16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:56
Jamiyat 👁 159

TAʼLIM-TARBIYa MUASSASALARIDA BILIMDON YoShLAR VOYaGA YeTMOQDA

TAʼLIM-TARBIYa MUASSASALARIDA BILIMDON YoShLAR VOYaGA YeTMOQDA

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 85ta umumtaʼlim maktabi, 52ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti, 78ta oilaviy va 4ta davlat xususiy sheriklik asosidagi MTTlarda oʻquvchi-yoshlarning bilim olishlari, sport bilan shugʻullanib, oʻz iqtidorlarini rivojlantirishlari hamda MTTlarda bolajonlarning yayrab oʻsishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Ayni paytda tuman MMTB tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarida 38813 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olishmoqda. 2022-2023 oʻquv yilida 78ta umumtaʼlim maktablari va ixtisoslashtirilgan maktabni 2750 nafar yoshlar muvaffaqiyatli bitirishdi. Bitiruvchilardan 790 nafari davlat OTMlariga, 499 nafar bitiruvchi belgilangan kvotalar boʻyicha, 151 nafar yoshlar esa nodavlat OTMlarga oʻqishga qabul qilindilar. 2022-2023 oʻquv yili yakunlariga koʻra, turli toifadagi OTMlarga oʻqishga qabul qilingan bitiruvchilar 1440 nafar boʻlib, 52 foizni tashkil etdi.

Amudaryolik bitiruvchi-yoshlar orasida 2022-2023 oʻquv yilini alohida yutuqlar bilan yakunlaganlar koʻp boʻldi. 2022-2023 oʻquv yilida V2, S1 sertifikatlarini qoʻlga kiritgan 36 nafar oʻquvchi maktabni oltin, 11 nafar oʻquvchi kumush medal bilan muvaffaqiyatli tamomladilar. 50 nafar bitiruvchi V2 darajali, 5 nafar oʻquvchi S1 darajali sertifikatlar sohiblari boʻlishdi.

Oʻquvchilarga jahon andozalari darajasida taʼlim-tarbiya berishda yuksak bilim va salohiyatga, sohada oʻziga xos uslubga ega oʻqituvchilar safi oshib borayotgani quvonarli. Bugungi kunda xalqaro va milliy sertifikatga ega oʻqituvchilar 343 nafarni tashkil etadi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Xalq taʼlimi vaziri jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama toʻlanadigan pedagoglarni aniqlash maqsadida oʻtkazilgan ikki bosqichli tanlovda 7 nafar oʻqituvchi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 80 balldan yuqori natijalarga erishdilar. Yuqoridagi Qarorga koʻra, 7 nafar oʻqituvchilarga har oyda vazir jamgʻarmasi hisobidan 5,5 mln. soʻm miqdorida ustama toʻlash belgilandi.

MMTB tomonidan 2022-2023 oʻquv yilida bitiruvchilar bandligini taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratildi. 1440 nafar bitiruvchi OTMlar talabasi boʻlib, taʼlimning keyingi bosqichida oʻqishni davom ettirmoqda.

Joriy yilda 45-sonli, 1-sonli 31-, 44-sonli va 86-sonli maktablarida mukammal va joriy qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, oʻqituvchi va oʻquvchi-yoshlar uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratildi.

Fanlar olimpiadasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida 7 nafar oʻquvchilar 1-, 2-, 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi. 3-sonli maktab kutubxonasi mudirasi Tazaxan Qidirniyazova esa “Scientific Publication” milliy matbuot markazi, “Best Publication” ilmiy tadqiqotlar markazi va “Scientific Academy” tomonidan tashkil etilgan “MDH yetakchilari” xalqaro ilmiy-amaliy koʻrik-tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, esdalik koʻkrak nishoni va maxsus guvohnoma bilan taqdirlandi. 40-sonli va 36-sonli maktablarning fizika fani oʻqituvchilari Sarvar Yaxshimurodov va Xushnud Chorshamov, 59-sonli maktabning kimyo fani oʻqituvchisi Umar Boltaboyev, 32-maktabning tarix fani oʻqituvchisi Nabijon Matnazarov, 52-maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Umida Xudoyberganova, 1-maktabning ingliz  tili fani oʻqituvchi Muhabbat Xudoyberganova, 55-sonli maktabning geografiya fani oʻqituvchisi Bahodir Oʻtaboyevlarning oʻquvchilari fanlar olimpiadasining tuman va Respublika bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi MMTB tomonidan amalga oshirilayotgan “Zamonaviy maktab” loyihasi doirasida 2022-2023 oʻquv yili davomida 40-sonli maktabga 2-darajali, 32-, 33-, 22-, 48-sonli maktablarga 3-darajali “Zamonaviy maktab” maqomi berildi.

Ayni paytda Amudaryo tumani MMTB tasarrufidagi barcha taʼlim-tarbiya muassasalarida sohaga tatbiq etilayotgan innovatsion loyihalarni amalga oshirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni Uchinchi Renessansning ilgʻor fikrli, salohiyatli, yuksak maʼnaviyatli insonlari qilib tarbiyalashdek sharafli va maʼsuliyatli vazifani ado etish, 2023-2024 oʻquv yilining ikkinchi choragi muvaffaqiyatli yakunlanib, oʻquv yilining hal qiluvchi uchinchi choragi uchun belgilangan ulugʻvor rejalarni ado etishga qaratilgan saʼy-harakatlar jipslik asosida, yuqori saviyada olib borilmoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019