16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:41
Siyosat 👁 371

Afgʻon urushi faxriylari uchun bayram tadbiri tashkil etildi

Afgʻon urushi faxriylari uchun bayram tadbiri tashkil etildi

15-fevral – Sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqilganiga 35-yil toʻldi. Har yili ushbu sana arafasida butun mamlakatimiz boʻylab joylarda uchrashuvlar, davra suhbatlari, xotira tadbirlari, bayram tantanalari muntazam ravishda tashkil etilib, keng miqyosda nishonlanadi.

 Ushbu sana munosabati bilan tumanimizda amudaryolik baynalmilal afgʻonchi-jangchilarning uchrashuvlari, bayram tadbirlari tashkil etildi. Tumanimizdagi afgʻon urushi qatnashuvchilari Xotira maydonida “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qoʻydilar. Muzey faoliyati bilan tanishish mobaynida afgʻonchi jangchilar bugungi dorilomon kunlarga shukronalik keltirdilar.

Shundan soʻng tuman hokimligi tashabbusi bilan urush faxriylari uchun “Sher” toʻyxonasida ajoyib bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbirida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Nodir Kamolov, tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boshligʻi Gʻulomjon Duysenboyev, tuman Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlim boshligʻi Sherzod Murodov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi faxriy baynalmilal jangchilar uyushmasining tuman boʻlimi ruhbari Bahodir Jumaniyozov boshchiligidagi bir guruh faxriy jangchilar ishtirok etdilar.

Bayram tadbirini tuman hokimi oʻrinbosari Nodir Kamolov ochib berdi. Nodir Kamolov oʻz soʻzida Afgʻonistonda chorak asrcha davom etgan oʻzaro urushlarga barham berish uchun sobiq ittifoq armiyasi safida safarbar qilingan, murakkab sharoitlarda jang-u jadallarda qatnashib, omon qaytgan faxriylar uchun 15-fevral – sobiq ittifoq qoʻshinlari olib chiqib ketilgan sana chinakkam bayram ekanligini taʼkidladi hamda ularni bayram bilan tabrikladi. Sana munosabati bilan har yili mamlakatimizda turli tadbirlar oʻtkazilib, sobiq afgʻonchilarga alohida hurmat-eʼtibor koʻrsatilayotganini qayd etib oʻtdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar, mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalikni qadrlash, jangchi-fahriylarni qoʻllab-quvvatlash va halok boʻlgan vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirishga katta eʼtibor qaratilayotganini, Afgʻon urushida halok boʻlgan faxriylarni xotirlash har birimizning insoniy burchimiz ekanligini alohida taʼkidladilar.

Maʼlumotlarga koʻra, Afgʻon urushida 65 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari qatnashib, 1500 nafardan koʻprogʻi halok boʻlgan. Amudaryo tumanidan harbiy harakatlarda ishtirok qilgan fuqarolarning 13 nafari janglarda halok boʻlgan, 278 nafari esa bugungi kunda tinch va osoyishta yurtimizda umrguzaronlik qilmoqda.

Bayram tadbirida Afgʻon urushi faxriylariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovgʻalari topshirildi. Shuningdek, tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi. Bir-biridan ajoyib Vatan, ona, tinchlik, shukronalik haqidagi shoʻx-shodon kuy-qoʻshiqlar faxriylarimizga koʻtarinki bayramona kayfiyat begʻishladi.

Tadbir soʻngida Afgʻon urushi faxriylari barcha tadbir tashkilotchilarga, “Sher” toʻyxonasi rahbariyatiga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026