16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:18
Siyosat 👁 315

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 69-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 69-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2024-yil 17-yanvar kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi – 69-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi raisining oʻrinbosari Gʻulomjon Yeshniyozov ochdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 8-Boʻston saylov okrugidan deputat Maqsud Saʼdullayev saylandi.

Sessiyada sektorlar rahbarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari masʼullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyada dastlab qonuniylik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati toʻgʻrisida tuman prokurori Aziz Roʻzmetovning axboroti tinglandi.

Axborotda tuman prokuraturasi tomonidan 2023-yil davomida “Inson qadri uchun” degan ezgu gʻoyani toʻliq roʻyobga chiqarish, hududda qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Xususan, 2023-yilda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida 525ta prokuror nazorati hujjati qoʻllanilgan hamda mansabdor shaxslarning noqonuniy buyruq va qarorlariga 187ta protestlar keltirilgan, 60ta taqdimnomalar kiritilgan, 162 nafar shaxslar intizomiy va maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

Sessiya ishida tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularning profilaktikasini tashkil etish boʻyicha oʻtgan yil davomida amalga oshirgan ishlar yuzasidan tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jamoladdin Yusupov hisobot berdi.

Tumanda umumiy jinoyatchilik tahlil qilinganda, oʻtgan yilga nisbatan 275 dan 285 ga, jinoyat qidiruv yoʻnalishida 184 dan 189 ga hamda boshqa sohadagi jinoyatlar esa 47 dan 52 ga oshgan. Oʻtgan yil davomida 1-sektor hududida 87ta, 2-sektor hududida 85ta, 3-sektor hududida 40ta, 4-sektor hududida 73ta jinoyatlar sodir etilgan. Hisobotda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi.

Sessiyada tumanda jismoniy va yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga joriy yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash toʻgʻrisida Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻining oʻrinbosari Rasul Oʻrazimbetov hisobot berdi.

Hisobotda 2024-yil uchun jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari boʻyicha yer soligʻi stavkasini tuman markazi, yaʼni Mangʻit shahri uchun 1 kvadrat metr yerga 210 soʻm 24 tiyin miqdorida, tumanning qishloq joylari uchun esa 1 kvadrat metr yerga 163 soʻm 52 tiyin miqdorida belgilash taklif qilindi.

2024-yil uchun yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari boʻyicha yer soligʻi stavkasini esa tuman markazi, yaʼni Mangʻit shahri uchun 1 gektar yerga 24 ming 97 soʻm 50 tiyin miqdorida, tumanning qishloq joylari uchun esa 1 gektar yerga 19 ming 845 soʻm miqdorida belgilash taklif qilindi.

Shundan soʻng sessiyada tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi Faxriddin Abdullayevning “Aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatilishini taʼminlash va takomillashtirishning chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan hisoboti tinglandi.

Hisobotda taʼkidlanganidek, bugungi kunda tumanimizda 415-oʻrinli markaziy shifoxona, 1ta koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, 9ta oilaviy poliklinika va 4ta oilaviy shifokorlik punkti faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunga qadar tumanda jami 91 nafar shifokor, 328 nafar oʻrta tibbiyot xodimlaridan iborat 91ta tibbiyot brigadalari tashkil etilgan.

2023-yil davomida tuman boʻyicha 74 ming 309 nafar aholi profilaktik koʻriklardan oʻtkazilgan. Koʻrik natijasi boʻyicha ularning 6 ming 508 nafari ambulator, 353 nafari statsionar sharoitda sogʻlomlashtirilgan. Statsionar sharoitda sogʻlomlashtirilganlarning 284 nafari tumanda, 67 nafari Nukus shahrida va 2 nafari Toshkent shahrida davolangan. 40 yoshdan oshgan 60 ming 55 nafar aholini yurak-qon tomir, qandli diabet va boshqa yuqumli boʻlmagan kasalliklar boʻyicha skriningdan oʻtkazish rejalashtirilib, amalda 63 ming 192 nafar aholi skrining koʻrigidan oʻtkazilgan. Hisobotda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yanada takomillashtirish boʻyicha kelgusidagi rejalar haqida ham maʼlumotlar berildi.

Sessiyada tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining jamoat xavfsizligi xizmati boʻyicha oʻrinbosari, mayor Sharapat Joldasbayev tumanda jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish borasida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar xususida hisobot berdi.

Oʻtgan yil mobaynida tuman boʻyicha profilaktika inspektorlari tomonidan jami 6 ming 337ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Maʼmuriy bayonnomalarning 1 ming 34tasi ayollarga, 5 ming 303tasi esa erkaklarga nisbatan tuzilgan. 2023-yil davomida 180 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilgan. Hisobotda 2023-yil davomida tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ham batafsil maʼlumotlar berildi.

Sessiyada Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha koʻrib chiqilib, tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019