16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:33
Madaniyat 👁 792

VATANGA MAʼNAVIY IFOR SOChMOQQA INTILGAN BOLALAR MASKANI

VATANGA MAʼNAVIY IFOR SOChMOQQA INTILGAN  BOLALAR MASKANI

Qadim Xorazm va Qoraqalpoq zaminining ajib sir-sinoatlarini, ildizlari olis ming yilliklarga borib taqaluvchi ikki buyuk xalqning urf-odat va anʼanalarini, madaniyati, tarixi va umummilliy qadriyatlarini oʻzida mujassam etgan oʻlmas, boqiy sanʼati hamon dunyo xalqlarini oʻziga rom etib keladi. Xususan, Qilichboy va Mangʻit masxarabozlik, baxshichilik sanʼatining oʻziga xos yumoristik xususiyatlari bilan uygʻunlashib ketgan qoraqalpoqlarning ajoyib afsonasi – Oʻmirbek laqqi latifalari zamonlar osha sayqallanib, bugungi davr sanʼati  sahnalaridan tushmay kelayotganining oʻzi sanʼatsevar xalqimiz yaratgan bebaho durdonalarning qadri, yosh avlod taʼlim-tarbiyasida tutgan oʻrni buyukligidan.

Men har gal Mangʻit shahridagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oldidan oʻtganimda, bu goʻzal maskanda sanʼat sirlarini oʻrganayotgan yosh ijrochilarning chiqishlariga guvoh boʻlganimda koʻnglimdan bir oʻy kechadi: “dunyoda musiqa, sanʼat boʻlmasa, insoniyat manqurtlarga aylanib qolarmidi, yaxshiyamki sanʼat bor, musiqa bor...”

Ha, azizlar ana shu goʻzal olam – musiqa va sanʼat borligi uchun biz goʻzalliklardan hayratlanish, zavqlanishni bilamiz, quvonch, shodlik hissini tuyib yashaymiz. Oʻzbek milliy sanʼatining afsonasiga aylangan “Lazgi”, “Tanovar”, “Shoshmaqom”, Qoraqalpoqlarning “Dembermesi”, bir  necha daqiqalik ohanglarga butun Qoraqalpoq kengliklarini, oʻziga xos milliy mentalitetini singdirolgan betakror qoraqalpoq simfoniyalarida xalqning qudratli qalbi mujassam.

– Ana shunday jozibali ohanglar sehrini tuyib ulgʻayganimiz uchun farzandlarimiz ham sanʼatsevar, intiluvchan, –deydi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Yoʻldoshboy Abdalov. – Oʻquvchilarimiz orasida sanʼatni saodat, buyuk imkoniyat deb bilguvchi iqtidorli bolalar koʻp. Pedagogika jamoamiz esa juda ahil.

Oʻtgan asrning 68-yilida tashkil etilgan  mazkur musiqa va sanʼat ilm dargohini oʻtgan yillar davomida yuzlab yoshlar bitirib, Oʻzbekistonning turli hududlariga uchirma boʻldilar. Hayoti va faoliyati ushbu bilim maskani bilan bogʻliq Usmon Ahmedov, Gulmirza Rahmatullayev, Gulmirza Nurmatov, Shukurulla Gulmonov, Hamza Bobojonov kabi el sevgan  sanʼatkorlar boshlab bergan ulugʻ va sharafli sanʼat yoʻlida fidoyilik koʻrsatib kelayotgan 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi nafaqat bugungi Amudaryo tumani, balki Qoraqalpogʻiston va Oʻzbekiston Respublikasi madaniyati va sanʼati sohasi rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan nufuzli taʼlim maskanlaridan biri hisoblanadi.

Shaxsan Prezidentimizning yuksak eʼtibori va koʻrsatmalari bilan mamlakatimizda bolalar musiqa va sanʼat maktablarini jahon anzodalari darajasidagi taʼlim-tarbiya maskanlariga aylantirish borasidagi tizimli chora-tadbirlar tufayli 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi uchun yangi zamonaviy oʻquv binosi qurib berildi.

1990-yilda bunyod etilgan muassasa binosi 2015-yilda qayta rekonstruktsiya qilinib, binoning barcha sinfxonalari, isitish tarmoqlari yangidan jihozlandi. Muassasaning ichki devorlari, shifti havo oʻtkazuvchanlik xususiyatiga ega qoplamalar bilan qoplandi, pollarga esa laminat toʻshaldi. Energiya tejamkor chiroqlar oʻrnatilib, 150-oʻringa moʻljallangan tantanalar zali ovoz kuchaytirgichlar, rangli yorugʻlik tarqatuvchi moslamalar, ekran-proyektor, oʻzbek musiqa cholgʻulari jamlanmasi, harakatni yozib turuvchi videokameralar bilan jihozlandi.

Bugungi kunda muassasada 43 nafar mutaxassis oʻqituvchilar 12ta yoʻnalish boʻyicha iqtidorli yoshlarga sanʼat sirlaridan saboq berishadi. Ularning 10 nafari oʻz mutaxassisliklari boʻyicha oliy, 30 nafari oʻrta maxsus maʼlumotga ega. 3 nafar oʻqituvchi esa oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritishadi.

Oʻquvchilarning oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha chuqur bilim olishlari  uchun muassasada barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Yoʻnalishlar boʻyicha sinfxonalarda 10ta fortepiano, 2ta royal, musiqa asboblari, solfedjio xonasida elektron doskaning mavjudligi oʻquvchi-yoshlarning  oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha chuqur bilim olishlarini taʼminlamoqda. Bu maktab oʻquvchilari erishayotgan yutuqlarda yaqqol namoyon.

Shunisi eʼtiborga munosibki, oʻn ikkita yoʻnalish – fortepiano, xalq cholgʻulari, puflab chalinadigan cholgʻular, torli-kamonli cholgʻular, bayan-akkordeon, cholgʻulari, anʼanaviy xonandalik va baxshichilik, tasviriy sanʼat, xoreografiya, estrada xonandaligi, teatr sanʼati, anʼanaviy ijro, baxshichilik sanʼati yoʻnalishlarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar har 2-yilda bir marta oʻtkaziladigan M.Qori Yoqubov nomidagi, M.Ashrafiy nomidagi koʻrik-tanlovlarning doimiy ishtirokchilari va gʻoliblaridir. Muassasa oʻquvchilaridan Doniyor Rahimboyev, Javlon Hayitboyev, Jahongir Aminboyev, Nurxon Doʻsboyev, Sharofaddin Saparboyev, Azizbek Soatboyev, Abror Adilboyev, Zilola Qodirovalar 2020-2021-yilda boʻlib oʻtgan M.Qori Yoqubov nomidagi koʻrik-tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida oʻz yoʻnalishlari boʻyicha faxrli 1-oʻrinni, Jamshid Saliyev, Jasur Oʻrinboyevlar 2-oʻrinni, Joʻrabek Sidabullayev 3-oʻrinni egallashdi. Mazkur koʻrik-tanlovning Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida maktabning 3 nafar oʻquvchisi 3-oʻrin sohiblari boʻlishdi. Shuningdek, “Bolalar musiqa va sanʼat maktablari ansambllari” Respublika koʻrik-tanlovida maktabning bir yoʻla uchta ansambli – Xalq cholgʻulari ansambli, xalq cholgʻulari orkestri, anʼanaviy maqom ansambllari faxrli 2-oʻrinni egallashdi.

Maktab oʻquvchilari deyarli har yili oʻtkaziladigan “Kamalak yulduzlari” koʻrik-tanlovi, sanʼat yoʻnalishidagi koʻrik-tanlovlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichlarida doimiy ravishda 1-, 2-, 3-oʻrinlarni egallab kelishadi. Bugungi kunda xoreografiya sinfi oʻquvchisi Guliraʼno Oʻrinboyeva hamda tasviriy sanʼat yoʻnalishining aʼlochi va iqtidorli oʻquvchisi Bahoroy Hidoyatovalarning nomi sanʼat va tasviriy sanʼat shinavandalariga yaxshi tanish.

– Maktabimizda oʻqish istagini bildirayotgan oʻquvchi-yoshlar, farzandlarining qiziqish va iqtidorlarini qoʻllab-quvvatlayotgan ota-onalar safi yil sayin oshib bormoqda, – deydi mamnuniyat bilan Yoʻldoshboy Abdalov. – 2023-2024 oʻquv yilida 12ta yoʻnalish boʻyicha 1-sinflarga 69 nafar iqtidorli bolalarni qabul qildik. Ayni paytda 170 nafar oʻquvchi musiqa yoʻnalishida, 72 nafari sanʼat yoʻnalishida tahsil olishmoqda. Barcha yoʻnalishlar boʻyicha 242 nafar bola musiqa va sanʼat sirlarini oʻrganishmoqda.

Muassasada oʻziga xos qatʼiy tartib-intizomga asoslangan maʼnaviy muhitning mavjudligi har bir oʻquv yili uchun belgilangan oʻquv rejasining muvaffaqiyatli amalga oshishini taʼminlamoqda. Ochiq darslar, har bir chorak boʻyicha oʻquvchilarning hisobot kontsertlarida ota-onalarning ham ishtiroki belgilangan rejaviy dars-mashgʻulotlarining sifatli amalga oshirilishida muhim omil boʻlmoqda.

– Oʻquvchilarimiz hamma narsaga – rejalashtirilgan dars-mashgʻulotlarini uzviy ravishda oʻzlashtirish barobarida davlat tadbirlarida faol ishtirok etishga ham ulgurishadi, – mamnunligini yashirmaydi Y.Abdalov. – Musiqa va sanʼat bilan shugʻullanayotgan oʻquvchi-yoshlar oʻzlari taʼlim olayotgan maktablarida ham juda faol, intiluvchan.

Sanʼatsevar bolalarning bilim va iqtidoridan quvonib soʻzlayotgan Y.Abdalovning fikrlarini tinglarkanman, Prezidentimizning: “...umumtaʼlim maktabini bitirib chiqayotgan yoshlarimiz hech boʻlmaganda bitta cholgʻu asbobini chalib bilishlari kerak, sanʼatga oshna boʻlgan insonning qalbi toza boʻladi, Vatanimiz kelajagi uchun ana shunday tozaqalb, intiluvchan yoshlar kerak...” degan soʻzlarini esladim.

Darvoqe, qalbi toza, intiluvchan yoshlarda xalqparvarlik, vatanparvarlik tuygʻulari kuchli boʻladi. Modomiki, Uchinchi Renessans sari qadam qoʻyayotgan ekanmiz, har bir yoshning qalbida ana shunday goʻzal tuygʻularni uygʻotishimiz, ularni haqiqiy vatanparvar, xalqparvar qilib tarbiyalashimiz zarur. 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida, nazarimda ana shunday yoshlar tahsil olishmoqda. Atrofi mevali va manzarali daraxtlar bilan qurshalgan bahavo, obodon oʻquv maskanining har bir sinfxonasida qadim va hamisha navqiron, nafosatli, jozibali oʻlmas ohanglarga yanada goʻzal sayqallar berib, berilib kuy ijro etayotgan sozanda bolalar, “Shoshmaqom”, “Tanovar” va “Dembermes”ning dillarni oʻrtaguvchi ohanglariga joʻrovoz kuylayotgan goʻyanda bolalar, oromijon “Lazgi”, qoraqalpoqlarning “Olti qiz” raqslari sehrini ajib jilvalari bilan vujudlarga singdirishga intilayotgan sochlari jamalak qizaloqlar, tasviriy sanʼatning jilvakor ranglariga har birimizni maftun etmoqqa qodir musavvir bolalarning orzu-intilishlaridan koʻngillar yuksaladi. Havaslar, hayratlar ogʻushida ijodkor bolalar davrasida qolgimiz keladi. Beixtiyor ularning iqtidoridan, kamolot sari dadil qadamlaridan ruhlanamiz va yosh boshidan el-yurtga maʼnaviyat ulashishga intilayotgan sanʼatsevar bolajonlarni chin dildan olqishlaymiz.

Ulardir Amuning asl ildizi,

Kelajak osmonin yorugʻ yulduzi.

Vatanga maʼnaviy iforlar sochgan,

Elim, yurtim, degan har oʻgʻil-qizi.

Tiladim: yoʻllari boʻlsin charogʻon,

Boshidan nur sochsin quyoshli osmon.

Ulardir orzular qanotlarida

Dunyoga tik boqqan hur Oʻzbekiston!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019