻlishga loyiq. Bu inson ham oʻz hayotini, dard-u, tashvishlarini oʻzi rahbarlik qilayotgan mahalla bilan bogʻlagan. Har kuni uning oldiga turli xil murojaat va takliflar bilan yoki mahalladan koʻmak soʻrab kelayotgan fuqarolarning muammolarini tinglash, joyida hal etish uning bosh maqsadi.

Mahallaning rivojlanishida, aholisining ish bilan taʼminlanganlik darajasining oʻsishida albatta mahalladagi hokim yordamchilarining oʻrni alohida. Gulzor MFY hokim yordamchisi Akbarjon Rajapov ham mahallada tadbirkorlarning safi kengayishida hormay, tolmay mehnat qilib kelmoqda. Tadbirkorlik qilish istagida oldiga kelgan har bir fuqaro bilan samimiy munosabatda boʻlib, uning tadbirkorlik boʻyicha birorta taklif yoki murojaatini eʼtibordan chetda qoldirmaydi. Kredit olishda, oʻz biznesini yaratishda astoydil harakat qiladi.

Mahallaning asosiy oʻsish drayveri aholiga savdo va xizmat koʻrsatish boʻlib, hozirgi kunda mahallada 60 dan ortiq savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatmoqda. Shuningdek, 2023-yil mahallada 6,3 km uzunlikda Avaz Oʻtar, Istiqbol, Usmon Nosir koʻchalariga tosh yotqizilib Istiqbol koʻchasiga transformator oʻrnatildi. Bundan tashqari mahallaga ajratilgan 500 million soʻmga Ogahiy koʻchasiga piyodalar yoʻlakchasi bilan tungi yoritqich chiroqlari oʻrnatildi, koʻp qavatli uylar kirib chiqish qismiga zamonaviy kameralar oʻrnatildi.

Ha, Gulzorni haqiqatan tadbirkorlar elati, deyish mumkin. Mahallada 2023-yil davomida 168 ta fuqarolarga tegishli davlat dasturlari asosida 2 mlrd 300 million soʻmlik kreditlar ajratildi. Jumladan, hokim yordamchisi koʻmagida “Qurilish xizmat” MChJga akfa eshik deraza romlari ishlab chiqarish uskunasi sotib olish uchun 33 million soʻm ajratilib, bugungi kunda oʻz faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Maskanda ishlab chiqarilayotgan eshik va deraza romlari xalqimizning ogʻirini yengil qilmoqda.

Suv – poklik ramzi. Yurtdoshlarimizni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash esa ham savobli, ham daromadli ish. Fuqaro Ikrom Bazarbayevga amaliy yordam koʻrsatilib, 33 million soʻm imtiyozli kredit olib oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlab yuborishiga koʻmaklashildi. Tadbirkor hozirda tozalangan suv ishlab chiqarish uskunasi ortidan daromad topmoqda.

Shu bilan birgalikda, mahallada yana 220 nafar fuqarolar xar xil tadbirkorlik yoʻnalishida oʻzini oʻzi band qilishiga erishilgan. MFYda yoshlarning bandligini taʼminlash va tadbirkorlik gʻoyalarini qoʻllab quvvatlash maqsadida 40 dan ortiq yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratilib oʻzini oʻzi band qildi, shundan ishsiz yosh Yuldasheva Marhabo imtiyozli kredit olib tomorqasiga issiqxona qurib xar xil koʻkatlar va koʻchatlar yetishtirmoqda. Tadbirkorning issiqxonasida asosan, koʻk piyoz, rediska kabi poliz mahsulotlari yetishtirilib, oila isteʼmolidan ortgan qismini bozorga olib chiqib sotadi, daromad qiladi.

Shuningdek, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishda mahallaning yoshlar yetakchisi Jahongir Hayitboyevning oʻz oʻrni bor.

Mahalla qadriyatlar beshigi. Xalqimizning yaxshi yomon kunini, toʻy marakalarini mahalla ahlisiz tasavvur qila olmaymiz. Chunki odam ODAM bilan tirik, koʻngil koʻngildan suv ichib yashaydi mudom.

Xalqni birlashtirish, uning dard-u tashvishi-yu, quvonchini birgalikda baham koʻrish esa MFYlari zimmasidagi ulkan masʼuliyat. Ana shu masʼuliyatni his etib, shu yurt, shu el uchun fidokorona mehnat qilib kelayotgan mahalla beshligining kelgusidagi faoliyatiga omad yor boʻlsin, deymiz.

Aziza MADRAHIMOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026