16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:17
Sport 👁 263

2009-2012-YILLARDA TUGʻILGAN OʻSMIRLAR OʻRTASIDA OChIQ BIRINChILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

2009-2012-YILLARDA TUGʻILGAN OʻSMIRLAR OʻRTASIDA OChIQ BIRINChILIK MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

Yoshlarni harbiy sohaga qiziqtirishda, ularning jismonan sogʻlom, aqlan yetuk boʻlib ulgʻayishida vatanparvarlik oyligi doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarning oʻrni alohidadir.

11-yanvar kuni Amudaryo tumani sport maktabida tuman hokimligi, yoshlar ishlari agentligi, tuman Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimi, sport maktab hamkorligida sportning shaxmat, dzyudo, suzish va stol tennisi turlari boʻyicha tuman ochiq birinchiligi oʻtkazildi.

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 32 yilligi munosabati bilan “Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir” shiori ostida oʻtkazilgan musobaqada 2009-2012-yillarda tugʻilgan oʻsmir-bolalar, qizlar ishtirok etdilar.

Musobaqalarning boshlanishi bayram tusini oldi. Saf tortib turgan oʻsmir-yoshlarni tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi Sherzod Murodov 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan qizgʻin muborakbod etdi va musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishini tiladi.

Musobaqalarga start berilishini barcha ishtirokchilar quvonib olqishladilar.

Bellashuvlarning dzyudo turi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarida 32 kilogramm vaznda Dilshodbek Ismoilov, 35 kilogramm vaznda Suhrob Rustamov, 38 kilogramm vaznda Alixon Sobirov, 42 kilogramm vaznda Javohir Jumamurodov, 46 kilogramm vaznda Oybek Ollomberganov, 50 kilogramm vaznda Nurbolat Yestoyev, 55 kilogramm vaznda Botirjon Xudoyberganov, 60 kilogramm vaznda Farrux Ahmadov, 60 kilogrammdan ziyod vaznda Gʻulomjon Yangiboyevlar tengdoshlaridan kuchliligini namoyish qilib, birinchi oʻrinlarni yengib oldilar.

Shuningdek, shaxmat boʻyicha bellashuvlar ham qizgʻin kechdi. Uch tur bahslaridan soʻng  qizlar oʻrtasida Dilnoza Toʻrayeva, Xolida Otajonova,  Diyora Maxsudova, Lola Koʻklanboyeva, oʻgʻil bolalar orasida esa Kamronbek Karimboyev, Asadbek Shomurodov, Abdulaziz Yusupov va Sultonbek Toʻliboyevlar musobaqa gʻolib va sovrindorlari boʻldilar. Stol tennisida esa oʻgʻil bolalar orasida Zafarbek Yunusov, Elyor Baxtiyorov, Otabek Tirkashev, Jahongir Bozorboyev, qiz bolalar orasida Umida Baxtiyorova, Dinora Sadaddinova, Lolaxon Baxtiyorova, Munisa Sultonovalar eng yaxshi natijalarni koʻrsatdilar.

Suzish sport maktabda yoʻlga qoʻyilgan eng kenja turlardan hisoblansa-da, oʻsmirlar, yoshlar orasida ommaviy tus olmoqda. Shugʻullanuvchilar orasidan nufuzli musobaqalar gʻoliblari yetishib chiqqanligi fikrimiz dalilidir.

Mazkur musobaqada ham suzish boʻyicha eng mahoratlilar aniqlandi. Oʻgʻil bolalar oʻrtasida Arslon Xolboyev, qizlar orasida Aygerim Marksovalar barcha tengdoshlaridan kuchli ekanligini namoyish etib, birinchi oʻrinni yengib olishdi.

Gʻolib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi juda hayajonli va taassurotlarga boy boʻldi.

Gʻolib va sovrindor boʻlgan yosh sportchilarni tuman hokimi Sobir Xoʻjametov qizgʻin tabriklab, diplom, qimmatbaho sovgʻalar topshirdi hamda kelgusida tumanimiz sport sharafini yuksak koʻtaradigan nomdor sportchilar boʻlib yetishishini tiladi.

Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab sportning 4ta turi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalar sport maktabda shugʻullanayotgan oʻgʻil-qizlarga ulkan motivatsiyalar berdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019