16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:26
Salomatlik 👁 236

QOʻTIR – YuQUMLI KASALLIK

QOʻTIR – YuQUMLI KASALLIK

Qoʻtir – kanalar chaqiradigan va qichishish bilan xarakterlanadigan terining parazitar kasalligidir. Kasallikning qoʻzgʻatuvchisi qoʻtir kanasi hisoblanadi, bunda kanalar teri ichida parazitlik qilishi bilan birga, teri tashqarisida ham faoliyat koʻrsatishi mumkin. Qoʻtir kanalari turli jinsli parazit boʻlib, 30-45 kun umr koʻradi, ammo mana shu qisqa vaqt ichida 40-50 tagacha tuxum qoʻyishga ulguradi.

Qoʻtir kanasi kunduzi faol boʻlmaydi, urgʻochilari faqat kechki vaqt va tunda yuzaga chiqadi. Kanaga inson terisiga kirib borishi uchun taxminan 30 daqiqa kerak. Tashqi muhitda kana tezda vafot etadi. Qanchalik issiq va quruqroq boʻlsa, kana faolligi hatto, undan ham oldin toʻxtaydi. Aksariyat hollarda kasallik bemor bilan yaqin maishiy muloqotda boʻlganda, qoʻl berib koʻrishganda, aniqrogʻi bitta oʻrin-koʻrpadan foydalanilganda yuqib qoladi.

Qoʻtir bilan kasallanish mavsumiy xarakterga ega boʻlib, asosan kuz-qish oylarida tarqalishi koʻp kuzatiladi. Kasallikdan yosh bolalar koʻproq zarar koʻradi. Kasallikning xarakterli belgilari qichishish va papulovezikulyoz toshma boʻlib, baʼzan toshmalarni qashish natijasida infektsiya tushishi sabab ikkilamchi yiringli elementlar qoʻshilishi mumkin.

Bemorlarning shifokorga murojaat qilishiga majbur qiladigan asosiy subʼektiv belgi bu terining qichishidir. Qichish oqshomga borib boshlanadi va kechasi avj oladi. Chunki bu vaqtda kanalar terini kovlayotgan boʻladi. Qoʻtir kanasi 15-20 daqiqa ichida terini kovlab, ichiga kirishga ulguradi. Kasallik zoʻrayganda kechasi teri shu qadar qichiydiki, hatto bemor mijja qoqmay, tonggacha qashinib chiqadi. Oqibatda bolalar injiq boʻlib qoladi, kattalarning esa mehnat qobiliyati nisbatan pasayadi. Tana terisi kunduzi deyarli qichimaydi, bemorlar refleks ravishda qashinadilar.

Qoʻtir bilan kasallangan bemorlarni statsionarga yotqizib davolash zarur. Bemorning barcha oila aʼzolari va u bilan aloqada boʻlgan shaxslarni tekshirish iloji boricha qisqa muddatlarda oʻtkazilishi lozim. Bemorning oila aʼzolari va u bilan yaqin aloqada boʻlgan shaxslarni aniq va sifatli tekshiruvdan oʻtkazish zarur. Agar u maktabda oʻqisa, sinfidagi bolalar, MTT tarbiyalanuvchisi boʻlsa, hamma bolalar va barcha xizmat koʻrsatayotgan xodimlar tekshiriladi. Bolalar muassasalarida har kungi tibbiy koʻrik oʻtkazilishi shart. Qichima bilan kasallangan bemorlarni toʻliq statsionarga yotqizish zarur.

Bu kabi kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida tuman SEO va JSB dezinfektsiya boʻlimi xodimlari tomonidan kasallik aniqlangan oʻchoqlarda kamerali usulda dezinfektsiya tadbirlari olib borilmoqda.

G.Seytbayeva,

QR SEO va JSB dezinfektsiya boʻlimi mudiri.

D.Gulmirzayev,

Amudaryo tumani SEO va JSB dezinfektsiya boʻlimi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019