16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:54
Jamiyat 👁 283

Tabiiy gaz bosimining pastligi, suv, elektr taʼminotidagi uzilishlar: tuman hokimligidagi shtabga shu kungacha 225 ta murojaatlar kelib tushdi

Tabiiy gaz bosimining pastligi, suv, elektr taʼminotidagi uzilishlar: tuman hokimligidagi shtabga shu kungacha 225 ta murojaatlar kelib tushdi

Qoraqalpogʻistonda qish mavsumi ob-havosi Respublikamizning boshqa hududlariga nisbatan ayozli boʻladi va uzoqroq davom etadi. Shu boisdan ham aholining tabiiy gaz va isitish tizimiga, elektr energiyasiga ehtiyoji ortib ketadi. Bu oʻz navbatida baʼzan isitish moslamalaridan xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmay foydalanganda favqulodda holatlar yuzaga kelishi, yongʻin, is gazidan zaharlanish kabi noxush holatlar sobir boʻlishiga sabab boʻlishi mumkin.

Amudaryo tumanida aholini qish mavsumidan talofatlarsiz olib chiqish, ularning tabiiy gaz, oʻtin, koʻmir va boshqa yoqilgʻilarning chala yonishi oqibatida paydo boʻladigan is gazidan zaharlanishining oldini olish, yongʻinlar sodir boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik hamda isteʼmolchilarga elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvini uzluksiz yetkazib berish, ularning bu borada duch kelgan muammolarini tezkorlik bilan hal etish maqsadida shtab faoliyati yoʻlga qoʻyilgan edi.

Shtab sutkaning barcha vaqtlarida uzluksiz faoliyat koʻrsatishi uchun “Qoraqalpoq suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati tuman filiali, “Amudaryotumangaz”, tuman elektr tarmoqlari korxonasi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Sanitariya epidemiologik-osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi masʼul xodimlarining navbatchiligi tashkil etilgan va ishonch telefoni muntazam ishlab turibdi.

Shtab tashkil etilgan 2023-yilning 28-sentyabridan joriy yilning 16-yanvariga qadar ushbu ishonch telefoni orqali aholidan 225ta murojaatlar qabul qilingan va tezkorlik bilan chora-tadbirlar koʻrilib, ijobiy hal etilgan.

Shtabga koʻplab yurtdoshlarimiz qatori Mangʻit shahrining Chordara mahallasida istiqomat qiluvchi Xosiyat Qutimova suv tarmogʻidagi nosozlik, Beshtom mahallasida istiqomat qiluvchi Komiljon Toʻliboyev xonadoniga qoʻyilgan suv oʻlchagich ishlamay qolganligi, Gulzor mahallasidagi koʻp xonadonli uyning 5-qavatida istiqomat qiluvchi yana bir yurtdoshimiz uyining tomonidan chakka oʻtayotganligi, Xolimbeg ovulidan Yunus Tursunov elektr energiyasidagi uzilishlar boʻlayotgani yuzasidan murojaat qilishgan. Kelib tushgan murojaatlarning koʻpchiligi tabiiy gaz bosimining pastligi, suv, elektr taʼminotidagi uzilishlarga doir boʻlib, muammolar tegishli sohalar mutasaddilari tomonidan oʻz vaqtida hal etish choralari koʻrilayotir.

Shunisi eʼtiborliki, shtab aʼzolariga va ishonch telefoni orqali murojaat qilayotgan yurtdoshlarimizga tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi mutasaddilari aholini qish mavsumidan talofatlarsiz olib chiqish maqsadida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda holatlarning oldini olish yuzasidan keng tushunchalar berib bormoqdalar.

Ular aholi xonadonlarida ham boʻlib, tabiiy gazning toʻliq yonmasligi, xona ichida toʻplanib qolishi, gaz plitalarining, isitish qozonlarining yoqib, qarovsiz qoldirilishi is gazidan zaharlanish, yongʻin kabi koʻngilsiz hodisalar sodir boʻlishiga olib kelishini batafsil tushuntirmoqdalar. Bu borada fuqarolar ogohlikka, hushyorlikka daʼvat etilmoqda.

Albatta, buningdek targʻibot tadbirlari oʻzining ijobiy natijalarini beradi. Shu yilning 15-yanvarida Ayoqchi mahallasida istiqomat qiluvchi Qoʻziboy Rahimov shtabga xonadonida tok kuchlanishi baland ekinligi xususida ishonch telefoni orqali murojaat qilgan edi. Shtab navbatchilari bu haqda tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbariyatiga maʼlum qilgan. Natijada yuqori kuchlanishli tok tufayli kelib chiqishi mumkin boʻlgan noxush holatning oldi olingan.

Xulosa qilib aytganda, shtab faoliyati tumanimizda aholining qish mavsumini betalofat oʻtkazishiga xizmat qilayotgani bilan juda ahamiyatli.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019