16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:35
Adabiyot 👁 191

AMUDARYo AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIDA MAKTAB KUTUBXONAChILARI UChUN AMALIY-OʻQUV SEMINARI OʻTKAZILDI

AMUDARYo AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIDA MAKTAB KUTUBXONAChILARI UChUN AMALIY-OʻQUV SEMINARI OʻTKAZILDI

Yoshlar kitobxonligini rivojlantirish, mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda maktab kutubxonalari muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki kitobxon yoshlarning asosiy qismi umumtaʼlim maktablarining oʻquvchi-yoshlaridir. Ularning yosh toifalariga monand ravishda adabiyotlarni tanlashlari va qaysi kitoblarni oʻqishlari uchun zarur tavsiyalar berish esa maktab kutubxonachisining bilim va salohiyatiga bogʻliq.

Bu borada Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlarining umumtaʼlim maktablari kutubxonachilari bilan hamkorlikdagi saʼy-harakatlari oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Xususan, Axborot-kutubxona xodimlari tomonidan tashkil etilayotgan davra suhbatlari, kutubxonachilar kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy oʻquv seminarlari, koʻchma kutubxona shaklidagi tadbirlarga umumtaʼlim maktablarining kutubxonachilari keng qamrab olinayotgani maktab kutubxonalari faoliyatini jonlantirish, kitobxon yoshlar bilan ishlashishdagi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish barobarida ayrim muammolarni bartaraf etish imkonini bermoqda.

Axborot-kutubxona markazida 42-, 16-, 36-, 56-, 55-sonli umumtaʼlim maktablari kutubxonachilari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan “Kitobxonlarga axborot-bibliografiya xizmati koʻrsatish, fondlarni toʻldirish, saqlash va kitoblarga qayta ishlov berish” mavzusidagi amaliy-oʻquv seminarida ham kutubxonachilarning kasbiy mahoratini yanada oshirish, yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, hujjatlar bilan ishlashdagi muammolarni bartaraf etish borasida oʻzaro tajriba almashuvlar amalga oshirildi.

Amaliy-oʻquv seminarida Amudaryo Axborot-kutubxona markazining axborot-bibliografiya xizmati rahbari Rohatoy Ramanova yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etishning yangicha usullari, sohaga oid meʼyoriy hujjatlar bilan ishlashni tashkil qilish yoʻl-yoʻriqlari xususida soʻz yuritib, yangiliklarni sohaga keng joriy etish boʻyicha batafsil maʼlumotlar berdi. Shu bilan birga, Rohatoy Ramanova bibliografiq yozuvlar hamda kartotekalar tuzish borasidagi oʻz bilim va tajribalarini maktab kutubxonachilari bilan boʻlishdi.

Shundan soʻng, Axborot-kutubxona markazining fondlarni toʻldirish, saqlash va ularga qayta ishlov berish xizmati mutaxassisi Iroda Saʼdullayeva yangi kelgan adabiyotlarni tizimga olish, ishlov berish hamda qayta ishlash, abonentlar va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish xizmati mutaxassisi Munojot Safarboyeva foydalanuvchilar bilan ishlash va elektron kundalik tuzish haqida kerakli maʼlumot va tavsiyalar berdilar.

Amaliy-oʻquv seminari davomida umumtaʼlim maktablari kutubxonachilaridan Guliston Chorshamova, Muyassar Madrahimova, Mehribon Xolmurodova, Muborak Yoʻldosheva, Nazokat Saʼdullayeva, Inobat Indirovalar oʻzlari faoliyat yuritayotgan maktablar kutubxonalarida amalga oshirayotgan ishlari, yoshlar kitobxonligini rivojlantirish borasidagi tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Boʻlib oʻtgan amaliy-oʻquv seminari maktab kutubxonachilarining kitobxon yoshlar bilan ishlash borasidagi bilim va tajribalarini yanada mustahkamladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019